Asosiy qism: 1.Italiya tashkil topishi. 5-asr boshlarida Italiyaga kirib kelgan vestgotlar 413 yilda Rimni ishgʻol qildilar. 455 yilda Rim vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy Rim imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati oʻrnatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554 yil Italiyani Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 yil Pragmatik sanksiya chiqardi, bu qujjat Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568 yilda Shimoliy Italiyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo Rimdagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. Rim xususiy mulkchiligi taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751 yilda langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556 yilda franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, Rim dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach, papalarning te-okratik davlati (Papa viloyati) tarkib togshi. 773-74 yillarda Italiyani franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda Italiya qirolligi tashkil topdi. Buyuk Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl sulolasidan boʻlgan Karl III agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida Italiya taxti uchun kurash avj oldi. 9-asrda Italiyaga janubidan arablar, shimolidan vengerlar hujum qildi. 10-asrning 2-yarmidan 12-asr boshlarigacha Italiyaning koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10-11-asrlarda Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 – 12-asrlarda Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari-sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach, hokimiyat senordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining, boy savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va Italiya iqtisodiyotining rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boʻldi, bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat shakli – respublika tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu qismida 11 −12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib keldi. 12-13-asrlarda Italiya shaharlarining qoʻllab-quv-vatlashi bilan qishloq kommunalari vujudga kela boshladi, ular oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan ozod boʻlishlari bilanoq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12-13-asrda Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi Italiyaga bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158-yilda imperator chiqargan Ronkal qaroriga bino-an Italiya kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi. 1162-yilda german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy markazi boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167-yilda Shimoliy Italiya shaharlari birlashib, „Muqaddas Rim imperiyasi“ imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy oʻzligini anglash unsurlari paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183-yil Konstansa sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar.
11-asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik munosabatlari Shimoliy va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi. 13-asrda ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va „Muqaddas Rim imperiyasi“ imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz xukmronligini bu-tun Italiyaga yoyishga behuda urindi. 13-asr 60-yillarda Janubiy Italiya oʻziga Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282-yildagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-asr oxiri – 14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15-asr oʻrtalarida Janubiy Italiyani ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu tariqa Italiya janubiy ispanlar xukmronligi ostiga oʻtdi.