Mustaqil ish mavzu: Italiyani birlashtirish uchun kurash va Italiya qiroligini tashkil topishi Tayyorladi: Safarov e qabul qildi: Aytmuratov j kirish Asosiy qism


Italiyaning davlat tuzumi va boshqaruvi



Yüklə 30,39 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü30,39 Kb.
#182227
1   2   3   4   5
Safarov Elyor jahon tarixi fanidan mustaqil ish

3.Italiyaning davlat tuzumi va boshqaruvi. 1957-yil 25-martda hozirgi Yevropa Ittifoqining asoschisi boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatini tashkil etgan Rim shartnomasini imzolash marosimi 1848-49 yillarda inqilob sodir boʻldi. Fransiya, Avstriya hamda Italiya zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860-yil may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy yurish Italiyani birlashtirishda muhim rol oʻynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga birlashtirildi, 1861-yildan Pyemont birlashgan Italiya qirolligi deb yuritildi. 1870-yilga kelib Italiya birlashtirib boʻlindi va u bosqinchilik yoʻlini tuta boshladi. Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzdi (1882). Italiya qoʻshinlari 1889-90 yillarda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbagaduch keldi. 1911 – 12 yillardagi Italiya turkiya urushi natijasida Italiya Liviyani bosib oldi. 1916-yil 27-avgustda Italiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. Urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Urushning ogʻir oqibatlari va iqtisodiy tanglik Italiyada gʻalayonlar boshlani-shiga olib keldi. Ayniqsa, Turin ishchilarining qoʻzgʻoloni juda kuchli boʻldi. Inqilobiy kuchlarning tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922-yil 31-dekabrda B. Mussolinini keltirib qoʻydi. Mussolini hukumati demokratik kuchlarga qarshi kurash boshladi. 1929-33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Italiya iqtisodiyotini mushkul ahvolga solib qoʻydi. Shunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi urushga hozirlik koʻra boshladi. 1935-yil 3-oktabrda Italiya urush eʼlon qilmasdan Efiopiyaga hujum boshlab, 1936-yilning may oyida uni va 1939-yilda Albaniyani bosib oldi. Italiya Millatlar Ittifoqidan chiqib, „Antikomintern pakti“ga qoʻshildi (1937) va gitlerchilar Germaniyasining asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940-yil oktabrda Italiya Gretsiyaga, 1941-yil aprelda Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941-yil 22-iyunda Italiya sobiq SSSRga urush eʼlon qildi, sharqiy frontga italyan ekspeditsion korpusi (1942-yildan armiya)ni yubordi. Lekin 1943-yil Italiya qoʻshinlari sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qoʻ-shinlari bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va hukumatning marshal P. Badolo koʻliga oʻtishiga sabab boʻldi (1943-yil 25-iyul). Badolo Angliya-Amerika qoʻmondonligi bilan yarash (soʻzsiz taslim boʻlish) shartnomasiga yashirincha imzo chekdi. Bundan xabardor boʻlgan Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq qoʻgʻir-choqhukumat tuzdi. 1943-yil kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1944-yil aprelda barcha antifashist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat (Badolo boshliq) tuzildi. Umumxalq qurolli koʻzgʻoloni natijasida 1945-yil aprelda mamlakat fashistlardan ozod boʻldi. 1946-yil 2-iyunda respublika eʼlon qilindi.
Italiya-1945-yildan BMT aʼzo-si. 1992-yil 10-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suve-renitetini tan oldi va oʻsha yil 24 martda diplomatiya munosabati oʻrnatdi. Milliy bayrami – 2-iyun – Respublika eʼlon qilingan kun (1946); 1977-yildan 2000-yilgacha iyunning birinchi yakshan-basida nishonlangan.
Trir shahri devorlarining shi-moliy darvozasi (qurilish 180 yilda boshlangan, ammo nihryasiga yetmagan). "Olgʻa, Italiya" partiyasi, 1993-yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996-yil partiyaga aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848-yilda asos solingan, 1944-yilda kayta tiklangan,1994-yil martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya Xalq partiyasi, tugatilgan Xristiandemokratik partiya negizida 1994-yil 18-yanvarda rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Italiya respublikachilar partiyasi, 1832-yildan faoliyat koʻrsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947-yilda tuzilgan, 1966-yilda Sotsialistok partiya bilan qoʻshilgan, 1969-yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya sosialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994-yil tuzilgan;Italiya sotsialistok partiyasi, 1892-yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906-yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948-yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950-yilda tuzilgan. Italiya hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi qoya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari). Jez davrida (mil. av. 2ming yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8- 2-asrlardan etrusklar yodgorliklari maʼlum. Mil. av. 8-6-asrlardan Italiya Kds. Yunon, mil. av. 5-asrdan mil. 5-asrgacha Qad. Rim madaniyati va sanʼatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Oʻrta asrlarda diniy afsonalar asosidagi asarlar paydo boʻldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanʼatiga yaqin mozaika rasmlari yaratildi. 12-asr oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi manzarali haykaltaroshlik tarqaldi. 13-14-asrlarda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-asrdan Uygʻonish davri realistik sanʼati taraqqiy etdi.

Xulosa
Rassomlar tabiatga, insonga koʻproq murojaat qila boshladilar: Rassom va haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda oʻrganib, ajoyib sanʼat namunalarini yaratdilar (Leonardoda Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va boshqalar). 15-16asrlarda moyboʻyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr dekoratsiyasi sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. 16-asr oxiri va 18-asrda serhasham va dabdabali barokko uslubi (haykal-tarosh L. Bernini, rassomlardan Pyetroda Kortona, L. Jordano) qaror topdi. 16-asr oxirlarida paydo boʻlgan akademizm (aka-uka Kar-rachchi) va manyerizm (haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no,.A. Bronzino) sanʼati hukmronlik qildi. 18-asr Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi) hayotiy kuzatishlar kuchliligi bilan koʻzga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-asr 2-yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinchalik maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori, T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash mavzularida ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin syurrealizm, abstrakt sanʼat avj olib ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy namunalariga qarshi kurashda realistik sanʼat namoyandalarining ijodi kamol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu, rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-tuygʻularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar.



Yüklə 30,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin