Mustaqil Ish Mavzu : Banklarning funksiyalari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə4/4
tarix16.04.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#55539
1   2   3   4
Banklarning funksiyalari

Banklar turlari
  • Hozirgi zamonda umuman qabul qilingan tizim bo’lib, ikki pog’onali bank tizimi xizmat qiladi va u quyidagi tarmog’ni o’z ichiga oladi:
  • 1. Markaziy bank
  • 2. Tijorat bank.
    • Nobank moliyaviy institutlar turlari
    • Nobank kredit moliya institutlari-bu rasman bank emas(bank litsenziysiga ega emas), ammo asosiy faoliyati moliyaviy xizmatlar ko`rsatish bo`lib, ko`p jihatdan banklarnikiga bog`liq va muqobil hisoblanadi. Shuning uchun nobank kredit moliya institutlari ko`plab ingliz tilidagi adabiyotlarda baklarga asosiy raqobatchi deb aytiladi va bular : kredit korporatsiyalari, lombardlar, lizing va factoring kompaniyalari va boshqalar.
    • O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
    • - Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog’onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat bankining respublika muassasi asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’zildi (1992 yil sentyabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi
    • “Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat qurilish banki, kommunal qurilish va sosial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg’arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin.
    • O’zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog’onali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi.
    • 1994 yil 18 martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.
    • Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O’zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.
    • O’zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o’z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko’chaytirishdan iborat.
    • Bu bosqichda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1998 yil 2 oktyabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2000 yil 21 mart) farmonlari muhim ahamiyatga ega.

    Yüklə 1,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin