Mustaqil ish mavzu: Italiyani birlashtirish uchun kurash va Italiya qiroligini tashkil topishi Tayyorladi: Safarov e qabul qildi: Aytmuratov j kirish Asosiy qism


Italiyani birlashtirish uchun kurash



Yüklə 30,39 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü30,39 Kb.
#182227
1   2   3   4   5
Safarov Elyor jahon tarixi fanidan mustaqil ish

2 Italiyani birlashtirish uchun kurash. 13-asrda Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi ilgʻor shaqar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut toʻqish ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya). Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantirish uchun foydalanildi. Hunarmandchilikning kengayishi shahar-davlatlarning oʻziga qarashli hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy qaramlik) dan ozod qilishiga imkon berdi. Deh-qonlarning koʻpchiligi shaharlarga koʻchib, ustaxonalardagi yollanma ishchilar safini toʻldirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiya shaharlarida savdogarhunarmandlar bilan zamindorlar oʻrtasida shiddatli kurash natijasida zamindorlar siyosiy huquqlaridan mahrum boʻldilar. Shimoliy va Oʻrta Italiya shahar va qishloklarida ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi tufayli 14-16-asrlarda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi va rivojlani-shiga olib keldi. 14-asr Shimoliy va Oʻrta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma ishchilar necha oʻn minglab ki-shiga yetdi, asosan movut toʻqimachiligida manufaktura paydo boʻldi. 14-15-asrlarda xalq qoʻzgʻolonlari kuchayib borishidan choʻchigan „semiz“ popolanlar shaharlarda respublika idora usulini tiraniya bilan almashtirdilar. 15-asrda Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-asr 2-yarmida Italiyada reaksiya kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada maʼrifatparvarlik oqimini keltirib chiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanishi va maʼrifatparvarlik harakati Italiya tarixida yangi davr – chet el hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab boʻldi. 1789 – 94 yillarda Fransiyada boʻlib oʻtgan inqilob Italiyadagi inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham yakobinchilar harakati paydo boʻldi. 1796-97 yillardagi Napoleon yurishidan soʻng Italiya Respublikasi (1797) tuzildi. 1799-yil A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini Italiyadan surib chikardi. Lekin 1800-yil Napoleon armiyasi Italiyaga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qoʻshib olindi, Sizalpin (1802-yildan Italiya) Respublikasi Italiya qirolligiga aylantirildi (Napoleonning oʻzi imperator edi). Shunday qilib, butun Italiya (Sardiniya va Sitsiliya o.laridan tashkari) Fransiya qoʻl ostida birlashtirildi. 1814-yildan Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi (1814-15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va koʻplab qirolliklarga boʻlinganligini rasmiylashtirdi. 19-asr 40-yillaridan Lombardiya, soʻngra Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi.

Yüklə 30,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin