OK asosiy ulanish sxemalari. OKlarda doim chiziqli yoki nochiziqli zanjir ko‘rinishidagi chuqur manfiy teskari aloqa bajarilgan bo‘ladi. MTA xossalari OK asosida turli analog va impuls elektron quurilmalar yaratish imkonini beradi.
Bunday sxemalarni ishlash prinsipini tushunish va ularni taxminiy tahlil qilish uchun ideal operatsion kuchaytirgich tushunchasi kiritiladi. Ideal operatsion kuchaytirgich quyidagi xossalarga ega bo‘ladi:
a) kuchlanish bo‘yicha cheksiz katta differensial kuchaytirish koeffitsiyenti KU0;
b) nol siljish kuchlanishining nolga tengligi USIL, ya’ni kirish signallari bir – biriga teng bo‘lganda, chiqish kuchlanishi nolga teng bo‘ladi; demak, OK kirish potensiallari doim bir – biriga teng;
v) kirish toklari nolga teng;
g) chiqish qarshiligi nolga teng;
d) sinfaz signallarni kuchaytirish koeffitsiyenti nolga teng.
OKning invers ulanishi.Invers ulanishda OKning inverslamaydigan kirishi umumiy shina bilan ulanadi (5 - rasm).
;
;
Real OK uchun bu formulaning qo‘llanilishi kuchaytirish koeffitsiyentini hisoblashda xatolikllarga olib keladi. OKning KU0 va RKIR0 qancha katta bo‘lsa, bu formuladan foydalanish shuncha kichik xatolik beradi. Shunday qilib, KU0=103, R1=1 kOm, R2=100 kOm va RKIR0=10 kOm bo‘lsa, kuchaytirish koeffitsiyentini aniqlashdagi xatolik 9 % ni tashkil etadi, KU0=105 (qolgan kattaliklar o‘zgarishsiz) bo‘lganda - 0,1 % dan kichik.
Kuchaytirgichning chiqish kuchlanishlari kirishga nisbatan teskari fazada bo‘ladi. Bu sxemaning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti rezistor qarshiliklarining nisbatlariga bog‘liq ravishda birdan katta ham, kichik ham bo‘lishi mumkin va deyarli barqaror bo‘ladi.
5– rasm
OKning inverslamaydigan ulanishi.Inverslaydigan ulanishda kirish signali OKning inverslamaydigan kirishiga uzatiladi, inverslaydigan kirishga esa R1 va R2 bo‘luvchi rezistorlar orqali kuchaytirgich chiqishidan teskari aloqa signali uzatiladi (6 - rasm).
6 - rasm
Ko‘rinib turibdiki, bu yerda chiqish signali kirish signaliga sinfaz.
Agar OK invers kirish bilan qisqa tutashgan bo‘lsa, bu koeffitsiyent birga teng bo‘ladi. Bunday sxemalar inverslamaydigan qaytargichlar deb ataladi va yagona qobiqda bajarilgan bir necha kuchaytirgich ko‘rinishidagi alohida integral mikrosxemalar ko‘rinishida bir varakayiga ishlab chiqariladi.
Qaytargichda qo‘llanilagan OK turi uchun maksimal kirish qarshiligi va minimal chiqish qarshiligi amalga oshiriladi. OK asosidagi qaytargich, ixtiyoriy biror qaytargich kabi (emitter yoki istok), muvofiqlashtiruvchi bosqich sifatida ishlatiladi
Men mustaqil ishi mavzusi sifatida “ operatsion kuchaytirgichlar ” mavzusi qo’yildi.Mustaqil ishini bajarishda “Elektronika va sxemalar 1” fanidan olgan bilimlarimiz qo’l keldi. Bundan tashqari mustaqil ishini bajarish jarayonida o’zimga kerakli bo’lgan muhim ma’lumotlarga ega bo’ldim. Umumiy kuchaytirgichlar haqida umumiy malumotlarni tahlil qilish.Sxematexnika fani hayot jaroyonimizda o’zining katta o’rni bor ekanligini ushbu mustaqil ishini bajarish jarayonida yanada anglab yetdim.
Xulosa qilib aytganda uchbu mustaqil ishi o`zim ustimda ishlashga o`rgatdi. mustaqil ishini bajarishda shuni anglab yetdimki, har bir axborot texnologiyalari mutaxasisi informatika fanining barcha yo’nalishlarini, amaliy dasturlarini hamda yangi yaratilayotgan va chiqayotgan axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishlari lozim ekan. mustaqil ishida bajarish bilan egallagan bilim va ko`nikmalarim kelgusi faoliyatimda poydevor bo`lib xizmat qiladi.
Men ham bunday ezgu ishlarni yuqori bosqichga ko’tarish, ilmiy tadqiqotlarimni kuchaytirish va qolaversa, tadqiqot natijalarim asosida ta’lim sifatini yanada oshirishga o`z hissamni qo`shishga harakat qilaman.
XULOSA