Munosabat ustunlari atributlar deb ataladi va ularga nomlar beriladi. Munosabat atributlarining nomlaridan iborat ro‘yxatini munosabatlar sxemasi deyiladi. Bizning
misolimizdagi TALABA munosabatining sxemasi quyidagicha yoziladi: TALABA (Familiyasi I.O., Tug‟ilgan sana, Bosqich, Mutaxassisligi) А
В
С
D
E
F
I
Ma’lumotlarning tarmoq modeli.
Misol: 2 ulchamli jadvalni ko’ramiz.
Yuqoridagi jadvalda
1-satr-atribut nomlari
2-satr atributlarni qisqa nomlari
3,4,5-satr atribut qiymatlari;
Yukoridagi ko`rib chiqilgan ierarxik tarmoqli va boshqa ma’lumotlarni tasvirlash usullarini shunday 2 o`lchamli jadvalga keltirish mumkin. Bunday jadvallarni quyidagi xususiyatlari bo`ladi.
1. jadvalni xar bir ma’lumot elementi maydon xisoblanadi va takrorlanuvchi guruxlar bo`lmaydi;
2. barcha ustunlar bir jinslidir;
3. xar bir ustunga nom tayinlangan;
4. jadvalda bir xil satr 2 marta uchramaydi;
5. bunday jadvalda satr va ustunlar ixtiyoriy tartibda karaladi va ixtiyoriy ketma-ketlikda ishlatilishi mumkin.
Bunday xususiyatlarga jadvalar munosabat deyiladi. Munosabat asosida qurilgan MB relyatsion MB deyiladi.
Yuqoridagi jadvalni sxematik qisqartirilgan ko`rinishi (sxemasi)
Xizmatchi (xiz.nom F.I,SH, unvoni, tugilgan yili, bulim, mut.kodi. mansab, maosh);
Bunday yozuv ma’lumot baza sxemasi deyiladi
Shunday qilib, relyatsion MB ma’lumot elementlar to`plami asosida quriladi.
Munosabat yoki jadvalni kortejlar to`plami deb qarash mumkin.
Agar jadvalda n ta ustun bo`lsa, u n tartibli kortejdan iborat deyiladi va munosabat ham n-darajali deyiladi.
Har bir atribut qiymatlari to`plami domen deyiladi.
Munosabatda har bir kortej o`zining kalit identifikatoriga (nomiga) ega bo`lishi kerak va kalit quyidagi xususiyatlarga ega bo`ladi:
1. Kortej kalit qiymati bilan bir qiymatli ifodalanishi kerak.
2. Kalitda ortiqchalik bo`lmasligi kerak, ya’ni hech qanday atributni kalitdan olib tashlash mumkin emas.
Obyektlarni identifikatsiyalash uchun yoki barcha aytganda kompyuter xotirasida yozuvlarning o‘rnini aniqlashda ma’lumot elementi ishlatiladi. Bu elementni biz kalit deb ataymiz. Vgvr kalit ob’ektni bir qiymatli identifikatsiyalasa, u birlamchi kalit deyiladi. Aks holda ikkilamchi kalit deyiladi. Agar ob’ektlarni identifikatsiyalash uchun bir nechta atributlar talab etilsa, bunday kali tulangan kalit deb ataladi. Agar A va V guruxdagi ob’ektlar berilgan bo‘lsa, ular orasidagi quyidagi mosliklar yoki munosabatlarni o‘rnatishimiz mumkin:
1. Birga – bir (1:1)munosabat. A va V ob’ektlar to‘plami orasida 1:1 munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nushasiga V ob’ektning bitta nushasi mos kelsa, va aksincha, V ob’ektning har bir nushasiga A ob’ektning bitta nushasi mos kelsa.
2. Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har bir nushasiga V ob’ektning bir nechta nushasi mos kelsa, shu bilan birga V ob’ektning har bir nushasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nushasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi.
3. Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va V ob’ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa, unda A ob’ektning har bir nushasiga V ob’ektning ko‘pi bilan bitta nushasi mos keladi. V ob’ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning bir nechta nushasi mos keladi.
4. Ko‘pga – ko‘p (m: n) munosabat. A va V ob’ektlar orasida shunday munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nushasiga V ob’ektni bir nechta nushasi mos kelsa va aksincha.
Ob’ektlarni tahlil qilib bo‘lingandan so‘ng, shu ob’ektga qo‘yiladigan boshlang‘ich so‘rovni ishlab chiqamiz. Avtovakzalni faoliyati iqtisodiy va texnik ko‘rsatgichlar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun, yo‘lovchilarga informatsion ma’lumot berganligi uchun yaratayotgan informatsion sistemamiz quyidagi so‘rovlarga javob berishi kerak:
1. Har bir reys uchun nechta bilet sotilganligi va umumiy sotilgan biletlarni aniqlash;
2. Reysni nomeri bo‘yicha reys haqida ma’lumotlar chiqarish;
3. Marshrutlar haqidagi zarur axborotlarni chiqarish;
4. Aniq reyslar uchun qapysi haydovchilar tayinlanganligi va ular haqida ma’lumotlar olish;
5. Avtobusni texnik xarakteristikalarihaqidagi ma’lumotni olish.
Ko‘rib chiqilayotgan predmet sohani ob’ektlari orasida quyidagi tipdagi bog‘lanishlar mavjud:
1. 1:1 – biletlar bilan reys ob’ektlari orasidagi bog‘lanish (sotilgan);
2. M:1 – marshrut va reys orasidagi bog‘lanish (marshrut munosabati);
3. 1:M – marshrut va bekatlar orasidagi bog‘lanish (bekatlar);
4. 1:N – reys va haydovchi orasidagi bog‘lanish (tayinlash);
5. M: N- haydovchi va avtobus modeli orasidagi bog‘lanish (haydovchiga ruxsat berish);
6. M:1 – avtobus va avtobus modeli orasidagi bog‘lanish (toifa).
Shunday qilib, ko‘rilayotgan masalada asosan ob’ektlar aniqlanadi va ular orasidagi bog‘lanish topiladi, sinflarga ajratiladi.
Ekvivalent (sinonim) tushunchalar
Relyatsion MB munosabatlarida strukturali va semantik axborotlar saqlanishi mumkin. Strukturaviy axborotlarni biz munosabat sxemalar yordamida bilamiz.
Semantik axborotlar esa munosabat sxemalarda ma’lum bo`lgan va hisobga olinadigan va atributlar o`rtasidagi funksional bog‘lanishlar bilan ifodalanadi. MBdagi munosabatlarda atributlarni tarkibi 2 quyidagi talabga javob berishi kerak.
1. Atributlar o`rtasida noxush funksional bog`lanishlar bo`lmasligi kerak.
2. Atributlar guruxlanishi ma’lumotlar takrorlanishidan eng kam holatining taxlillash kerak va ular qayta ishlash va tiklashni qiyinchiliksiz amalga oshirilishi kerak.
3. Qo`yilgan MB munosabatlari normallashadi. Munosabatlar normalashtirish MB da berilgan munosabatlarni dekompozitsiya (ajratish) jarayoni yordamida sodda va kichik munosabatlar hosil qilishdir.
Har bir munosabatda kortejlar identifikator kalitiga ega bo‘lishi kerak. Kalit quyidagi ikkita xossaga ega bo‘lishi kerak:
1. Kartej kalit qiymati bilan bir qiymatli ifodalanishi kerak;
2. Kalitda ortiqchalik bo‘lmasligi kerak. Bu degani hech qanday atributni kalitdan olib tashlash mumkin emas.
Relyatsion MB da axborotlarni ortiqchaligini normallashtirish yo‘li bilan kamaytiriladi. Jadvallar ustida har xil amallar bajarish mumkin. Bu amallarni tartiblab ishlab chiqqan odam Kodd. Amallarga quyidagilar kiradi:
To‘plamlar ustida birlashtirish, kesishuv, ayirma, dekart ko‘paytma va bo‘lish amallari kiradi.
Maxsus relyatsion amallar, ularga: proeksiya, birlashtirish, ajratish (tanlab olish) amallari kiradi.
Munosabatlar ustida amalni bajarish uchun ishlatiladigan tillarni ikki sinfga ajratishimiz mumkin:
a) Relyatsion algebra tillari;
b) Relyatsion hisoblash tillari.
Munosabatlar o‘z mazmuniga qarab ikki sinfga ajratiladi:
a) Obyektli munosabatlar;
b) Bog‘lanuvchi munosabatlar;
Obyektli munosabatlarda ob’ektlar haqidagi munosabatlar saqlanadi. Masalan, talaba munosabati. Bog‘lanish munosabatlarida asosan, ob’ektli munosabatlarning kalitlari saqlanadi. Kalit atributlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Agar kalit ikkita va undan ortiq atributdan tashkil topgan bo‘lsa, murakkab hisoblanadi.