Simsiz aloqa tizimi BS va AS orasidagi ishonchli qabullash maksimal masofasini (1-zonaning radiusini) aniqlash.
BS va AS antennalari sifatida antennalar ixtiyoriy tanlanadi.
Mahalliy sharoitlarni hisobga olish bilan BSni joylashtirishning eng to’g’ri keladigan variantini tanlash uchun xizmat ko’rsatish radiusini aniqlash maqsadida antennalarning turli balandliklari qiymatlarini olamiz:
h1=30, 50, 70, 100, 150, 200, 300 m.
Hisoblashda BS jihozlari tayanchning ostida qoladi, antenna fiderining uzunligi esa h1 balandlikning ortishi bilan ortadi va fiderning umumiy so„nishini oshiradi.
BS antennasining barcha balandliklari uchun fiderning so„nishini hisoblaymiz:
Bf = h1· , dB,
Uzatkichning nominal quvvatini 1kVtdan farqlanishini hisobga oladigan Vr.n – tuzatishni quyidagi formula bo’yicha hisoblaymiz:
Qabullash antennasining balandligini 1,5 mdan farqlanishini hisobga oladigan Vh2 – tuzatishni quyidagi formula bo’yicha hisoblaymiz:
Joyning relefini hisobga oladigan Vrel - tuzatishni quyidagi tartibda aniqlaymiz. Joyning relefini hisobga oladigan Vrel – tuzatishni aniqlash uchun grafik 1-rasmda keltirilgan.
Keyingi barcha hisoblashlarni ikkita chegaraviy hollar – joy relefi balandligining o’zgarishi minimal ahamiyatga ega bo„ladigan (h1 – eng yaxshi variant) va maksimal ahamiyatga ega bo„ladigan (h2 – eng yomon variant) hollar uchun amalga oshirish zarur.
Mos ravishda har ikkala hollar uchun joyning relefini hisobga oladigan Vrel – tuzatish hisoblanadi. Vrel koeffitsient bu h va r100 km uchun 1a (qishloq joylari) va 1b (shahar joylari) rasmlardagi grafiklar bo’yicha olingan o’rtacha arifmetik qiymatlar sifatida aniqlanadi.
2–rasm. Joy relefini tuzatish uchun grafik
h1 va h2 hollar uchun BS uzatish antennasi AS qabullash punktida real hosil qiladigan maydon kuchlanganligini quyidagi asosiy hisoblash formulasi bo„yicha hisoblanadi:
3-rasmdagi grafik bo’yicha BS uzatish antennasining turli balandliklaridagi hisoblangan maydon kuchlanganliklari uchun kutiladigan aloqa masofasini (h1 va h2 uchun) aniqlaymiz va 1.3-jadvalni to’ldiramiz.
Joy balandliklarining chegaraviy o’zgarishlari uchun antennani ko’tarilishi balandligining turli qiymatlarini berish bilan olingan aloqa masofasi qiymatlaridan kelib chiqqan holda aloqa masofasining eng katta qiymati ta’minlanadigan h1 antennaning optimal balandligini tanlash va buni asoslash zarur. 1-zonaning radiusi (BS va AS orasidagi maksimal masofa) h1 va h2 balandliklarli releflar uchun hisoblangan qiymatlardan eng kichigi tanlanadi.
3-rasm. BS uzatish antennasining turli balandliklaridagi hisoblangan maydon kuchlanganliklari uchun kutiladigan aloqa masofasi.
Dostları ilə paylaş: |