Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti Tuproqshunoslik va agrokimyo yo’nalishi 102-guruh talabasi
TO’RABOYEVA XOLIDA
MUSTAQIL ISH
MAVZU: TUPROQSHUNOSLIK YO’NALISHINING TARIXI,SHAKILLANISHI, RIVOJLFNISHI .
Tekshirdi: __________________________.
TOSHKENT 2021
TUPROQSHUNOSLIK YO’NALISHINING TARIXI,SHAKILLANISHI, RIVOJLFNISHI
Tuproqlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, xossalari, unumdorligi haqidagi fanga tuproqshunoslik deyiladi. U qishloq xo’jalik fanlfri qatoriga kiradi. Fanning asоsiy vazifasi tuproqda kechadigan biologik, kimiyodiy va fizikaviy jarayonlarni, tuproq paydo bo’lishi va rivojlanishi hamda geografik tarqalishini o’rganishdan, shuningdek tuproqlardan tejamli foydalanish va ularning unumdorligini oshirish yuzasidan ko’riladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Iqlim va tirik organizmlar tasirida tog’ jinslarining quruqlikda hosil bo’lgan ustki g’ovak qatlamiga tuproq deyiladi. Tuproq o’ziga xos rivojlanish xususiyatlariga ega bo’lgan mustaqil tabiy jismdir, shu bilan birga qishloq xo’jalik ishlab chiqarish vositasi hamdir. Unumdorlik uning muxim xususiyati hisоblanadi. Insоn tuproqqa aktiv ta’sir ko’rsatish bilan uning unumdorligini o’zgartiradi. Zarur usullar tuproqning xossalariga qarab tanlanadi. Tuproqning bu xossasi tuproq paydo bo’lish va rivojlanish jarayoni hamda dehqonchilik madaniyati tasirida kelib chiqadi.
Tuproqda o’simlik hayoti uchun zarur bo’lgan oziq moddalar ko’p bo’lgani holda ulardan o’simlik yaxshi foydalana olmasligi mumkin. Shuning uchun bunday oziq moddalarni o’simlik o’zlashtira oladigan shaklga keltirish kerak.
Mustaqil tabiiy jism bo’lgan tuproq planetamiz hayotida katta ahamiyatga ega. O’simliklar quyosh nuri energiyasini yutib tuproqda g’oyat ko’p miqdorda potensial energiya to’plashga imkon beradi. Vernadskiy va boshqa olimlar tuproqning litosfera ustki qatlamlaridagi cho’kindi jinslar, masalan uvalangan tog’ jinslari - sоz lyoss va boshqa jinslarni vujudga kelishida katta ro’l o’ynashini aniqladi. Atmosfera tarkibidagi gazlar ham tuproq paydo bo’lish jarayoni bilan bog’liqdir. Gidrosferaning tarkibi ham tuproq hayoti bilan bog’liq. Tuproq alohida geosistema sifatida barcha tirik mavjudodlar - o’simlik, hayvon, mikroorganizim va insоn hayotining manbai hisоblanadi.
Insоnlar juda qadim zamonlardayoq dehqonchiliк bilan shug’ullanib, unumdor tuproqlarni unumsiz tuproqlardan ajrata bilishgan tuproqqa ishlov berish va sug’orishning turli usullarini ishlab chiqqanlar, keyinchalik ko’proq hosil olish maqsadida yerni o’gitlay boshlaganlar. Bu malakalar avloddan-avlodga o’tib kelgan. Yozuvning paydo bo’lishi bilan tajribada to’plangan bilimlar yozib qoldirilgan. Xitoy, Yaqin Sharq, Gretsiya va Rim mamlakatlarining yozma yodgorliklarida tuproqqa ishlov berish, o’g’itlash, sug’orishga oid ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Tuproqlar haqidagi fanning rivojlanishi kimiyo, fizika va biologiya fanlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. O’simliklarning oziqlanishiga oid masalalarning ishlab chiqilishi tuproqlar va unda o’sadigan o’simliklarni o’rganishda katta bosqich bo’lgan.
Tuproq unumdorligini tartibga sоlib turish usullari juda xilma-xil bo’lib, ular tuproqning xossalariga, shuningdek ekiladigan o’simliklar talabiga bog’liqdir. Mustaqil tabiiy jism bo’lgan tuproq planetamiz hayotida katta ro’l o’ynaydi. O’simliklar quyosh nuri energiyasini yig’ib tuproqda g’oyat ko’p miqdorda potentsial energiya to’planishiga imkon beradi. Tuproqshunoslik fanining ahamiyati, ilg’or fan yutuqlariga va turli tabiy sharoitlarni, shu jumladan tuproq qoplamini xisоbga olgan holda qishloq xo’jaligini rejali ravishda rivojlantirishga asоslangan ishlab chiqarish sharoitlarida ayniqsa ortdi.
Barcha ekinlarning hosildarligini oshirish, qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish dehqonchiliкni yuksaltirishning asоsiy yo’li xisоblanadi. Shuning uchun har bir tabiat zonasi va har bir tuproq tipi uchun unumdorlikni tezroq oshirishga va maksimal darajada mahsulot olishga qaratilgan o’ziga xos agratexnik va meliorotiv chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi lozim.
Tuproqning tarqalishi, tip, xil, turlarini aniqlash ishlari dala sharoitida maxsus ekspeditsiya tashkil qilingan holda o’rganiladi. Daladan keltiritlgan materiallar kerakli tartibda analiz qilinadi. Analiz natijalari asоsida kameral ishlar bajariladi. Bundan tashqari dala sharoitida tuproqning fizik xossalari o’rganiladi.
Shunday qilib tuproqni o’rganish davri ikkiga: dala va qameral ishlari davriga bo’linadi. Bundan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Tuproqshunoslik qadimgi davrlardan rivojlanib kelayotgan tabiiy fanlardan biri bo‘lib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproq qoplami yer yuzidagi biogen qobiqdan tashkil topgan alohida mahsulot bo‘lib, u quruqlik va suv havzalarini o‘rab olgan. Tog‘ jinslarining (litosferaning) yer yuzasidagi qismi tirik jonivorlar, atmosfera va gidrosfera omillari ta’sirida o‘zgarib, tuproq qoplamini hosil qiladi. Tuproq qoplami o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi, tirik jonivorlarning yashashi biomahsulotning shakllanishi hamda planetadagi geofizik va biogeokimyoviy jarayonda faol ishtirok etadi. Akademik V.I.Vernadskiy tuproqni yer kurrasining foydali va unumdor zontidir deb ataydi. Tuproq qoplami yuqorida aytib o‘tilganidek, yer qobig‘ining tarkibiy qismidagi, litosferadagi geofizik o‘zgarishlar, atmosfera, gidrosfera va biosferaning o‘zaro munosabatidan vujudga kelgan mahsulotdir. Tuproq qoplami yer ustki nurash qobig‘ining, ya’ni litosferani tashkil qilgan magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslarining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarining ta’siri natijasida nurashidan iqlimiy sharoit, relyef, o‘simlik va tirik jonivorlar, vaqt, ona jins hamda inson faoliyatining ta’siri natijasida hosil bo‘lgan tabiiy tanadir. U g‘ovakligi, donadorligi, oziqa moddalar bilan tahminlanganligi, ya’ni unumdorligi bilan ajralib turadi. Tuproq unumdorlik darajasi bilan tog‘ jinslari va ularning qayta ishlangan mahsulotidan tamomila farq qiladi. Tuproq qoplamining shakllanishi, genetik kelib chiqishi, fizik–mexanik hususiyatlari, kimyoviy, mineralogik va biologik tarkibi, planetamizda jug‘rofiy tarqalishi, unumdorligi va uni tabiiy ofatlardan himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan predmet–tuproqshunoslik fanidir. Demak, “Tuproqshunoslik” fanining predmeti va obyekti planetamizda tarqalgan tuproq qoplamini qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositasi va biosferaning tarkibiy qismi sifatida har taraflama o‘rganishdan iboratdir. Tuproq qoplamini o‘rganish usullari. Tuproqshunoslikda ham barcha tabiat fanlaridagidek, tuproq qoplami, uning jug‘rofiy tarqalishi, xossa va xususiyatlari, mineralogik, kimyoviy va biologik tarkibi dala, kuzatuv, laboratoriya sharoitida har taraflama o‘rganiladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda hozirgi zamon kosmik, elektronika, kompyuter kabi jihozlardan bevosita samarali foydalaniladi. Hozirgi davrda tuproq qoplamini kompleks ravishda o‘rganish uchun barcha ilmiy-tadqiqot institutlari, tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralari mavjud bo‘lgan universitet va institutlarda ilmiy va amaliy ishlarni bajarish uchun zamonaviy asbob–uskunalar bilan jihozlangan va tahminlangan. Tuproq qoplamini dala, kuzatuv va laboratoriya sharoitida o‘rganish uslublari hozirgi paytda mukammal ishlab chiqilgan. Tabiatda tuproq qoplamining yuza qismidan to uni hosil qiluvchi yotqiziq yoki tog‘ jinslarigacha (ona jinsi) V.V.Dokuchayev ishlab chiqqan profil usuli bilan, genetik kelib chiqishi, morfologik tuzilishi, tuproq hosil bo‘lishi jarayoni chuqurligigacha o‘rganiladi. Morfologik usul, ya’ni V.V.Dokuchayev ishlab chiqqan tuproq profil tuzilishi, dala va laboratoriya sharoitida diagnostika tafsilotlari makro, mezo va mikromorfologik usul bilan oddiy ko‘z, binokulyar lupalar va elektron mikroskop yordamida o‘rganiladi. Solishtirma jug‘rofiy usul, turli geografik sharoitda hosil bo‘lgan tuproqlarning genezisi, tuzilishi, xossa va xususiyatlari, tarqalishi va foydalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlilidan iboratdir. Solishtirma-tarixiy usullar. Tuproq qoplamining o‘tmishdagi holati, hozirgi paytdagi o‘zgarishlari – “Paleotuproqshunoslik” fanining asosini tashkil qiladi. Tuproqning xossalari, tarkibi, unumdorligi va jamiyatda foydalanilishi tahlil qilinadi. Tuproq qoplamining genetik-geografik tahlili asosida kichik maydondan yerlarning umumiy xususiyatlariga binoan kalit usuli bilan asosiy yer maydonlarini kam sarmoya va resurs tejamkorlik usullari bilan aniqlash imkoniyatini yaratib beradi. Monolit usuli yordamida tuproq qoplamining genetik qatlamlari tuzilishini saqlagan holda monolitlar olinib, laboratoriya sharoitida, tuproq fizik jarayonlarini modellashtirish asosida suv va tuzlar harakati, ionlar almashinuvi aniqlanadi. Lizimetrlar usuli yordamida tuproq qoplami dala va laboratoriya sharoitida, tuproq qoplami orqali tik yo‘nalishda singib o‘tadigan suv, tuzlar va oziqa moddalar miqdori mavsumiy ravishda aniqlanadi. Tuproq rejim kuzatuvlari, kinetik jarayonlarni namlik, harorat, tuzlar va oziqa miqdorini mavsumiy, oylar, fasl, yillar va o‘simlik vegetatsiyasi davridagi o‘zgarish parametrlari aniqlanadi. Balans usuli. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarining kinetikasi mahlum bir vaqt o‘tganda issiqlik, suv, tuz, azot va boshqa moddalarning hajmiy ko‘rsatgichlarining kelish va ketish kattaligini aniqlash masalalarini qayd etishdan iboratdir. Tuproq tarkibidagi harakatchan oziqa moddalarning miqdorini suv, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalari yordamida ajratilib aniqlash usullari. Aerokosmik usullar bilan tuproq qoplamining yer yuzida joylanish namligi, zichligi, tuzlar va gumus miqdori turli balandlikda suratga olish usullari yordamida o‘rganish. Radioizotop usuli bilan tuproq, o‘simlik va boshqa ekotizimlarda kimyoviy elementlarning miqdori va harakati aniqlanadi. Izotop usuli bilan esa tuproqning nisbiy va absolyut yoshi ham aniqlanadi. Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi. Tuproqshunoslik fani XVII asrning boshida shakllana boshlagan, ammo inson tomonidan tuproqqa ishlov berish, undan qishloq xo‘jaligida foydalanish tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Yevropa, asosan, O‘rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda: Yunoniston, Rum, Suriya, Iroq, Assuriya, Mesopotamiyada dehqonchilik madaniyatining rivojlanish tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar antik davr faylasuflari va donishmandlari bo‘lgan Aristotel, Teofrast, Lukretsiy, Vergiliy, Varron, Kolupella, Pliniy va Katon asarlarida keltirilgan va bizning hozirgi davrgacha yetib kelgan. Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi insoniyat va qishloq xo‘jaligi tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Sug‘oriladigan dehqonchilik miloddan oldingi V asrda Meksika, Xitoy, Misr, Mesopotamiya, Eron, Movarounnaxr, Sir va Amudaryolar oralig‘idagi mamlakatlarda rivojlangan. O‘rta Osiyoda yer haydaydigan omoch qadimgi davrlardan to XX asrlargacha ishlatib kelingan. Qadimgi dunyo tarixidan mahlumki, Misrning Nil daryosi havzasidagi dehqonchilikda suv yordamida keltiriladigan loyqalar hisobiga tuproq unumdorligi oshirilar edi. Xitoyda esa, miloddan avvalgi IV asrdan buyon tuproq tavsifi yozilib, shimolda qora, dasht va cho‘llarda oq, sharqdagi botqoqda ko‘k-zangori, subtropik va tropik o‘lkalarda sariq, qizil, jigarrang, O‘rta Osiyo soz yoki sozsimon yotqiziqlarda sariq tuproqlar ajratilgan edi. Eramizdan oldingi 372-287-yillarda yashagan Aristotelning shogirdi Teofrast “O‘simliklar haqida tadqiqotlar” nomli asarida tuproqning xossalarini o‘simlik talabi asosida o‘rganish g‘oyalarini ilgari suradi. Asarda tuproq unumdorligiga binoan o‘simlik turini yoki navini tanlash va yerga ishlov berish usullarini qo‘llash kabi ko‘plab ilg‘or fikrlar keltirilgan. Yunoniston tuproqlari va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanishga oid ma’lumotlar tarixchi Ksenofontning “Uy-ro‘zg‘or xo‘jaligi haqida”gi asarida yoritilgan. Tuproq haqidagi ko‘proq ma’lumotlar Gerodot va Eratofen bir qator tadqiqotlarida keltirilgan. Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar rus va o‘zbek tilida N.M.Sibirsev (1900), K.D.Glinka (1908), V.R.Vilyams (1928), B.G.Rozanov (1982), M.A.Pankov (1963), I.Boboxo‘jayev, P.Uzoqov (1995) tomonidan yozilgan darsliklarda qisqacha tavsif etilgan bo‘lib, birinchi marotaba tarixiy masalalar I.A.Krupenikov (1981) tomonidan to‘laroq bayon etilgan. U tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixini o‘n qismga bo‘lib, batafsil tavsiflab bergan. Ular quyidagi bosqichlardan iborat. 1. Ibtidoiy jamoa tuzumidagi neolit, bronza davrida tuproq unumdorligi, xossalari, ishlov berish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 2. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Amerika qit’asida sug‘orma dehqonchilikda tuproq qoplami sho‘rlanishiga qarshi kurash oddiy yer kadastrini tuzishga oid ma’lumotlar. Bu davr “Palerma toshi”, Bruklin papirusi, Xammurapi kodeksi kabi suv va tuproq masalalarini o‘z ichiga oladi. 3. Tuproq to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tartibga solish, tasnifini ishlab chiqishga harakat, o‘g‘itlar to‘g‘risida ta’limot, geografik tarqalishi, diniy va filosofik yondoshish masalalari Teofrast, Katon, Pliniy, Kolumella, Varron, Gerodot, Straton, Lukretsiy Karr tomonidan miloddan to‘rt asr oldin va IV asrlarni o‘z ichiga oladi. Ular tomonidan qishloq xo‘jaligi entsiklopediyasi yaratiladi. 4. Feodalizm davrida mulkchilik asoslarini ishlab chiqish. Xitoy yer kadastri, Vizantiyani “Geoponika”, Olmoniya, Angliya, Fransiya mamlakatlarida yerni baholash, Rossiya, Litva, Belorussiyada yozma daftarlarni tuzish masalalari. 5. Uyg‘onish davrida tuproq to‘g‘risida bilimlar: Albert Velikiy, Pyotr Kresensiy tuproqni o‘simlik ta’sirida o‘zgarishi, Abu Ali Ibn Sino, Leonardo da Vinchi tuzlarning o‘simlik oziqlanishidagi ahamiyati, Bernar Palissi, XV–XVII asrlarda yashagan olimlar tomonidan bayon etilishi. 6. Vallerius va M.V.Lomonosov tomonidan tuproq unumdorligi va tog‘ jinslarining bog‘liqligi, F.Bekon tomonidan tuproq qoplami o‘simlik o‘sadigan, uni suv va tuzlar bilan tahminlaydigan manba agronomik ta’limotida tuproqning o‘rni va olingan ma’lumotlardan iqtisodiy yo‘nalishda foydalanish (Xon va Livanov) masalalari. 7. Tuproq qoplamini chuqurroq va kengroq o‘rganish, Kyulbel, Teer, Komov, Pavlov tomonidan o‘simlikni gumus bilan oziqlanishi, Libix tomonidan tuproq tuzlaridan o‘simliklarning foydalanishi, qora tuproqlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi munozaralar, birinchi xaritalar (Stashik, Grossul, Tolstoy, Veselovskiy), agrogeologik (Lorents) va geologik tuproqshunoslik, Germaniya va boshqa mamlakatlarda (Fallu, Berendt, Severgin), unumdorlik to‘g‘risida K.Marks va F.Engelg‘sning ta’limotlari (XVIII va XIX asrlar). 8. Nazariy tuproqshunoslikni shakllantirish, uning asosiy konsepsiyasi; tuproq tabiatning alohida tanasi, profil tuzilishga egaligi, unumdorlik – uning asosiy sifat ko‘rsatkichi, tuproq tiplari to‘g‘risidagi ta’limot, tuproq genezisi va tasnifi, tuproq va landshaft, mintaqaviy qonuniyatlar (Dokuchayev, Sibirsev, Kostichev, Vilyams, Gilgard, Ramani, Trentts, Murgochi va boshqalar) tuproq mikrobiologiyasining boshlanish davrini (Beyering, Vinogradskiy, Omelenski) o‘z ichiga oladi. 9. Dokuchayev ta’limotining dunyo bo‘yicha keng tarqalishi, tuproq tasnifining turli mamlakatlarda rivojlanishi, tuproqshunoslik bo‘yicha turli yo‘nalishlarning bunyodga kelishi (tuproq geografiyasi, fizikasi, kimyosi va boshqalar), birinchi dunyo tuproq xaritalari (Glinka, Prasolov), Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlarida tuproqshunoslikning rivojlanishi, tuproq singdirishi to‘g‘risidagi ta’limot (Gedroyts, Mattson, Vigner, Daykuxara) agronomik tuproqshunoslikning yangi nazariy asosda qayta tiklanishi (Rassel, Mitcherlix, Sokolovskiy) masalalari. 10. Hozirgi davrda zamonaviy konstruktiv tuproqshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi: matematik, fizik, kimyoviy usullarni keng qo‘llash, tuproq jarayonlarini modellashtirish, tuproq melioratsiyasi va himoyasini kengaytirish, dunyo tuproqlari zahiralari, tasnifi, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish muammolari. Butundunyo FAO va YUNESKO tomonidan tuproq xaritalarining tuzilishi. Akademik V.N.Vernadskiyning iborasi bilan aytganda, planetamizda dehqonchilik bilan 600ga yaqin inson avlodi shug‘ullanib kelgan. Ibtidoiy jamoa davrida kishilar qurilish, ovchilikdan so‘ng dehqonchilik masalalari bilan shug‘ullana boshlagan. Dehqonchilik madaniyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida insonlar zich yashaydigan, yog‘in serob bo‘lgan va sel oqimlari bilan sug‘oriladigan tog‘oldi tekisliklarida rivojlanib, so‘ngra daryo sohillarida avj olgan. Bunga misol Nil, Tibr va Yevfrat daryo vodiylaridagi arxeologlarning qazilmalarida topilgan qadimgi dehqonchilik madaniyatiga oid daliliy ashyolardir. Dehqonchilikda sug‘orish usullari, yerni belkurak, yog‘och omochlar bilan haydash, ariqlar va kanallar yordamida suvni dalalarga olib kelish, yer unumdorligini yaxshilash maqsadida tuproqqa go‘ng, devor kesaklari, ariq va uning yoqalaridan loylarni solish o‘sha davrlardan boshlanadi. Misr, Shumer, Ossuriya, Vavilon davlatlari paydo bo‘lib, yerlarni sug‘orish uchun kanallar, ariqlar va boshqa suv shohobchalari qurila boshladi. Urartu va O‘rta Osiyo mamlakatlarida sug‘orma dehqonchilik miloddan II ming yil avval rivojlanganligi qadimshunoslar V.V.Bartolg‘d (1914), S.P.Tolstov (1948), Ya.G‘.G‘ulomov (1957) tomonidan isbot etilgan. Tuproq to‘g‘risidagi fanning rivojlanishi Kichik Osiyo, Bolqon va O‘rta yer dengizi atrofida joylashgan Yunonistonda ellinizm madaniyatining taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Gretsiyada tuproq turlari, ularga ishlov berish masalalari, ya’ni yerni quruq haydash va agronomik tadbirlarni qo‘llash usullari mahlum bo‘lib, Gesiod, Ksenofan, Platon, Aristotel va Teofrastlarning filosofik asarlarida qayd etilgan o‘simlikning rivojlanishida tuproq, iqlim, yorug‘lik, namlik va issiqlikning ahamiyatini birinchi bo‘lib ta’riflangan. Gerodot o‘z asarlarida Misr, Liviya, Italiya, Efiopiya, Arabiston, Yunoniston tuproqlarining tarqalishi, profil tuzilishi, unumdorligi, o‘zgaruvchanligi, o‘simliklar o‘stirilishi va agrotexnikasi kabi bir qator ma’lumotlarni kelitirib o‘tadi. Tuproq unumdorligini oshirish, turli organik o‘g‘itlarni, go‘ng, gumus, o‘simlik qoldiqlari kompostlardan foydalanish masalasi rum faylasuflari va yozuvchilari M.P.Katon (eramizdan oldingi 234-149-yillar) va M.T.Varron (miloddan oldingi 116-27-yillar) asarlarida batafsil keltirilgan. Tuproq unumdorligining inson hayotidagi o‘rni to‘g‘risida Vergiliyning (eramizdan oldingi 70-19-yillar) “Georgiki” poemasida kuylangan. Albatta, bu asarda tuproq qoplamining sho‘rlanishi, ularga qarshi kurash choralariga ham e’tibor berilgan. Shu davrda Italiyada dehqonchilikka katta ehtibor bergan tabiatshunos Kollumelladir, u tuproqning turli fizik holatga ega ekanligi, granulometrik tarkib va unumdorlikni inson boshqarib turishi mumkinligi, bir necha xillardan iborat ekanligi haqida yozib, bog‘dorchilikda yerni 60 sm chuqurlikkacha temir, og‘ir plug bilan haydashni tavsiya qiladi. O‘rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlar, ya’ni Italiya, Gretsiya, Ispaniya, Misr, Liviya, Kavkaz tog‘lari hududidagi tuproqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Strobonning “Geografiya” nomli asarida mukammal keltirilgan. Feodalizm davri Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi mamlakatlarda milodning I asrlaridan boshlanadi. Bu mamlakatlarda yer davlat ixtiyorida bo‘lib, asosiy e’tibor yer kadastrini tuzish va hisobini olib borish, xalqdan soliq yig‘ish uchun eng muhim tadbirlardan hisoblangan. Yer zahiralari Xitoy va Yaponiyada juda ham qattiq davlat nazorati ostida bo‘lib, sug‘orish, ishlov berish, o‘g‘itlash, ekinlarni joylashtirish masalasi mavsumiy ravishda amalga oshirilgan.
Dostları ilə paylaş: |