Mustaqil ish mavzusi; Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
REJA; 1. Qisqacha so‘zboshi 2. O‘zbek muholifatchilarining bunday ta'kidlari qaerdan kelib chiqdi va ularni qanday izohlash mumkin? 3.Ittifoqdosh respublikalar suverenitetlari to‘g‘risidagi deklarasiyalarini qabul qilish xronalogiyasi 4. Yangi davlatning muammolari va ularning yechimi. 5. Hulosa
Bu maqola Uzbekiston davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, u birinchi bor rus tilida Rossiyaning IA REX axborot agentligi tomonidan 2011 yilning 31 avgustida e'lon qilingan bo‘lishiga qaramasdan, hanuzgacha o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas, desak sira mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun ham men bu maqolani o‘zbek tiliga tarjima qilib, e'lon qilishdan maqsadim, do‘stlarimiz, O‘zbekistondan 20 yildan ziyod muddat ilgari chet ellarga qochib ketgan muholifat va'killari, nafaqat bizning eng buyuk bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik Kuni masalasida tarixiy voqiealarni soxtalashtirish orqali biz bilan mutlaqo o‘rinsiz tortishishdan ham tap tortmayotganliklarini tushinib yetishlari kerakligi, balki O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov XX asr O‘zbekistonining asosichi bo‘lgan ekanligini va shuning uchun ham uning 80 yillik yubileyini munosib nishonlash kerakligini tushuntirish bilan bog‘liq bir istak bo‘ldi.
2011 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilinganligi va 1 sentyabr O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik Kuni bayrami deb belgilanganligiga 20 yil to‘ladi. Biroq, o‘zbek muholifati va'killari bu sanaga qarshi chiqib: mustaqillik kuni 1990 yilning 20 iyunidir, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham: O‘zbekiston Respublikasi qachon o‘zining davlat mustaqilligiga erishgan? Bu jarayon va mamlakatimizning eng yangi tarixida uning Prezidenti – Islom Karimovning roli va ahamiyati nimalardan iborat? – degan savollar tug‘iladi.
1. Qisqacha so‘zboshi
1991 yildan e'tiboran 1 sentyabr O‘zbekistonda uning zamonaviy tarixidagi eng muhim sanalardan biri sifatida nishonlab kelinadi, chunki 1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston SSRning Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligini e'lon qilgan edi. Va shu sessiyada 1991 yil 31 avgustdagi № 335-XII raqamli “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan edi. Bu Qarorning birinchi bandi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonati” va shu daqiqadan e'tiboran O‘zbekiston SSRni O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlash to‘g‘risidagi qarordan iborat edi. Bu Qarorning ikkinchi bandi esa 1 sentyabr sanasini o‘sha shonli 1991 yildan e'tiboran bayram – O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik Kuni sifatida belgilagan edi.
O‘sha paytdan e'tiboran o‘tgan 20 yil davomida O‘zbekistonda bu bayramni har yili keng nishonlash va bu sanaga xalqimiz mehnat, ilm, ijod, sport va boshqa sohalarda erishayotgan muvaffaqiyatlarini bag‘ishlashi yaxshi odat tusiga kirdi. Shu bilan bir qatorda shoirlar, yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar, teatr, kino va estrada artistlari hamda boshqa turdagi ijod sohalarining va'killari O‘zbekiston mustaqilligi kuniga o‘zlarining eng yaxshi asarlarini, o‘ynagan rollarini va estrada yulduzlari tomonidan o‘lkan bayram konserti chog‘ida ijro etiladigan vatanparvarlik ruhidagi ajoyib qo‘shiqlarini bag‘ishlab kelmoqdalar.
Va shu joyda har yili o‘tkazilib turiladigan mana shu bayram tadbiri mamlakatimiz tinchliksevarlik siyosatining ramziga aylanib qolganligini alohida ta'kidlab o‘tmoq lozim. Chunki ko‘plab boshqa mamlakatlarda mustaqillik kuni harbiy paradlar o‘tkazilayotgan bir davrda – Markaziy Osiyoning eng qudratli harbiy kuchga ega bo‘lgan davlatida, O‘zbek televideniyasi orqali dunyoning 50 dan ziyod mamlakatlariga namoyish etiluvchi, o‘lkan bayram konserti o‘tkaziladi.
Shu bilan bir qatorda bu yilgi yubiley – O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik Kunining 20 yilligi sanasiga tayyorgarlik – nafaqat o‘zining keng miqyosli ekanligi bilan, balki o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turibdi. Vaholanki, tarix o‘lchamlarida juda ham qisqa bo‘lgan bu davr ichidagi muvaffaqiyatlar va erishilgan yutuqlar kam bo‘lmadi: O‘zbekiston (jahon taraqqiyotidan chetda qolganligi uchun parchalanib ketgan) Sovet Ittifoqining qoloq bir agrar respublikasidan qudratli mustaqil davlat va Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlaridan biriga aylandi. Xozir bu haqda O‘zbekiston OAVlarida bizga yurtdosh bo‘lgan va chet ellik mualliflarning chop etilgan ko‘plab asarlarini topish mumkin.
Shunday sababga ko‘ra ham ushbu maqolada men ular to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tirmasdan, mushtariylar e'tiborini, mening qattiq jahlimni chiqargan, aynan esa: o‘zbek muholifatchilari bu tarihiy viqielikni o‘ta be'mani ravishda rad etayotgiganliklariga, qaratmoqchiman. Bu, men o‘zimning boshqa maqolalarimda [1-5] iqtisodiy, siyosiy va mafkurafiy aqidalari mutlaqo hato ekanligini isbotlab bergan, 2011 yilning may oyi oxirida Berlin shahrida “O‘zbekiston Xalq Harakati” (O‘XH) nomi ostida reaksion tashkilot tuzib olgan, o‘sha o‘zbek muholifatidir.
O‘zbek muholifatining bilim darajasi qay darajada ekanligini yaqqol ko‘rsatib bera oladigan shunday, sira rad etib bo‘lmaydigan dalil borligini bilgan holda, O‘XH a'zolarining bunday axmaqona chiqishlariga e'tibor bermasa ham bo‘lar edi. Biroq bu safar mana shu reaksion tashkilot a'zolari uyatmay netmay va ularda nafaqat vatanparvalik hissi, balki o‘z Vatanlaridan fahirlanish hissi ham mutlaqo yo‘q ekanligini namoyish qilar ekanlar, “O‘XHning O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi xususida Bayonati” [6] bilan ham chiqish qildilar. Bu chiqish, mening nazarimda, ularning nafaqat siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy, balki hayotimizning yuridik va tarixiy masalalrida ham o‘ta malakalari past ekanligini ham isbot etib berdi.
Boz ustiga, O‘zbekiston mustaqillikka erishishi masalalari va bu masalalarda o‘zbek muholifatning roliga bag‘ishlanib, oppozisiyaning o‘zi va chet el OAVlari tomonidan e'lon qilingan materiallarni taxlil qilish, ular bu masalada o‘zlari tashabbuskor bo‘lganliklarini ta'kidlar ekanlar, bu bilan ayyorlik orqali odamlarimizni gangitmoqchi bo‘layotganlarini yaqqol namoyish qildilar. Bu nafaqat O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e'lon qilishning rasmiy sanasi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy dalillarni, balki O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan 1990 yilning 20 iyunida tasdiqlangan bizning respublikamiz suverenetiti to‘g‘risidagi Deklarasiya loyihasini tayyorlash bilan bog‘liq masalalrni ham buzib ko‘rsatish uchun atayin qilinmoqda. Bu fikirning asosli ekanligiga mushtariylar quyida keltiriladigan keskin dalillar asosida ishonch hosil qilishlari mumkin.
Shunday qilib “O‘zbekiston Xalq Harakati” saytida e'lon qilingan “O‘XHning O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi hususida Bayonati”da: “1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston Jumhuriyatning Oliy Kengashi deputatlari Mustaqillik Deklarasiyasini tantanali ravishda e'lon qildilar. Bu buyuk tarixiy voqea edi”, deyiladi . Shuning uchun ham quyidagi savollar yuzaga keladi.