Mustaqil ish Mavzu: Fiziokratlar maktabi. F. Kenening iqtisodiy jadvali Reja:  Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti


Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti Fiziokratlar maktabi



Yüklə 257,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.02.2023
ölçüsü257,45 Kb.
#83230
1   2   3   4   5
Mustaqil ish Mavzu Fiziokratlar maktabi. F. Kenening iqtisodiy

Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti Fiziokratlar maktabi 

Fiziokratlar (lotincha physio - tabiat va kratos - hokimiyat) XVIII asrda Fransiyada ijod 
etgan klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. Fiziokratlar maktabi feodalizmdan 
kapitalizmga o`tish davrida rivojlandi, bu iqtisodiy yo`nalish Fransiyada vujudga keldi va 
bu tasodifiy emas edi. Fransiya iqtisod va ayniqsa, sanoat bo`yicha Angliyadan ancha 
ortda bo`lishiga qaramay, bu yerda ham sanoatning kapitalistik turi - manufaktura 
rivojlana boshladi. 

Bu ta'limot fermerlar sinfini himoya qildi, ishlab chiqarishni, asosan qishloq xo`jaligini 
mamlakatni og`ir ahvoldan chiqarishning bosh yo`li deb belgiladi. Tabiiy qonun-
qoidalarga amal qilish kerakligi, shu yo`l bilan mamlakat boyligini orttirish mumkinligi 
ko`rsatib berildi. 

Fransiyadagi qishloq xo`jaligining ahvoli va uni yaxshilash tadbirlari tadqiqotlarning 
asosi bo`ldi 

Agrar masalani hal etish fiziokratlarning asosiy vazifasi bo`lib qoldi. Ular qishloq 
xo`jaligini mamlakat boyligining asosi deb tushundilar. 
F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. F.Kenenig 
iqtisodiy jadvali 

Fransua Kene(1694-1774 yy.) har tomonlama keng bilimli olim bo`lib, Versal yaqinida 
kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsinaga havas qo`ydi, 
qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga 
ega bo`ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o`tdi. 1718 yilda vrachlik 
kasbini oldi. 1744 yilda meditsina doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752 yildan esa 
Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (Leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid 
ko`pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot 
muammolari bilan bevosita shug`ullana boshladi. 

Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, F.Kenyening iqtisodiy g`oyalari qirol saroyida - Versalda 
yuzaga keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha, 
bu yerda obyektiv iqtisodiy informatsiya yetarli bo`lgan va olim ulardan yaxshi 
foydalanib o`z ta'limotlarini yaratgan. 1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va 
suhbatdoshi bo`lgan edi. 

Fiziokratizm g`oyalarini (ayniqsa F.Kenye ta'limotini) Dupon de Nemur, D`Alamber, 
V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar 
maktabi yoki o`sha davr tili bilan aytganda "iqtisodchilar maktabi" tarkib topdi. Uning 
eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to`g`ri keladi. 



F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi 
("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo`layotgan va tobora 
mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida 
rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor 
etadigan jarayonni qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi. 
Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon bo`lib, 
uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarning so`zsiz yutug`i edi. 
Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu 
sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish 
shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda). 

Yüklə 257,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin