Mustaqil ish mavzu: Аhlоqiy qаdriyatlаrning jаmiyat mа’nаviy hаyotidаgi oʻrni



Yüklə 37,59 Kb.
səhifə1/3
tarix21.03.2023
ölçüsü37,59 Kb.
#88949
  1   2   3
Avazxonov Tohir falsafadan









Falsafa fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Аhlоqiy qаdriyatlаrning jаmiyat mа’nаviy hаyotidаgi oʻrni.


Bajardi: Avazxonov Tohir
Qabul qildi: Amridinova Dilrabo
Toshkent 2023


Reja:
1. Axloqiy madaniyat.
2. Asosiy axloqiy qadriyatlar.
3. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Tayanch tushunchalar: madaniyat, idrok, muomala, xushfe’llik, xushmuomalalik, hayolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik, insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mardlik, saxiylik va muruvatlilik, o‘zaro hurmat.
1. Axloqiy madaniyat.
Madaniyat taraqqiyoti tarixida inson madaniyati avvalo uning axloqiy madaniyati bilan belgilanganligini kuzatish mumkin. Modomiki, axloqiy madaniyatda madaniy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, shu bilan birga, ayni uning o‘ziga xos xususiyatlari gavdalanar ekan, ularni madaniyat falsafasi negizida qarab chiqish mantiqan to‘g‘ri boladi. Axloqiy madaniyat madaniyat turlari ichida keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Axloqiy madaniyat jamiyat a’zolari tomonidan axloqiy tushuncha, tamoyil me’yorlar, ideallarni o‘zlashtirish asosida axloqiy kamolotga yetishishdir. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o‘z tajribalarida foydalanish, o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish singari jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani
yuksaltirishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, shaxsni mas’uliyatli, siyosiy jihatdan idrokli, axloqan pok va ma’naviy barkamol bolishida axloqiy madaniyatning ahamiyati katta bolib, u inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlari bilan bogliqdir.
Axloqiy madaniyatning muomala odobi, etiket, kasbiy odob kabi
tarkibiy qismlari mavjud bolib inson hayoti, faoliyatida muhim
ahamiyat kasb etadi. Muomala madaniyati axloqiy madaniyatning tarkibiy qismidir.
«Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha
sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo
munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qollaniladi.
Muomala madaniyati keng ma’noda insonning butun hayoti
va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon bolib, u oilada,
jamiyatda, jamoada shakllanadi. Muomala madaniyati insonning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dunyoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi. Muomalarning «madaniyat» atamasi bilan bogliqligi ham uning ma’naviy hayot sohasiga daxldorligidadir. Muomala - bu insonlar o‘rtasidagi
aloqalarning paydo bolishi va rivojlanishi hamda ularning hayot faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bolib, o‘zga kishilar bilan ma’lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning hamkorlikdagi strategiyasidir. Muomala madaniyatida xushfe’llik, xushmuomalalik, hayolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik singari axloqiy me’yorlar muhim sanaladi. Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yish bolib, ko‘pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap boshqalarni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini
tashkil etadi.

Yüklə 37,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin