F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi
("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo`layotgan va tobora
mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida
rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor
etadigan jarayonni qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi.
Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon bo`lib,
uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarning so`zsiz yutug`i edi.
Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu
sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish
shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda).
Dostları ilə paylaş: