Paint, Photoshop kabi redaktorlardan foydalaniladi.
Rastrli tasvir tabiiy tasvirni juda yaxshi yetkazadi. Ular fotosurat, rasm va yuqori “tabiiylik“ni talab qilingan boshqa paytlarda juda mos tushadi.
Qurilma rastrli usulga asoslangani uchun ham yuqorida keltirilgan tasvir monitor yoki printerga osonlik bilan uzatiladi.
Rastrli fayllarda asosiy muammo bu kattalashtirish:
Tasvirni kattalashtirish kerak bo’lganda dona-donalik, qavat-qavatlilik paydo bo’lib, rasm pala-partish kvadratlar (kattalashtirilgan piksellar) to’plamiga aylanib qolishi mumkin.
Rastrli tasvir va uning kattalashtirilgan nusxasi
katta tasvirni kichiklashirishda nuqtaning o’lchami kamayadi, shuning hisobiga kichik detallar yo’qoladi, ravshanlik yo’qolishiga olib keladi.
Tasvir aniqligi monitor ruhsat etilgan kengligiga bog’liq.
Monitorning imkon berish xususiyati o’zi ishga tushira olgan alohida nuqtalarning maksimal miqdori bo’lib aniqlanadi. U bir gorizontal qator nuqtalar sonini va gorizontal qator sonini vertikal bo’yicha o’lchaydi.
U qancha baland bo’lsa, ya’ni rastr qatorlar soni va qatorlar nuqtasi ko’p bo’lsa, tasvir sifati shuncha yuqori bo’ladi.
Zamonaviy PClarda asosan quyidagi ruhsat etilgan kengliklar ishlatiladi: 640 ga 480, 800 ga 600, 1024 ga 768 va 1280 ga 1024 nuqtalar.
Ruhsat etilgan displey kengligi monitorni umuman aniqlamaydi, u qurilma bilan ishlovchi videokarta va dastur ta’minoti bilan aniqlaydi.
Rastrli tasvir hajmi nuqtalarning ko’pligiga qarab nuqtaning axborot hajmi aniqlanadi, qachonki ranglarning imkoniyatlariga bog’liq bo’lganda.
Ekrandagi rangli tasvir asosiy ranglarning (qizil, yashil, ko`k) aralashishi yo`li bilan hosil qilinadi.
Ekrandagi har bir piksel yaqin joylashgan uchta rangdagi elementdan tashkil topadi.
Rangli displey, shu usulni qo’llovchi RGB – monitorlari deb ataladi
Piksel rang kodi axborot qismidagi har bir rang bazasini saqlaydi