Mustaqil ish mavzu: Ochiq ma’lumotlar bazasi aloqasi (odbc) interfeysi. Obʼektga yoʼnaltirilgan maʼlumotlar bazasi


Ma`lumotlarni import va eksport qilish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/4
tarix26.11.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#70597
1   2   3   4
MUSTAQIL ISH

Ma`lumotlarni import va eksport qilish.
Ma`lumotlarni import qilish.
MS Accessda ma`lumotlar yoki ob`ektlarni bir ma`lumotlar bazasidan boshqa ma`lumotlar bazasiga o’tkazish (import) qilish uchun nusxa olish (Ctrl+C) va qo’yish (Ctrl+V) amalidan foydalaniladi. Shuningdek, MS Excel elektron jadvali va MS Word hujjatidagi ma`lumotlardan nusxa olish va MS Access jadvaliga qo’yish orqali ma`lumotlarni o’tkaza olamiz.
Ma`lumotlarni to’liq va maydon turiga bog’liq holda MBga o’tkazish import, MBdagi mavjud ma`lumotlarni tashqi vositalarga o’tkazish esa ma`lumotlarni eksport qilish deyiladi. Ma`lumotlarni import va eksport qilish jarayonida ma`lumotlar formati va maketi saqlab qolinadi.

MS Excel elektron jadvalidagi ma`lumotlarni
import qilish.
MS Access MBga ma`lumotlarni import qilish yoki MBdagi ma`lumotlarni eksport qilishda “Vneshniye dannye” (“Tashqi ma`lumotlar”) ilovasidan foydalaniladi.

- MS Excel elektron jadvalini import qilish. MS Excel elektron jadvalidagi ma`lumotlarni import qilishda jadval yoki uning qismidan nusxa olinib, MS Acces jadvaliga qo’yiladi; MS Excel varog’i import qilinadi; MS Excel varog’i bilan bog’liqlik hosil qilinadi. Tugma bosilganda ma`lumotlarni import qilish turlari taklif qilinadi.

1.“Importirovat dannye istochnika v novuyu tablitsu v tekuщYey baze dannx” (“Manbadagi ma`lumotlarni joriy MBning yangi jadvaliga import qilish”) – MS Excel varog’idagi ma`lumotlarni MS Access ma`lumotlar bazasining yangi jadvaliga import qilish uchun ishlatiladi. Bir vaqtning o’zida MS Excelning faqat bitta varog’ini import qilish mumkin. Qolgan varoqlarini import qilishda shu jarayon takrorlanadi.
MS Excel elektron jadvalidan quyidagi ketma-ketlik bo’yicha ma`lumotlar import qilinadi:
 “Vneshniye dannye” (“Tashqi ma`lumotlar”) ilovasidagi   - MS Excel elektron jadvalini import qilish tugmasi bosiladi;

 Import qilinadigan varoq tanlanadi;
 Javalning birincha qatori sarlavha qatori ekanligi belgilanadi (tanlanmasa yoki maydon nomi talablarga javob bermasa MS Access mustaqil ravishda maydon nomlarini qo’yadi);

 Import qilinadigan maydonlar, MS Excel elektron jadvalidan kelib chiqqan holda uning nomi va turi ko’rsatiladi. Ularni o’zimizga moslab, o’zgartira olamiz;

 Keyingi qadamda kalit maydonni qo’shish (biror maydonni kalit maydon sifatida olish, kalit maydonni qo’shmaslik) so’raladi;

 Yangi jadvalga nom berib uni saqlaymiz.





MS Exceldan import qilinayotgan elektron jadval ustunlari soni 255 tadan oshmasligi kerak. Agar birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo’lsa, uning qiymati chap tomondagi maydonga o’zlashtiriladi va qolgan maydonlar qiymati bo’shligicha qoladi. Grafik elementlar import qilinmaydi.

Agar import qilish jarayonida MS Excelning ayrim ustunlarda MBning maydon turiga mos bo’lmagan qiymatlar mavjud bo’lsa, uholda yozuvning ushbu maydoni bo’sh qoldiriladi. Xatolik nomi, xatolik ro’y bergan ustun nomi va qatorning tartib raqamini o’zida saqlagan jadval hosil bo’ladi.

Bu xatoliklarni import qilingan jadvalda to’g’rilaymiz. MS Excelda to’g’rilab qayta import qilishimiz ham mumkin. Albatta bu holatda avval import qilingan jadvalni o’chirishni unutmasligimiz kerak.
MS Exceldan yacheykalar oralig’ini import qilish imkoni mavjud. Buning uchun quyidagi amallar ketma-ket bajariladi:
 MS Excelda import qilinadigan varoqqa o’tiladi;
 import qilinadigan yacheykalar oralig’i belgilab olinadi;
 belgilangan yacheykalar oralig’i ustiga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelinib, o’ng tugmasi bosiladi va kontekst menyudan “Prisvoit imya...” (“Nom berish...”) qismi tanlab olinadi;
 oraliq qism nomi yozilib, “OK” tugmasi bosiladi.

 elektron jadval saqlanib, MS Excel yopiladi;
 MS Accessda MB ochiladi;
 “Vneshniye dannye” (“Tashqi ma`lumotlar”) ilovasidagi   - MS Excel elektron jadvalini import qilish tugmasi bosiladi;

 “OK”tugmasi bosiladi. Keyingi oynada “imenovannye diapazon” (“nomlangan oraliq”) tanlab olinadi va oraliq nomi ko’rsatiladi;

 Keyingi qadamlarni to’liq varoqni import qilishdagi kabi bajaramiz.
2. “Dobavit kopiyu zapisey v konets tablits” (“Jadvalning oxiriga yozuvlar nusxasini qo’yish”) - MS Exseldan import qilingan ma`lumotlarni tanlangan jadval oxiriga qo’shadi. Agar jadval mavjud bo’lmasa, MS Acces yangi jadvalni hosil qiladi. Import qilinayotgan elektron jadval ustunlaridagi ma`lumotlar turi mos ravishda MBdagi maydonlar turi bilan bir hil bo’lishi kerak.

3. “Sozdat svyazannuyu tablitsu dlya svyazi s istochnikom dannx” (“Manba bilan bog’langan jadvalni hosil qilish”) – MBda MS Excel elektron jadvali bilan bog’langan yangi jadvalni hosil qilish. MS Excel elektron jadvalidagi ma`lumotlarni o’zgartirish, u bilan bog’langan MBdagi jadvalidagi ma`lumotlarni o’zgarishiga olib keladi. Demak, manbadagi biror o’zgarish har safar uni import qilishdan xalos qiladi. Lekin, MBdagi bog’langan jadval ma`lumotini o’zgartirish, MS Excel elektron jadvalidagi ma`lumotlarni o’zgarishiga olib kelmaydi. Bu holda bog’liqlik bir tomonlama. MBda bir necha bog’langan jadvallar bo’lishi mumkin. Yacheykalar oralig’i uchun ham bog’langan jadvalni hosil qila olamiz. Bog’liqlik yuqorida keltirilgan usul bilan hosil qilinadi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin