Xulosa. Pedagogika va psixologiyada o’quvchining bilim olishga qiziqishini shakllantirish, motivatsiyasini rivojlantirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur masalaning murakkabligi va ko’p jihatlarga bog’liqligi motivatsiya tushunchasining mohiyati, tabiati va tuzilmasiga ko’plab yondashuvlar mavjudligi, shuningdek, uni o’rganish (V.Bespalko, A.Zimnyaya, I.Zaxarova, A. Maslou, L.Stolyarenko, A.Rean, S. Rubinshteyn va boshqa) usullari ko’pligi bilan asoslanadi.
Ayrim olimlar mazkur tushunchani insonning turli faoliyatlar orqali o’zini namoyon etishga intilishi (V. Bespalko) deb ta‘riflaganlar. Bu faol va barqaror intilish unga munosib sharoitlar yaratilgandagina sezilarli yutuqlar ko‗rinishida ifodalanadi. Aks holda shaxsning o’zini namoyon etishga intilishi qaysidir qiziqarsiz o’quv faoliyati davridayoq so’nib ketishi mumkin.
O’z navbatida, ehtiyojlarning rivojlanishi yanada samarali motivatsiya shakllanishiga olib keladi. «Motivlar shaxsning yo’nalganligi bilan bog’liq bo’lib, inson o’z oldiga qo’ygan hayotiy muhim maqsadlari yig‗indisining ifodasi bo’ladi. Motivlar yuzaga kelishida inson o’zi uchun zarur ehtiyojlarni anglab boradi.
Motivlar — bu ehtiyojlarning anglanishidir. Bir motiv inson shaxsi uchun muhim sanalgan bir necha ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi mumkin.
Yoshning umumiy xususiyati. Har bir yoshdagi psixik rivojlanish alohida sifat bosqichiga ega. Yosh xususiyatlari ko‗plab shartlar majmui bilan belgilanadi. Bu - bola hayotidagi har bir bosqichda unga qo’yiladigan talablar sistemasi, atrofdagilar bilan munosabat, u egallayotgan bilim va faoliyat turi hamda bu bilimlarni egallash usullaridir. Yosh xususiyatini aniqlovchi shartlar majmuiga bolaning jismoniy rivojlanishi xususiyatlari ham kiradi (masalan, go‗daklikda ma‘lum bir morfologik shakl hosil qiluvchi ma‘lumotlarni egallash, o’smirlikda organizmning o’zgarish xususiyatlari va boshqalar).
Turli yosh davrlari va ularning o’quv faoliyatlari. Yosh davrlarini aniqlash atrofdagilarga munosabatlarning rivojlanish darajasi bilan bilim, usullar, qobiliyatlar rivojlanishi darajasi o’rtasidagi aloqani belgilab beradi. Mazkur ikki taraf orasidagi munosabatlarning o’zgarishi keyingi yosh bosqichlariga otishning muhim ichki asosi («harakatlantiruvchi kuch»)ni tashkil etadi. Bola yashash sharoiti, tarbiya va ta‘lim olish sharoitining o’zgartirilishi rivojlanishning yosh davrlari almashinuvini belgilovchi muhim omildir. Songgi vaqtlarda yosh va pedagogik psixologiyada ko‗proq pedagogik mezonlarga asoslangan davrlashtirish qo’llanilmoqa.
2. Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 y
3.Ergashev P.S Muloqot psixologiyasi (ma'ruzalar matni) T-2003 y
4.G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y
5.G’oziev E.G’ Muomala psixologiyasi T-2001 y
6. Umumiy psixologiya darsligi 2009 y
7. Umumiy psixologiya Goziev. Ye Toshkent 2002y 1 va 2 dars kitobi
8. Psixologiya Karimova. V Toshkent 2002y
9. Umumty psixologiya Xaydarov. I Toshkent 2008y