Iste’molchi uchun narxning oshishi to’siq rolini o’ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag’batlantirish vazifasini bajaradi.
Narx darajasi va taklif miqdori o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni ko’rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig’ini tasvirlash mumkin (7.3-chizma).
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
resurslarning narxi;
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi taklif hajmining o’zgarishini taqozo qiladi.
Talab va taklifning muvofiq kelishi. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy muvozanat O’zbekistonda shuni ta’minlash. Bozor iqtisodiyotida talab va taklif baho orqali bir-biri bilan bog’lanadi. Ular juda o’zgaruvchan bo’lib, bunga ta’sir etuvchi omillar juda ko’p. Bozor iqtisodiyoti talab va taklifning mos kelishini taqozo etadi. Bunday moslik bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining talabidan kelib chiqadi. Chunki, busiz iqtisodiy o’sish amalga oshmaydi6.
Bozordagi haqiqiy baho talab bilan taklifning o’zaro harakati tufayli yuzaga keladi. Talab va taklif muvofiq bo’lgandagi baho muvozanat baho deyiladi. Talab va taklifning bir-biriga monand bo’lishi bozor iqtisodiyotining eng muhim talabidir. Faqat talab va taklif bir-biriga mos kelgan sharoitdagina oldi-sotdi barqaror amalga oshadi. Talab va taklif miqdori, ularning tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelgan mana shu holat bozor muvozanatidir. Shu asosida iqtisodiy o’sish yuz beradi, ishlab chiqarish rivojlanadi, iqtisodiyot borgan sari o’sadi.
Talab va taklif muvozanatda bo’lishi uchun bo’lgan sotuvchi va xaridorlar harakati to’rt xil o’zgarishni o’z ichiga oladi:
muvozanatlashgan tovar miqdori va bahosining o’sishi talabning o’sishini bildiradi;
muvozanatlashgan tovar miqdori va bahosining pasayishi talabning pasayishini ko’rsatadi;
v) muvozanatlashgan tovar miqdorining ko’payishi va bahosining pasayishi taklifning ko’payishini bildiradi; g) muvozanatlashgan tovar miqdorining kamayishi va bahoning ko’tarilishi taklifning qisqarishini bildiradi. Muvofiqlik muvozanat baho orqali yuzaga keladi. Bozor qatnashchilari harakatining umumiylashuvi, bir-birlariga tushunarli ravishda bo’lishi, bir-biri bilan kelisha oladigan darajaga yetkazish talab va taklif muvozanatining yuzaga
6 Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo’raev «Iqtisodiyot nazariyasi» T.:2002.
kelishi tufayli amalga oshadi7. Bunda xabarchi, ko’rsatqich rolini muvozanatbaho bajaradi.
Talab va taklif turlicha bo’lishi bilan birga baho, sotib olish qobiliyati kabilarning o’zgarishi, raqobat yo’li bilan to’xtovsiz o’zgarib borishi, tabiiy hodisadir. Lekin bozordagi to’qnashuv, munosabat tufayli talab va taklifning miqdoriy jihatdan baho bo’yicha bir-biriga tengligi, moslashuvi yuz berib, bozor muvozanatini ta’minlaydi. Muvozanatsiz bozor me’yorsiz holatda bo’ladi. Demak, bozor muvozanati talab va taklifini miqdor va tarkib jihati bo’yicha moslashuvidan iborat bo’lib, muvozanat uchun bo’lgan harakat doimiylikga egadir. Agar bu muvozanat uzoq vaqt buzilib tursa, bozor o’z xususiyatini yo’qotib boradi, zaiflashadi, shu bilan umumiy iqtisodiy holatni yomonlashtiradi.
Talab va taklif tajribada ko’p hollarda, bir-birlariga mos kelmaydi. Bu vaziyatlarda bozor kuchlariga ta’sir kuchayadi, natijada ular taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar bahosini o’zgartiradilar. Bu o’z navbatida, talab va taklif xajmining o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Agarda talab hajmi taklif hajmidan yuqori bo’lsa, sotuvchilar vaziyatdan foydalanib, tovar bahosini ko’tarishga harakat qiladilar. Natijada talab asta-sekin pasaya boradi.
Shunday qilib, bozor bahosi-muvozanatli bahoga teng bo’lmasa, sotuvchilar va xaridorlar muayyan sharoitdagi bahoni muvozanat bahosi tomon yo’naltiradilar. Xaridor o’z talablariga muvofiq tovar yoki xizmatlar hajmini bozor bahosi muvozanat bahosiga muvofiq bo’lgan sharoitda sotib oladi. Sotuvchilar esa o’zlari belgilagan tovarni yoki xizmatni aynan shu vaziyatda pullaydilar.