2.Bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy mezonlari.
3.Bolalarni maktabda o`qishga axloqiy irodaviy,aqliy va jismoniy tayyorgarligi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari.
Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy me`rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi.
Maktabgacha ta’limning asоsiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi:
bоlalarni xalqning bоy milliy, madaniy tarixiy me`rоsi va umumbashariy