Mustaqil ish mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fani



Yüklə 361,36 Kb.
səhifə2/4
tarix28.06.2023
ölçüsü361,36 Kb.
#135503
1   2   3   4
BIM

Maktabgacha ta’lim sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29- dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyo‘l), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin egallamoqda.

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash o‘zining bir qator mezonlariga ega.

Bu jarayonda bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy, irodaviy va ma’naviy jihatdan maktabga tayyorlash ularning maktab ta’limida zo‘riqmasligi, ta’limning uzluksizligi va samaradorligini ta’minlovchi asoslardandir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash

jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy

ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi.

Ayniqsa, bolalarning jismoniy xususiyatlari, antropometrik ko‘rsatkichlari, aqliy-

irodaviy jihatlari, ruhan maktabga tayyorligi ularning intellektual va jismoniy

jihatdan maktab ta’limiga moslashishi, fanlarni zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishida

ahamiyatli sanaladi

c

  • c

«Maktabga tayyorgarlik»
tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga
oladi:
jismoniy;
shaxsiy (ruhiy);
aqliy;
maxsus tayyorgarlik.
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, harakat ko‘nikmalari va sifati,
qo‘l mushaklari va ko‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi.
Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o‘simliklar
dunyosiga, tabiiy hodisalarga munosabati, shaxsiy madaniyatning
shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bolaning obrazli va mantiqiy
fikrlashi, bilimga qiziqishi, mustaqilligi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi hamda o‘quv
faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishini
o‘z ichiga oladi. Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini
14
bilishiga va nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi
Bolalarni maktabda o‘qitishning samaradorligi ko‘p jihatdan ularning tayyorgarlik
darajalariga bog‘liq bo‘ladi. Maktabda o‘qishga tayyorgarlik – maktabgacha ta’lim
tashkiloti va oilada maktabgacha ta`lim yoshidagi bolaga qo‘yiladigan talablar
orqali aniqlanadi. Bu talablarning o‘ziga xos tomoni o‘quvchining yangi ijtimoiy-
psixologik o‘rni bilan bog‘liq. Bola o‘z oldiga qo‘yiladigan vazifalarni bajarishga
tayyorlangan bo‘lishi lozim. Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi,
atrofdagilar bilan munosabat tizimining o‘zgarishiga aloqador muhim davrdir.

Yüklə 361,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin