Mustaqil ish Mavzu Oquv jarayonida axborot texnologiyalarining -fayllar.org
Mavzu: Power point dasturi yordamida darslarga ko’rgazmali qurollar tayyorlashni o’rgatish POIWER POINT dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig’i ostidayaratilgan bo’lib, ushbu dastur prezentatsiyalar (taqdimot qilish yani tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va bazi joylarda esa malumotlar bazasi sifatida xam qo’llash mumkin. Ayrim xollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini xam bajarish mumkin.
Аgаr yаngi hujjаtgа nоm berilmаgаn bo‛lsа, u hоldа dоimiy qаbul qilingаn birinchi hujjаt uchun Презентация ikkinchisi uchun Презентация vа hоkаzо nоmlаr berilаdi. POWER POINT dasturi lentalari Power Point 2016 dasturida quyidagi lentalardan foqdalaniladi: Файл; Главная; Вставка; Дизайн; Переходы; Анимация; Слайд-шоу; Рецензирование; Вид. 1. Dasturning Файл lentasi fayllar ustida turli amallarni bajarishga imkon beruvchi buyruqlardan tashkil topgan: Сведения - fayl haqida turli ma’lumotlarni olish; Создать – yangi fayl hosil qilish; Открыть – mavjud faylni ochish; Сохранить – faylni saqlash; Сохранить как – faylni boshqa nomda saqlash; Печать – faylni chop etish; Закрыть – dasturni yopish. 2. Dasturning Главная - bosh lentasi Windows buferi bilan ishlash (Буфер обмена), slaydalar yaratish (Слайды), slaydlardagi shrift turlari, o‛lchami, ko‛rinishlarini o‛zgartirish (Шрифт), abzatslar bilan ustida turli amallar bajarish (Абзац), slaydlarga turli shakl va rasmlar qo‛yish (Рисование) hamda slaydlarni tahrirlashga (Редактирование) imkon beradi: 3. Dasturning Вставка – qo‛yish, o‛rnatish lentasi slaydlar hosil qilish, jadvallar, shakllar, diagrammalar, havolalar, turli ob’yektli matnlar, izohlar va belgilarni hamda multimedia amallarini (videoyozuv, ovozlarni) slaydlarga qo‛yish uchun zarur bo‛lgan buyruqlardan tashkil topgan: 4. Dasturning Дизайн – dizayn lentasi yordamida taqdimot mavzusiga mos ko‛rgazmali ko‛rinishlarni tanlash, turli variantlardan foydalanish, slayd o‛lchamini va fonini o‛zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin: 5. Dasturning Переходы - slaydlarga o‛tish lentasi slaydlarni ekranga turli effektlarda chiqishini ta’minlab, slaydlarni ovoz bilan chiqishi va slaydlarni almashish vaqtini belgilashga imkon beradi: 6. Dasturning Анимация - ob’ektlarga animatsiya (harakat) berish lentasi buyruqlari animatsiya elementlarini qo‛yish, animatsiya effektlarini o‛rnatish, animatsiya sohasini belgilash, animatsiya tartibini o‛zgartirishga mo‛lgallangan: 7. Power Pointning Слайд-шоу lentasi yordamida slaydlarni ko‛rishni boshlash, ko‛rish vaqtini belgilash va slayd-shoyni sozlash kabi amallarni bajarish mumkin: 8. Dasturning navbatdagi Рецензирование – taqrizlash lentasi buyruqlari slaydlarda imloni tekshirish, yozuv tilini o‛zgartirish, slaydlarga izohlar qo‛yish, yozuvlarni qo‛lyozma ko‛rinishda yozish kabi amallarni bajarishga imkon beradi: 9. Power Point dasturining Вид - ko‛rinish lentasi slaydlarni ko‛rish rejimi xususiyatlarini o‛zgartirish, masshtablar, oynalar va makroslar bilan ishlashga xizmat qiladi.