Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha 15 bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha.
Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining 16 asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi.
Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim. Tijorat banklarining xo‘jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi