Mustaqil ish Mavzu: Fiziokratlar maktabi. F. Kenening iqtisodiy jadvali
Mustaqil ish Mavzu: Fiziokratlar maktabi. F.Kenening
iqtisodiy jadvali
Reja:
Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti
Fiziokratlar maktabi
F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. F.Kenening iqtisodiy jadvali
Fiziokratlarning muhim tomoni shuki, ular
merkantilistlardan farq qilib, o`z tadqiqotlarini
iqtisodiyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish
sohasiga ko`chirdilar. Olimlar iborasi bilan aytganda ular
"zamonaviy siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari" edilar.
Ularning xizmati shundaki, o`sha davr dunyoqarashi
doirasida kapitalning dastlabki tahlilini berishdi. Bu ularni
boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo,
fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo`jaligi
sohasi bilan cheklab qo`ygan edilar (Fransiyaning ta'siri),
ular sanoat (hunarmandchilik)ni samarasiz soha deb
bilganlar.
Fiziokratlarning muhim tomoni shuki, ular merkantilistlardan farq qilib, o`z tadqiqotlarini
iqtisodiyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko`chirdilar. Olimlar
iborasi bilan aytganda ular "zamonaviy siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari" edilar.
Ularning xizmati shundaki, o`sha davr dunyoqarashi doirasida kapitalning dastlabki
tahlilini berishdi. Bu ularni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo,
fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo`jaligi sohasi bilan cheklab qo`ygan
edilar (Fransiyaning ta'siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni samarasiz soha deb
bilganlar.
Bu ta'limot, garchi uning ko`pgina xatolari bo`lsa ham haqiqatga yaqinlashish borasida
navbatdagi muhim qadam hisoblanadi. O`sha davrda Fransiyada olib borilgan iqtisodiy
siyosat (Kolberning merkantilizmi) qattiq tanqid qilinadi. Ludovik XIV o`rniga kelgan
yangi qirol Ludovik XV ham eski siyosatni davom ettirdi, Fransiya Angliya bilan yetti
yillik urush olib borib, unda yengildi, Kanadadan va Sharqdagi bir qancha
mustamlakalaridan ajraldi, oqibatda Yevropadagi ikkinchi darajali davlatga aylandi. Shu
sharoitda bu ahvoldan chiqish yo`li tabiatdan qidirildi.