TextBox komponentasi TtextBox sinfining to’g’ridan-to’g’ri hosilasi bo’lib, uning barcha xususiyatlari, metodlari va voqealariga vorislik qiladi.
Button
Yozuvli to’rtburchak tugmani yaratadi. Tugmacha bosilganda, dasturda biror-bir hatti-harakat nomlanadi (initstiallashtiriladi).
Tugmachalar ko’proq dialogli darchalarda qo’llanadi. Default xususiyatining true qiymati tomonidan tanlab olingan yashirin tugmacha, dialog darchasida har gal enter klavishasi bosilganda OnClick voqea qayta ishlatgichini ishga tushiradi. Cancel xususiyatining true qiymati tanlab olgan bekor qilish tugmachasi, dialog darchasida har gal Escape klavishasi bosilganda, OnClick voqea qayta ishlatgichini ishga tushiradi.
1- jadvaldagi topshiriqlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar. Visual C++ dasturining Windows Application muhitida ishlash: Masalaning qo’yilishi: Formada a[N][M] massiv elementlarini [-1000; 1000] oraliqdagi tasodifiy sonlar bilan to’ldiring. N va M ni TextBox komponetalari yordamida kiriting. Massivni dataGridWiew komponentasiga joylashtiring. Massiv elementlaridan qiymati juft bo’lganlarining yig’indisini label komponentasida chiqaring.
1-qadam. Yangi forma ochiladi.
1.7 – rasm. Yangi forma ochish oynasi.
2-qadam. Formaga 2 ta TextBox komponetalari (misoldagi N va M uchun) joylashtiriladi;
3-qadam. Formaga 4 ta label komponetalari (misol berilishi, N , M lar va natija uchun) joylashtiriladi va label Text xususiyatlari mos ravishda o’zgartirib chiqiladi;
4-qadam. Formaga 1 ta dataGridWiew komponetasi (misoldagi N va M o’lchovli massiv elementlarini chiqarish uchun) joylashtiriladi;
5-qadam. Formaga button tugmachasi joylashtiriladi va nomi o’zgartiriladi. button1 tugmachasini 2 marta bosib, kodlar oynasida quyidagi kodlar teriladi:
#include "iostream"
#include "conio.h"
#include "stdlib.h"
#include "form2.h"
int g,s;
#pragma endregion
private: System::Void button1_Click(System::Object^ sender, System::EventArgs^ e) {
int a[10][10];
s=0;
int n=Convert::ToInt32(textBox1->Text);
int m=Convert::ToInt32(textBox2->Text);
for(int i=0;i if(g==0){dataGridView1->Rows->Add();}
for(int j=0;ja[i][j]=rand()%2001-1000;
dataGridView1->Columns[j]- >HeaderText=(j+1).ToString()+" - ustun";
dataGridView1->Rows[i]->Cells[j]->Value =a[i][j].ToString();
if(a[i][j]%2==0){s+=a[i][j];}
}}
g+=1;
label4->Text="Juftlari yig'indisi= " + s.ToString();
}
Dastur natijasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: