Mustaqil ish mavzu: Lotin tili tarixi Bajardi: 1kurs talabasi Axrorova muxlisa



Yüklə 3,15 Mb.
tarix27.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#199046
LOTIN TILI TARIXI

MUSTAQIL ISH MAVZU: Lotin tili tarixi

Bajardi:1kurs talabasi Axrorova MUXLISA

LOTIN TILINING KELIB CHIQISHI • Lotin tilihind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4-3-asrlarga to'g'ri keladi. Apennin yarim orolning lotinlashuvi (yunon tili hukmron bo'lgan Janubiy. Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) miloddan avvalgi 1-asrda yakunlanadi


LOTIN TINLINING TARQALISHI
• Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shim. Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. Lotin tilidagi eng qadimgi yodgorliklar miloddan avvalgi 3-asrga mansub.
  • TILINING DAVRLARI:
  • Qadimgi davr Lotin tili tarixi bir-biridan u yoki bu darajada farqlanuvchi 5 ta davrga ajratiladi: 1) eng qadimgi Lotin tili davri (miloddan avvalgi 6-4-asrlar); 2) klassik davrgacha bo'lgan Lotin tili davri (miloddan avvalgi 3-2-asrlar, adabiy Lotin tilining shakllanish vaqti); 3) klassik, "oltin" Lotin tili davri (miloddan avvalgi 1-asr, juda boy leksika va rivojlangan adabiyoti bilan ajralib turadi); 4) klassik davrdan keyingi, "kumush" Lotin tili davri (milodiy 1-asr, adabiy tilning fonetik va morfologik me'yorlari uzil-kesil shakllandi); 5) so'nggi bosqichdagi Lotin tili (2-6-asrlar, yozuv tili bilan xalq-so'zlashuv tili-"xalqona lotin" o'rtasida tafovut

5-asrda Rim imperiyasi qulaganidan keyin xalq-so'zlashuv tilining mintaqaviy farqlanishi tezlashib, bu nar-sa 9-asrga kelib alohida, mustaqil roman tillarinkng (italyan, fransuz, portugal, ispan, rumin, moldavan va boshqalar) paydo boʻlishiga olib keldi. Yozma Lotin tilining birligi saqlanib qoldi, u leksik jihatdan rivojlanishda davom etdi, klassik Lotin tilining asosiy lug'at tarkibi va grammatik kurilishi barqarorlashdi. Adabiy Lotin tili tarqalgan barcha hududlarda u ma'muriy boshqaruv, savdo-tijorat, maktab tili edi; o'rta asrlarda butun G'arbiy Yevropa umumiy yozuv tili bo'lib qoʻllandi; 18-19-asrlargacha diplomatiya, ilm-fan va falsafa tili, 20-asrda esa katolik cherkovi tili, Vatikanning (italyan tili bilan birga) rasmiy tili boʻlib qoldi. Lotin tili Yevropa madaniyati rivojida ulkan rol o'ynadi. Yevropa tillaridagi siyosiy, ilmiy va texnik terminologik tizimlarning leksik jihatdan boyishi va ko'payib borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

  • Lotin tili qadimiy hind-yevropa tillariga xos, uni xett tili, hind-eron, kelt tillari bilan yaqinlashtiruvchi xususi-yatlarni saqlab qolgan. Asosiy fonetik jihatlari unda unlilar chuzikli-gining fonologi k farqlanishiga egaligi, urg'u so'zning oxirgi boʻgʻiniga tushmasligi, undoshlarning kuchsizlanib borishi kabilardan iborat. Morfologik xususiyatlari: fleksiyadan shakl yasashning asosiy vositasi sifatida foydalanish, fleksiyaning 5 turi mavjudligi, turlanishning 6 kelishikka asoslanishi, fe'llarda 3 xil mayl (indikativ, kon'yunktiv, imperativ) va 2 xil nisbat (aktiv va oʻrta passiv) farqlanishi va boshqa So'z tartibida fe'l ran oxirida keladi. Lotin tili leksikasida yaqin qarindosh yoki noqarindosh qabilalar tillarining ta'siri saqlanib qolgan. Lotin tiliga yunon tili, ayniqsa, miloddan avvalgi 3-1-asrlarda kuchli va davomli ta'sir ko'rsatgan. Lotin tili leksikasi, yunon tili bilan birga, ilmiy terminologiya sohasida xanuz baynalmilal terminlarni yaratishda manba bo'lib xizmat qilmoqda.

Спасибо за внимание!


Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin