Mustaqil ish mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fani


Bolaning maktabda o‘qishga aqliy tayyorligi



Yüklə 361,36 Kb.
səhifə4/4
tarix28.06.2023
ölçüsü361,36 Kb.
#135503
1   2   3   4
BIM

Bolaning maktabda o‘qishga aqliy tayyorligi.

  • Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o‘qishga kirayotgan bolada atrof,dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bo‘lishidir. Bilimlarning
  • bu fondi o‘qituvchi o‘z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi.
  • Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati
  • ahamiyatlidir.
  • Bilimlar sifatining ko‘rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan
  • ongli egallaganligi; tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi; oddiy
  • tushunchlar mazmuni va hajmining to‘liqligi; o‘zlariga tushunarli o‘quv va amaliy
  • vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qo‘llay olish qobiliyatlari;
  • muntazamlilik, ya’ni maktabgacha ta`lim yoshidagilarning narsa va hodisalar
  • o‘rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish
  • qobiliyatidir

Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o‘quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachining ko‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan ko‘rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, o‘z faoliyati, xulq-atvori, topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko‘nikmasini, o‘zining va boshqa bolalarning ishlariga tankidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak. Nutqning qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi bola maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lug‘atning boyligi, o‘z fikrini mantiqiy va grammatik to‘g‘ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi – bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli o‘qishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aqliy tayyorlik tarkibiga, shuningdek, savodning boshlang‘ich asoslari, oddiy matematik tasavvurlar, ona tili yetarlicha keng bilim, ko‘nikma va malakalar doirasi ham kiradi

Bolaning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligi.

  • Bolaning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligi o‘qishning muvaffaqiyatli bo‘lishida katta ahamiyatga
  • egadir. Maktabga chiqish munosabati bilan bola turmush tarzining qayta qurilishi,
  • kun tartibining o‘zgarishi, jiddiy o‘quv mehnati, darslarning davomiyligi undan
  • sezilarli jismoniy zo‘r berishni talab qiladi. Maktabga jismoniy tayyorlik ko‘pgina
  • tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bu, birinchi navbatda, bola salomatligining
  • yaxshi bo‘lishi, organizmning chiniqqanligi, ma’lum darajada chidamliligi va ish
  • qobiliyati, kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olishidir. Bolalarni maktabga
  • tayyorlashda barmoq mayda muskullarining rivojlanishi alohida o‘rin egallaydiki,
  • bu yozuvni muvaffaqiyatli egallashning zaruriy shartidir. Maktabga jismoniy
  • tayyorlik,shuningdek, bola tomonidan madaniy gigiyenik malakalarni
  • egallanishini, ularda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish odatini tarbiyalashni
  • nazarda tutadi.

Jismoniy tayyorlik bolada maktabga yetuklikni shakllantirishning
zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabga yetuklikni aniqlashda bola sog‘ligining
holati va organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik
ko‘rsatkichlar, suyak, mushak, nafas olish va yurak-tomir tizimining)
rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko‘p omilli tahlildan, maktabga funksional
tayyorlikning, «Maktabga yetuklik»ning asosiy ko‘rsatkichi va, eng avvalo, bir
qator fiziologik funksiyalarining rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi.
Bularga: partada anchagina uzoq muddat o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan
tormozlanish qobiliyatining rivojlanganligi; harakatlarni yaxshi boshqarish,
jumladan, yozish va rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda zarur
bo‘ladigan barmoqlarning mayda harakatlari; ijobiy va tormozlanishiga xos shartli
aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash, shuningdek, ikkinchi
signal tizimning yetarlicha rivojlanganligi kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga
muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi
orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida,
shuningdek MTTlariga jalb qilinmagan bolalar uchun MTTlarda, maktablarda,
mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda
ular haftada 2-3 marta shug‘ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim
shaklini tanlash huquqi beriladi.
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug`ullanuvchilar asosiy shart
hisoblanmish - bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi
hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, oila yoki
MTTdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni
ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. “Ilk qadam” davlat o‘quv davturi, Toshkent-2018.
2. Hasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. – Toshkent:
Ilm ziyo, 2006.
3. Qayumova N.M. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: TDPU nashriyoti,
2013.
4.Asqarova.D.Q. Bolalarni maktab talimiga tayyorlash metodikasi.Toshkent 2020
Yüklə 361,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin