Mustaqil ish fan: Katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish (Big Data) Mavzu



Yüklə 28,45 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü28,45 Kb.
#198653
1   2   3   4
Fan Katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish (Big Data) Mavzu-fayllar.org

Machine learning(mashinali o'qitish) - o'zi o'rganadigan dasturlar yaratish amaliyoti va nazariyasi, sun'iy intellektning katta qismi.
Dasturchilar o'z algoritmlariga xususiy hollarda umumiy qonuniyatlarni aniqlashni o'rgatishadi. Natijada, kompyuter, inson avvaldan ko'rsatib o'tgan buyruqlaridan emas, balki, o'z shaxsiy malakasidan kelib chiqib qaror qabul qiladi. Bunday o'qitishning juda ko'p metodlari data mining'ga oid bo'lishi mumkin.
Mashinali o'qitishga birinchi tarifni 1959-yilda amerikalik informatik Artur Samuel bergan. U sun'iy intellekt elementlariga ega bo'lgan shashka o'yini, dunyoda birinchi o'zi o'rganadigan dasturni yaratgan.
Deep learning(chuqur o'qitish) - yanada murakkab va yanada mustaqil bo'lgan o'zi o'qidigan dasturlar yaratadigan mashinali o'qitish turi. Oddiy mashinali o'qitish hollarida boshqariladigan malaka yordamida kompyuter bilimlarni aniqlab oladi: dasturchi algoritmga ma'lum misollarni ko'rsatadi, xatolarni qo'lda to'g'rilaydi. Deep learningda esa, tizim o'zi o'z funksiyalarini loyihalaydi, ko'p darajali hisob-kitoblar amalga oshiradi va atrof-muhit haqida xulosalar qiladi.
Odatda chuqur o'qitishni neyron tarmoqlarga tadbiq qilishadi. Bu texnologiya asosan rasmlarni qayta ishlashda, nutqni tanishda, neyromashina tarjima, farmatsevtikadagi hisoblashlarda va boshqa zamonaviy texnologiyalarda qo'llaniladi. Asosan Google, facebook va Baidu tomonidan loyihalarga tadbir qilinadi.
Sun'iy neyron tarmog'i - oddiy protsessorlar(sun'iy neyronlar) birlashtirilgan tizimi bo'lib, insonning nerv tizimini imitatsiya qiladi. Bunday struktura evaziga, neyron tarmoqlari dasturlanmaydi, ular o'qitishadi. Huddi haqiqiy neyronlar kabi, protsessorlar signallarni oddiygina qabul qilishadi va boshqa protsessorlarga o'zatishadi. Shu bilan birga, boshqa butun tizim algoritmlar bajara olmaydigan murakkab topshiriqlarni bajaradi.
1943-yilda amerikalik olimlar Uorren Makkalok va Uolter Pittslar sun'iy neyron tarmog'i tushunchasini fanga kiritishgan.

Yüklə 28,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin