Kichik ilmoqli harflarni oʻquvchilarga oʻrgatib yozdirishdan oldin, mana shu rasmda koʻrsatilgandek elementlarini oʻrgatishdan boshlaymiz.
Har bir harf oʻrgatilayotganda mana shunday elementlari oldin yozdiriladi va elementlarni oʻquvchilar toʻgʻri hosil qila olgach, harflarni bemalol yoza oladilar.
Harflar 75 gradus oʻng tomonga qiyalikda yozilishi kerak
Harflarni sakrab ketmasligiga, uzunligiga, shakliga, qatorda toʻgʻri turishiga alohida eʼtibor qaratish zarur.
Oʻquvchilarning daftarlari partada 65 gradus qiyalikda turishi kerak.
Partada toʻgʻri oʻtirishlariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ruchkani toʻgʻri ushlashlari kerak. Shunda qoʼlga ortiqcha bosim tushmaydi
Mavzu boʻyicha savollar
1. Harflar necha gradus qiyalikda yozilishi kerak?
2. Partada daftar necha gradus qiyalikda turishi kerak?
3. Ilmoqli kichik harflar guruhiga qaysi harflar kiradi?
4. u harfida nechta ilmoqcha bor?
5. i harfida nechta ilmoqcha bor?
6. n harfi bilan m harfining qanday aloqadorligi bor?