Mustaqil ish tekshirdi Qosnazarov q talaba Saipova Sh
O`zbekistonda qora metallurgiya sanoati rivoji.
O`zbekistonda dastlabki qora metal ishlab chiqarishga 1940-yillarda asos solingan. Jumladan, 1942-yilda mamlakatda birinchi (Bekobod shahrida) zamonaviy metallurgiya zavodi qurishga kirishilgan. 1944-yilda esa Bekobod metallurgiya zavodida dastlabki mahsulot – metal eritmasi olingan.Keyinchalik metallurgiya
zavodi kengayib, uning sexlari ko`payib va ishlab chiqarish quvvati oshib borgan.Jumladan 1944-yil dekabrida zavodda metal quyish sexi
ishga tushgan. 1945-yilning fevralida esa ikkinchi marten pechi,1949-yilda uchinchi marten pechi qurib ishga tushirilgan. Shuningdek, 1946 va 1949-
yillarda zavodda “300” va “700” prokat stanlari qurib ishga tushirilgan.1962-yilda esa uzluksiz po`lat quyuv qurilmasi ishga tushirilgan. Davr o`tishi va yangi sexlarning qurilishi bilan Bekobod metallurgiya zavodining ishlab chiqarish quvvati ortib borgan va korxonaning o`zi yirik
metallurgiya kombinatiga aylangan.
Umuman, respublikamizda yilliga 460 ming tonna po`lat va 420 ming tonna prokat ishlab chiqarilmoqda.
Mamlakat qora metallurgiya sanoatini rivojlantirish mustaqil O’zbekiston uchun dolzarb masaladir. Shuni ta’kidlash kerakki, keying yillarda
O`zbekistonda ham qora metallurgiya xomashyolari – temir,titan,marganes, xrom va boshqalarning anchagina zahiralari aniqlandi.
Jumladan,cho`kindi jinsli temir ruda konlari Orolbo`yi regionida, Qizilqumda, Jizzax viloyati
hududida uchraydi. Mutaxassislarning ta’kidlashlashicha, Jizzaxning Forish tumani hududida topilgan (1999-yil) temir ruda tarkibida 60% toza temir bor.
Shuningdek, qora metallurgiya sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladigan Qoraqalpog’istonda Tebinbuloq titan-magniy koni,Zarafshon,Qoratepa koni Lolabuloq marganes konlari,Tomditog`, Sulton Uvaysa va Farg`ona vodiysida xrom konlari topilgan. Bundan tashqari Samarqand,Qoraqalpog`iston va Markaziy Qizilqumda
temir ruda va marganets ruda konlari qidirib topish
ishlari olib borilmoqda. Ana shu va boshqa konlar zahiralarini aniqlash va ularni ishga tushirish
natijasida kelajakda Bekobod metallurgiya zavodini to`liq siklga o’tkazish imkoniyatlari tug’iladi.Shuningdek, Markaziy Qozog’iston temir rudalarini import qilish bu muammoni hal qilishni tezlashtirishi mumkin.