Bolaning maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorligi.
Maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga kelib
axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy
nuqtai nazarni faol egallashiga hamda o‘zining o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan
o‘zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon beradigan darajaga
erishishida ifodalanadi. Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha ta`lim
yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon
bo‘ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha tar`lim yoshi davomida
rivojlanadigan o‘z xulq-atvorini boshqari qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi
talablarini ongli bajarish, daf’atan asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo‘yilgan
maqsadga erishishda qat’iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o‘ziga tortadigan,
ammo maqsaddan chalg‘itadiganiga qarshi o‘larok bajarish ko‘nikmasi va shu
kabilar e’tiborga loyiqdir. Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning
rivojlanish asosini maktabgacha ta`lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan
sabablar, o‘zaro buysunuvchilari tashkil qiladi.
Maktabga axloqiy-irodaviy
tayyorlikning tarkib topishida, shuningdek, katta maktabgacha ta`lim yoshidagi
bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi
xususiyatlar ahamiyatlidir. Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor
qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to‘g‘ri, odatiy usullaridan
foydalanish, yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulq-
atvordagi uyushganlik intizomlilik bilan xulq-atvordagi maqsadga yo‘nalganlikda,
o‘z faoliyatini maktabgacha ta’lim tashkilotda qabul qilingan qoidalarga muvofiq
ongli tashkil eta bilishda, faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o‘z
xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish, o‘z xatti-harakatlari
uchun shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o‘z ifodasini topadi.