Mustaqil ish m irzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali fan


Soliq tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 133,38 Kb.
səhifə2/9
tarix25.05.2022
ölçüsü133,38 Kb.
#59450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Soliqlar va ularning vazifalari To\'rayev Dilshodjon

Soliq tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati

Soliqlar umumiy olganda ommabop emas bo’lib ko’rinadi, holbuki soliq tizimining ahamiyati hammaga ayon. Agar omma qarshiligini oldini olmoqchi bo’lsa, har qanday qabul qilinadigan tizim ular tomonidan qo’llab quvvatlanishi kerak. Adolatsiz soliq tizimi o’tmishda juda ko’p tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Yillar davomida nazariyachilar g’oyalarining katta qismini soliq tizimining asosiy tamoyillari qanday bo’lishi kerakligini aniqlashga bag’ishlashgan.
Zamonaviy soliq falsafasi yoki nazariyasi odatda klassik iqtisodchi olimlar, eng avvalo Adam Smit, tomonidan boshlangan deb hisoblanadi. Lekin zamonaviy siyosiy falsafaning asoschisi Tomas Gobbs (1588-1639), iqtisodchi va faylasuf Uiliam Petti (1623-87) kabi ilg’or olimlarning ham hissasi katta. Gobbs ko’proq iqtisodiy nazariyalari bilan taniqli bo’lsa ham, u bir qancha asarlarida, jumladan o’zining eng mashhur "Leviathan" asarida soliqlarga katta e’tibor bergan. Uning soliq nazariyasi ma’lum darajada murakkab deb qaraladi va unda soliq kishilarning boyligiga emas, balki uning himoyasi va qonun ustivorligini saqlab turish, keyingi o’rinda harbiy hizmat uchun davlatga bo’lgan qarzi orqali aniqlanishi kerak deb qaraladi. U shuningdek, o’z mehnat layoqati bilan yashash uchun yetarli mablag’ topa olmaydiganlarga ijtimoiy ta’minot berishni qo’llab quvvatlaydi2.
Petti "Soliqlar va yig’imlar xazinasi" (1662) asarida Fransiya bilan yuzaga kelayotgan urush uchun jamg’rmalar yig’ilishida qirol tomonidan qo’llanilishi mumkin bo’lgan soliqlar va daylat harajatlari prinsplarini tuzib chiqishga uringan. U olti turdagi davlat harajatlarini tuzib chiqqan: himoya, boshqaruv, cherkov, ta’lim, infrastruktura va barcha turdagi zaiflarni qo’llab quvvatlash va birlamchi mahsulotlar uchun xarajatlar. U qariyalar, kasallar, yetimlar va shu kabilarga ta’minot uchun qilinadigan davlar harajatlarini qo’llab quvvatlagan.
"Uzoq o’nsakkizinchi asr" (1688-1800) deb ataluvchi bu davrda Adam Smit va uning izdoshlari hozirgu kundagi zamonaviy soliq nazariyasini ishlab chiqishgan. Bu davr nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoda barcha turdagi g’oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bu yillar davomida ko’plan ahamiyatli voqealar, Amerika mustaqillik urushi, soliq masalalari asosida kelib chiqqan Fransiya revolutsiyasi yuz bergan. Antony Eshli Kuper, uchinchi Graf Shaffesbury, ko’zga ko’ringan davlat arbobi, 1706- yil Gollandiyadagi hamkasibiga shunday yozadi:
Bu yerda o’zini butun dunyo bo’ylab tarqatayotgan qudratli nur mavjud... bu g’ayritabiiy lekin so’z va bilim har doimgidan kattaroq tezlikda tarqalishi shart.
Bu davr haqiqiy ulamolar davri edi, va fanlar yoki kasblar orasida bugungi kungidek hech qanday chegara bo’lmagan. Shuning uchun, o’sha davrning ilg’or olimlari, John Locke, David Hume, Adam Smith, Edmund Burke, Jeremy Bentham, Thomas Paine lar shifokor, yurist, akademik yoki siyosatchi bo’lishlariga qaramasdan bir vaqtning o’zida axloqiy, siyosiy va falsafiy asarlar yozishgan. Biz bu qatorga barcha nazariyachilarni kirita olmasakda, Adam Smit va uning izdoshlarining dunyo bo’ylab ulkan ta’sirini sanab o’tish joizdir.
John Locke faylasuf, Oksford akademigi, shifokor, davlar arbobi, iqtisodchi, siyosatchi va revolutsiyachi sifatida tanilgan. U bir muncha notinch, ko’zga ko’ringan institutlar, jumladan ingliz monarxiyasi tugallangan va keyinchalik yana qayta tiklangan va 1688-yilgi “Shonli revolutsiya” (Uilliam III angliya qiroli va Mary II angliya qirolichasi bo’lgan) natijasida konstitutsiyaviy hokimiyat o’rnatilgan davrda yashagan. Soliqqa keladigan bo’lsak, u haqida Locke juda kam yozgan lekin ulkan ahamiyatga ega ma’lumotlarni qoldirgan.
Locke insonlar o’z kuchi va sayi harakati tufayli erishgan shaxsiy mol- mulkiga ega bo’lish huquqi borligiga ishongan. Biroq ko’proq narsaga erishishga intilish tufayli iqtisodiyotda mutanosiblik buzilgan va pul munosabatlari rivojlanishi oqibatida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Odamlar bir jamiyatga birlashib yaxlit xalq hokimiyatini tashkil qilishgan. Bundan asosiy maqsad kishilar o’z mol-mulklariga xavfsiz egalik qilishni ta’minlash bo’lgan. Biroq bu birlashish odamlarga boshqaruvdagi katta kuch berilganini anglatgan va bu narsani Locke davlatning noqonuniy shakli sifatida baholagan. Bu “Ijtimoiy shartnoma nazariyasi” sifatida tanilgan.Unga ko’ra: shaxs jamiyatning barcha qarorlariga bo’ysunishga rozi bo’ladi, evaziga jamiyatga a’zo bo’lganlar uchun mol-mulk, erkinlik, sog’lik va hayot himoyasiga ega bo’lishgan. Bu soliq majburiyatlarining paydo bo’lishiga olib keladi. “Davlatning 2-hazinasi” asarida Locke “Oliy hokimiyat insonlarning shaxsan roziligisiz ularning mol-mulkining hech birini olib qo’ya olmaydi” deb fikr bildiradi. Lekin insonlarning davlatga to’lovlar to’lab turishi kerakligini Locke ,, Davlatning ulkan xarajatlarini tasavvur qilib bo’lmaydi va kimki davlat himoyasidan foydalansa o’z mulkidan ma’lum qismini o’z roziligi bilan shu xizmatlar evaziga berishi kerak” degan fikri bilan ifodalagan.
Ko’pchilikning roziligi ularning har birini fikrini bilish yo’li bilan yoki ular orasidan saralab olingan nomzod orqali aniqlangan. Agar kimki o’z amalidan foydalanib odamlarning roziligisiz soliqlarni o’rnatishga va yig’ishga harakat qilsa, u bu orqali mol-mulkning fundamental qonunini buzadi va davlat tanazzuliga olib keladi. Chunki insonlar ongidagi “Nima uchun mening mulkimni kimdir o’z xohishi bilan olishi kerakyo” degan fikr ularning qarshiligini uyg’otishi mumkin.
Lockening “Ijtimoiy shartnoma nazariya” soliqlarni davlat himoyasi evaziga inson huquqlaridan foydalangan holda joriy qilinishini yoqlab chiqqan. Bu huquqlardan davlatning foydalanishi Locke tomonidan davlatning soliqqa tortish huquqi deb nomlanadi, aks holda u qonuniy o’g’rilikka o’xshab qolar edi. Bu fikr keyinchalik faylasuflar, ayniqsa o’rta asrlar teologi Thomas Aquinasning “Summa Theologica” asarida muhokama qilingan. Davlat himoyasi va boshqa yordamlar evaziga soliqlarni to’lashdagi Locke tomonidan aniqlangan, tabiiy ziddiyat hozirgacha mavjud va u soliqlardan qochishning asisiy sabablaridanbiri bo’lib qolmoqda.
Locke ton ma’noda o’zining bir qancha soliq nazariyalari uchun “Levianthan” asarida soliq yig’imlarini davlat himoyasi va qonun ustuvorligi uchun to’lov sifatida keltirib o’tgan Toms Gobbsga qarzdordir. Haqidatdan ham Gobbs o’z asarlarida “ijtimoiy shartnoma” g’oyasini ham birmuncha shakllantirgan. Holbuki, davlat organlari kerakligicha samarali ishlamasligi va soliqlar onsongina insonlar mol mulkini ularning roziligisiz tortib olishga majbur qiluvchi kuchga aylanishi mumkin. Bunday ma’lum muammolardan qochish uchun, soliqlarning doirasi cheklanishi kerak. Soliq bu shaxs bilan davlat o’rtasidagi bitimdir. U davlatni o’z funksiyalarini amalga oshirishida resurslar bilan ta’minlashi kerak, lekin majburiy holda emas. Fuqarolarning katta qismi uning joriy qilinishiga rozi bo’lishlari shart.
Locke ning garchi “kimki davlat himoyasidan foydalansao’z mol-mulkidan ma’lum qismini ushbu himoya uchun to’lab berishi kerak” degan fikri, progressiv yoki proporsional soliqlarning bir turi yoki hozirda “benefit prinsiple” sifatida keltiriladigan, soliq davlatdan olinadigan manfaatga bog’liq holda to’lanishini anglatuvchi g’oya sifatida tushunilishi mumkin bo’lsa ham u soliqlarning boshqa turlari, ularning tabiati, miqdori, yig’ilishi to’g’risida hech nima aytmagan. Amaliyotda hattoki soliq to’lovchilar va ularning holati haqida juda ko’p ma’lumot mavjud bo’lgan hozirgi zamonda soliqlarni bu g’oyaga asosan undirish deyarli imkonsiz. Shuningdek, “mol-mulk” so’zi tushunishga onson bo’lsa ham, bu insonlar ega bo’lgan barcha narsalarmi yoki yermi degan savollarni ko’taradi. Shuning uchun hamma soliq to’lashi kerakmi yoki yer egalarimi degan muammo yuzaga keladi. Bu savollar javobsizligicha qolmoqda.
Doktor Johnson soliq nazariyachisi sifatida emas balki u tuzgan izchil “Lug’at” tufayli ko’proq eslanadi. Lekin 1770-yillarda soliqlarga bevosita aloqador bo’lgan, Amerikaning soliqqa tortish muammolari, Amerika mustaqillik urushi markazidagi masalalar bilan shug’ullanadigan “The Patriot” (1774) va “Taxation No Tyronny” (1775) asarlarini yozadi. Johnson Angliyaning Amerika koloniyalarini soliqqa tortish huquqini himoya qiladi va Amerikani “Angliya himoyasida saqlanuvchi…
Angliya nizomi bo’yicha tuzilgan… Angliya armiyasi tomonidan mudofaa qilinuvchi” deb ta’riflaydi va “Ular bizning davlat himoyasi ostida rivojlanyabdi, shuning uchun evaziga nimadur berishlari kerak” degan fikrni ilgari suradi. Agar Amerikaliklar ingliz qonunlarini qabul qilishsa ular uni to’laligicha qabul qilishlari kerak edi, jumladan soliqqa aloqador bo’lganlarini ham. Ular o’zlari yoqtirgan elementlarni olib tashlay olmasdilar. Qonun ko’pchilikning xohishi bilan yo’lga qo’yilgandan keyin kolonistlar Inglizlarga o’z huquqlarini topshirishga majbur bo’ldilar.
Yum Lokkning ijtimoiy shartnoma nazariyasi tushunchasini yo'q qilishi bilan keng tanilgan. Uning Original Shartnoma ishida, u hukumatlar qanday bir turdagi shartnoma tomonidan emas, balki zo'ravonlik yo'li bilan tashkil etiladi, deb bahs yuritadi. Agar hech qanday ijtimoiy shartnoma bo’lmasa, hokimiyat qanday qonuniy asosda soliqqa tortishi mumkinyo Bu savolga Yum aniq javob bermagan bo’lsada, uning bir necha asarlarida bu haqida ma’lumotlar bor3. Hukumat shartnomalarni himoya qiladi va shartnomalarni barchaning manfaati uchun yaratishga majbur qiladi. Qoidalar va majburiyatlar tinch jamiyatni yaratish hamda milliy va xalqaro sadoqatni boshqarish uchun yaratiladi. Soliq to'lash inson hohlagan jamiyatni qo'llab-quvvatlash bilan bog’liq fuqarolik burchidir, deya xulosa qilish mumkin. Ammo, Yumning boshqa ishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, “Inson aqli haqida so’rov” asarida (u taklif qiladi), inson harakatlariga faqat birlamchi prinsplar, inson o’zini qanday tutishi kerakligi har doim ham asos bo’la olmaydi. Demak, soliqda buni qo’llasak, inson uni qabul qilishi kerak, chunki soliq odatiy shakllangan: inson u nima uchun paydo bo’lgani haqida o’ylashi nojoiz. Inson narsalarni boricha qabul qilishi, bor narsadan foydalanishi, garchi u narsa o’zgartirilishi mumkin bo’lsada, u bilan shug’ullanishi kerak. Yum o’zining original shartnoma inshosida buni yanada oydinlashtiradi: Yangi hukumat tashkil etilgan paytda, qanday vositalar orqali tashkil etilgan bo’lmasin, odamlar asosan undan norozi bo'lgan, ular hukumatga sodiqlik yoki ahloq qoidalaridan ko’ra ko’proq zaruriyat va qo’rquvi uchun bo’ysunadi... Vaqt, darajalar bu barcha qiyinchiliklarni bartaraf etadi va millatni ular bosqinchi yoki mustabid deb o’ylagan qonuniy shahzodalari, uning oilasiga yaxshi munosabat bildirishga o’rgatadi.
Yumning “Soliq” deb nom olgan inshosida soliq bo’yicha qarashlar tushuntirib ketilgan. U soliq nazariyasiga yo’naltirmaydi, balki ishchilar qanday qilib ish kuchini oshirganda soliq yuki oshishiga ko’nishi, ish haqini katta darajada oshmasligi haqida munozara qiladi. Ishchi tirishqoqlik bilan ishlasa, albatta ko’proq pul topadi. U iqlimi keskin bo’lgan mamlakatlardagi ishchilarning tabiiy noqulayliklarni yengib o’tish uchun qattiqroq ishlari kabi vaziyatlarni ko’rib, solishtiradi. U soliqqa tortishning eng yaxshi yo’li muhtoj odamlarni emas, balki boy insonlarni soliqqa tortish kerak deb bahs yuritadi. Uning “Fuqarolar ozodligi” (1741) nomli inshosida ozod bo’lgan hokimiyatlar ortiqcha qarz va soliqlar tufayli yo’qolib ketish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. U, ayniqsa, Fransiyani misol keltiradi:
Fransiyada o’sgan eng katta haqorat bu monarxiyaning eng mukammal ko’rinishi, qaysiki soliqlarning soni yoki hajmidan davomiylikni ta’minlamaydi, balki undirishning qimmat, teng bo’lmagan,o’zboshimchalik bilan va chalkash yo’llari dehqonlar va fermerlar, jumladan kambag’allar sanoati, katta o’lchovda kamayishiga olib kelgan va qishloq xo’jaligi ko’r-ko’rona va qashshoq bandlik ko’rsatkichlariga olib keldi. U davom etadi:
Agar shahzoda yoki vazir paydo bo’lsa va unga idrok ato etilgan bo’lsa, o’zining va jamoatning manfaatini bilishi, miyaning yetarli kuchi bilan qadimiy odatlarni chiqarib tashlashini bu haqoratlarning bartaraf etilishi deb tushunishimiz mumkin. Bu, “Qimmat teng bo’lmagan, o'zboshimchalik bilan va chalkash” bo’lgan soliqlar(yuqorida)ni ko’rsatib berish uchun nazariya yaratgan inson Adam Smit edi. Yum Adam Smitning soliqqa oid qoidalarining zaruriyatini belgilagan edi.
Adam Smit Shotlandiya ma’rifatparvarchiligining yetakchi figuralaridan biri edi, u Devid Yumni va boshqa zamonasining mutafakkirlarini yaxshi tanigan, jumladan: Fransuz dramaturgi va siyosiy faol Voltr; Amerikalik siyosatchi Benjamin Franklinlarni ham. 1776 yilda u “Millatlar boyligi sabablari va tabiatiga kirish” nomli ishini tugatdi va chop etdi. O’ziga xos nazariyasi bilan birga buyuk mazmunga ega, soliqlar va soliqqa tortish qoidalariga batafsil sharga ega bo’lgan 5-kitobi; qaysiki hozirgi kungacha soliqqa torlishning muhim asosi bo’lib hisoblanadi, garchi amaliyotda saqlanib qolgan bo’lsada, uning konsepsiyalari darz ketganligini ko’rishimiz mumkin.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo’lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Shu o’rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqiylik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi bu tor ma’noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir, ya’ni davlat o’zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko’rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug’ullanish iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo’yadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo’ladi.
Soliqlarning ob’ektiv zarurligini iqtisodiyotni erkinlashtirishi sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun- qoidalari.
Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko’p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’qola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi.Iqtisodiyotni erkinlashtirishi sharoitida davlatning yangi vazifalari paydo bo’ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo’jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu erda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo’rlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni ko’proq mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, O’zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o’q-dorilarga ham mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag’lar shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqazo etadi.
Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jaraenida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo’la olmaydi, soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to’lanishi yoki undirilishi lozim.. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to’g’risidagi qarashlar tarixan ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo’lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo’lgan soliqlarning tutgan o’rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo’lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo’lib hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o’zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o’zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig’ib olish usullari xilma-xil bo’lganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, erdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.
Aholini soliq munosabatlariga kiritish borasida, insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o’rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O’sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog’langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko’ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o’rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo’lmoqda. Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o’tilmagan bo’lsin, uning mohiyati aholi soliq to’loviga nisbatan faqat o’z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo’lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo’lgan. Natijada, xazina taqsimoti taraqqiyot tayanchi bo’lib xizmat qilgan.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
N.Turgenev o’zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo’lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo’lish bilan birga paydo bo’lib, uning belgisi bo’lib qoldi. …Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig’ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to’g’risida; yig’iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so’zlardan yana bir bor amin bo’lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo’ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o’zgarmay qoldi.
Shu o’rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o’tish o’rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to’lanadi»4. 2 Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o’z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan. Yana bir maqbul ta’rif S.Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to’lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo’lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir»5.
Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarni iqtisodiy mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan.
Masalan, professor D.Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo’jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi»6.
Professor B.Boldirev boshchiligida yozilgan « Kapitalizm moliyasi» o’quv qo’llanmasida soliqlarga qo’yidagicha ta’rif berilgan: «Soliqlar — davlat tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va huquqiy shaxslarning majburiy to’lovlari»7 haqiqatdan ham bunday olib qaraydigan bo’lsak, yuqorida keltirilgan ta’riflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo’lishi mumkin. Lekin bu ta’riflar o’zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to’laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to’lovlar nima maqsadda undirib olinishi hamda qachon undirib olinishi to’g’risida etarli ma’lumotlar bera olmaydi.
Sh. Gataulin «Soliqlar davlatning iqtisodiy tayanchi» maqolasida — «...soliqlar o’zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga qo’yidagicha javob beradi: «Soliqlar — bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy manbai bo’lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir8.
Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadiyo degan savollarga javob bera olmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, prof. O.Olimjonovning fikriga ko’ra soliqlar quyidagicha ta’riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq bo’ladi «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir»9.
Bizningcha soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo’lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o’rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu erdan kelib chiqadi.
Biz soliqlarni iqtisodiy mohiyatini to’liq tushunishimiz uchun, dastavval soliq so’zining tarixan mavjud bo’lgan iqtisodiy ma’nosini to’g’ri tushunib tahlil qilib olishimiz lozim.
Soliq tushunchasi - iqtisodiy munosabatlarda asosiy o’rinni egallaydi. Uning xarakterli tomoni shundaki - u tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan ularga mulkchilik, xo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqida tegishli bo’lgan pul mablag’larini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to’lovlarni aks ettiradi, ya’ni soliq - davlat tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolardan majburiy qonuniy tartibda belgilangan stavkalar bo’yicha, soliq to’lovchining bundan biron bir muayyan manfaat ko’rishi bilan bevosita bog’lanmagan tarzda undiriladigan pul yig’imi.
Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning bilvosita quroli hisoblanadi.
Yuqoridagi ta’riflarni tahlil qilgan holda quyidagilarni ifodalash mumkin (1-rasm):
a) soliqlarni belgilash huquqi faqat davlatning qonun chiqaruvchi oliy organi - parlamentga beriladi;
b) soliqni fuqaro emas, mulkdor to’laydi;
v) soliq davlat byudjetiga daromad olish uchun belgilanadi;
g) soliq to’lash majburiy xususiyatga ega.


Yüklə 133,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin