Mustaqil ish mavzu: Neoliberalizm g`oyalarining J. M. Keyns ta`limotidan farqi, umumiylik va xususiylik topshirdi: Guruh 924-20 Samanqulov Davron qabul qildi: S. A. Saitov jizzax-2021 reja


Neoliberalizmning paydo bo’lishi va uning o’ziga xos xususiyati



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə2/2
tarix21.10.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#159198
1   2
Neoliberalizm g`oyalarining J.M.Keyns ta`limotidan farqi, umumiylik va xususiylik

2.Neoliberalizmning paydo bo’lishi va uning o’ziga xos xususiyati
Neoliberalizm - siyosiy iqtisod va falsafaning yangi qo'shma yo'nalishi. 1930-yillarda Qo'shma Shtatlar Buyuk Depressiya deb nomlangan juda jiddiy inqirozni boshdan kechirdi. Ko'p odamlar depressiyani iste'mol qilish muammosi, pulga asoslangan talab etishmasligi muammosi deb tushunganlar. Tovarlarni ishlab chiqarish imkoniyati mavjud edi, ammo bu tovarlarni sotib olish imkoniyati yo'q edi. 30-yillarning boshlarida Ruzvelt prezident etib saylanganda, u iqtisodiyotni tiklash uchun davlat hokimiyatidan foydalanishga harakat qildi. Bu natija bermadi: depressiya davom etdi, ammo Ikkinchi Jahon urushi uni vaqtincha bartaraf etdi. Ikkinchi jahon urushi darhol bozorni, harbiy ishlab chiqarishni yaratdi. Bu darhol mehnat muammosini hal qildi, chunki ko'p odamlar oddiygina urushga chaqirilgan edi. Bu ishsizlik va ishlab chiqarish muammolarini hal qildi. Ammo urush oxirida paradoksal vaziyat yuzaga keladi. Urush yaxshi davr edi, ammo urushdan keyin tushkunlik qaytishi xavfi mavjud edi. Ushbu muammoni qanday hal qilish kerak? Keyingi safar kapitalistik sinflar o'zlarini tuzoqqa tushgandek his qilishadi. Iqtisodiy jihatdan ular bu tuyg'uni 1930-yillarda boshdan kechirdilar. Endi hukumat ularni qayta tiklashga muvaffaq bo'ldi. Liberalizmdan farqli o'laroq neoliberalizm iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qarshi emas. Liberalizm singari u ham bozor munosabatlari va erkin raqobatni iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy adolatning asosiy vositasi deb biladi.
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo`ldi va XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma'lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g`oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo`llaydi. Keynschilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyutma va xaridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo`yicha davlat chora-tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o`nta keng qo`llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma'lum bo`lgan davlat budjeti kamomadi va inflatsiyaga olib kelishida ko`rinadi. Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo`lishini qo`llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa "tunggi qorovul" yoki "sport sud'yasi" qabilida bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu yo`nalishning yirik vakili L.Erxard aytganidek "Raqobat mumkin bo`lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo`lgan yerda" amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo`lib, tadbirkorlarning erkin va mo'tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi. XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo`layotgan militaristik g`oyalar nihoyatda kuchli bo`lib, ko`p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi. Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni "monetar maktab" deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 341 M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.). Fransiyada neoliberal g`oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o`sha davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro ko`lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig`ilishi (forumi) "Lippman kollokviumi" deb xam ataladi, buning sababi shuki, o`sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman "Erkin shahar" kitobini e'lon qildi va undagi g`oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo`llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g`amo`rlik qilishlari va ularni barcha xo`jalik subektlari tomonidan bajarilishini ta'minlashlariga ko`maklashuvi so`raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo`li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko`rilishi mumkin deb hisoblanadi.
Neoliberalizm globallashuvning ikkinchi davri boshlanishi bilan paydo bo'ldi. U yigirmanchi asrda biznes va mehnat o'rtasidagi hamkorlik va raqobat orqali davlat tomonidan tartibga solish birligini nazarda tutgan ijtimoiy liberalizm g'oyasiga qarshi norozilik sifatida paydo bo'ldi.

XULOSA
Neoliberalizm keynschilik ta'limoti davrida yuzaga keldi, ammo davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat "sport sudyasi" vazifasini bajarishi, ya'ni erkin iqtisodiyot qonunqoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo`nalishning yirik uch markazi Germaniya, AQSH va Angliya paydo bo`ldi. Germaniya ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat iqtisodiy siyosati darajasiga ko`tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda, xususan, mustaqil O`zbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Chikagoda paydo bo`lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi bilan mashhur bo`ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo`l pul siyosatidir, har yili kon'yukturaga bog`lanmagan holda pul massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo`l AQSHda yaxshi natija berdi.

ADABIYOTLAR



  1. Razzaqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Maruzalar matni(lotin yozuvida) – T.: TDIU, 2007 – 256 bet.

  2. Razzaqov A. o’rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g’oyalari. O’quv qo’llanma. –T:TDIU, 2009.-270 bet.

  3. Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Fan va texnologiyalar. – T., 2005, 765 b.

  4. O’zbekiston Milliy ensklopediyasi1-12 jild. –T.2000-2006 y

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin