Ishlab chiqarish
Xarid
Ishlab chiqarishning bir yillik hajmi
I
II
III
Fermerlar
2
1
2
5
Yer egalari
2
0
0
2
Hunarmandlar
1
1
0
2
Yakuniy xarid
5
2
2
9
Jadvalda F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning "sof mahsulot" va
"kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi ta'limoti aks etgan; unda muallifning
kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham
ko`rinib turibdi. F.Kenye takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda
baholarning o`zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili
asosida ro`y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi
(ya'ni bu xodisa faqat ichki bozor sharoitida ro`y beryapti deb qarash kerak).
Qishloq xo`jalik yilining oxiri hosil yig`ib olish tugallangan davr muomala (aylanish)
momentining boshlang`ich punkti qilib olingan. Dehqonchilik yalpi mahsulotining
qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib
(4 mlrd oziq-ovqat, 1 mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli,
shundan 1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital
("boshlang`ich avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga
(amortizatsiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiymatiga nisbatan 10 foiz
yeyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yillik avans") 2 mlrd, "sof
mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf" o`tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd
livrlik mahsulotga ega.
"Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy
xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmabirlashtirilgansdan,
ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi muomalaga. Ana shu sinflar o`rtasidagi
muomala F.Kenye tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab
chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti
sifatidagina qarab chiqishga uringan.
F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik modellashtirishni amalga
oshirgan edi.
F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi.
Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo`lganidan buyon
asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga ko`mak bergan: 1) yozuv;
2) tanga; 3) "Iqtisodiy jadval".
F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to`g`risidagi g`oyada
izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz sinf") ishlab chiqarish vositalaridan
mahrum etilgan (chunki mahsulotning hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab
chiqarishni qaytadan boshlash imkoniyati yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga
ega). Ammo F.Kenyening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar
va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi g`oyalar
bo`lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi.
E”tiboringiz uchun raxmat
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |