Maktabga axloqiy-irodaviy
tayyorlikning tarkib topishida, shuningdek, katta maktabgacha ta`lim yoshidagi
bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi
xususiyatlar ahamiyatlidir. Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor
qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to‘g‘ri, odatiy usullaridan
foydalanish, yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulq-
atvordagi uyushganlik intizomlilik bilan xulq-atvordagi maqsadga yo‘nalganlikda,
o‘z faoliyatini maktabgacha ta’lim tashkilotda qabul qilingan qoidalarga muvofiq
ongli tashkil eta bilishda, faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o‘z
xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish, o‘z xatti-harakatlari
uchun shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o‘z ifodasini topadi.