Geodezik asboblarda yo‘nalish va burchaklarnio‘lchashda, ko‘pchilik optik-elektron tizimlarning ishlash prinsipidan turlicha bo‘lishiga qaramay ular ishorasiz (absolyut)hisoblanadi.

Absolyut o‘lchashda nolinchi yo‘nalish, asbobni ulash laxzasidagi alidadaning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi va uni o‘chirgandan so‘ng ham xotirada saqlanadi.Absolyut o‘lchash sistemalarining quyidagi tiplari mavjud:
-kodli;
-vaqt impulsli (dinamik);
-limbni markirovkalash bilan yig‘uvchi (inkremental) sistemalar.
Bu sistemalarni tuzilish prinsiplarini ko‘rib chiqamiz
Yo‘nalish va burchaklarni o‘lchashning kodli sistemalari
Wild T3000 elektron taxeometri
O‘lchashnig kodli sistemalarida optik sistemalaridagi kabi, o‘lchanuvchi miqdor bevosita limbdan sanaladi. Wild T (Leica Geosystems AG) elektron taxeometrlari va ularning modifikatsiyalari, hamda T3000 va TS 400 Ye (Geodezik asboblar. Yekaterinburg) taxeometlari kodli sistemalarga ega. Bu asboblarda o‘lchash sistemasi limbdan tashkil topgan bo‘lib, unga ikkilik kod tushirilgan, yorug‘lik diodi va optik sistemalari fotodiodli matritsada doira bo‘laklarining tasvirini shakillantiradi.
Wild T300061 asboblarida taxminiy sanoq olish uchun limb 128 ta sektorga bo‘lingan, S keng shtrixlar ularning chegaralari hisoblanadi (2.8rasm). 128 ta sektorninghar birio‘zining nomeriga ega. Nomerlar, S shtrixlar orasiga joylashgan, yettita qo‘shimcha shtrixlar yordamida ikkili kod bilan yozilgan. Shakllantiruvchi shtrix kodlar, eni bo‘yicha bir-biridan o‘zining qiymatiga («0» yoki «1») bog‘liq xolda farqqiladi. Chiziqli fotodoid matritsaning 102 ta elementlarida bitta sektorning tasviri hosil bo‘ladi. Har bir diod 2515 mkm2yuzali sezuvchan sathga ega. Diodlar markazlari orasidagi masofa 25 mkmga teng. Tasvir qayta ishlanib sektor nomeri aniqlangandan so‘ng 400 gon/128 =3,125 gon (24845) aniqlikda taxminiy sanoq olinadi. Ikkita qo‘shni sektorlar kodlarining uzilgan qismlaridan sektor nomerini aniqlashni maxsus usul Wild (Leica AG) firmasida ishlab chiqilgan sektorni chegaralovchi, fotodiod matritsasidagi eng chapdagi S shtrix holatini aniqlash orqali aniq o‘lchash bajariladi.