Mustaqil ish topshirdi: 924-20-guruh talabasi: Mamatqulov Miromon Qabul qildi: reja


Tugatuvchining vakolatlari va ularni to‘xtatish



Yüklə 110,57 Kb.
səhifə2/2
tarix30.09.2023
ölçüsü110,57 Kb.
#151054
1   2
Tarmoq iqtisodiyoti 2 MI

3. Tugatuvchining vakolatlari va ularni to‘xtatish
Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida korxonaning boshqaruv organlari unga korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhri, shtamplari va boshqa mol-mulkini ro‘yxat bo‘yicha topshirishi shart.
ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va korxonaning kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) ishonchnomasiz korxona nomidan vakillik qiladi, korxonaning moliyaviy, to‘lov-hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
v) korxonaning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
g) ushbu Nizomda o‘z vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi, shuningdek muassislar (qatnashchilar) qaroriga ko‘ra berilgan taqdirda — boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. Tugatish komissiyasi tayinlangan taqdirda korxonani boshqarishga oid barcha masalalar ovoz berish yo‘li ban hal etiladi va komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Tugatish komissiyasi majlislarini o‘tkazishni uning raisi tashkil qiladi, rais ushbu Nizomda belgilangan funksiyalarning tugatish komissiyasi qarorlariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi
. Tugatuvchining vakolatlari:
a) ixtiyoriy tugatish nihoyasiga yetganda — korxonani tugatish to‘g‘risidagi yozuvlar ro‘yxatdan o‘tkazgan organ tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgan kunda;
b) korxona faoliyati tiklanganda — tugatish ishlari to‘xtatilganligi va korxona faoliyati tiklanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda;
v) korxona bankrot deb e’tirof etilganda — korxona bankrot deb e’tirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida sud qarori qabul qilingan kunda;
g) yangi tugatuvchi tayinlanganda — muassislar (qatnashchilar) tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kunda to‘xtatiladi. Ushbu holatda korxonaning barcha hujjatlari, muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatuvchiga ikki kun muddat ichida ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi.
3. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatish tartibi
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechikmay
a) ro‘yxatdan o‘tkazgan organga — ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
b) korxonaning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda asosiy hisob raqami deb ataladi) xizmat ko‘rsatuvchi bankka va korxonaning xorijiy valyutadagi mablag‘lari jamlanadigan vakolatli bankka:
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo‘yilgan, notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasini;
v) korxonaning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisob raqamlariga, jamg‘arma depozit hisob raqamlariga va muddatli depozit hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani;
g) korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, jamg‘arma depozit va muddatli depozit hisob raqamlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisob raqamlariga, uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqami ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani jo‘natadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va banklar ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning olinganini yozma ravishda tasdiqlashi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana to‘g‘risidagi belgi, ularning tugatuvchiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganligining tasdig‘i hisoblanadi ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘xtatib qo‘yiladi;
yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish to‘xtatiladi. Mol-mulkni, tayyor mahsulot qoldiqlarini va boshqa aktivlarni sotishda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amaldagi sotish narxlaridan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va to‘lanadi, ushbu xatboshida ko‘rsatilganlar bundan mustasno;
kreditorlar talablarini ta’minlash bo‘yicha ilgari ko‘rilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
korxonaning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi;
mol-mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab bo‘ladigan bitishuvlarni faqat ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi;
barcha majburiyatlarni, shuningdek muddati kechiktirilgan majburiy to‘lovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisob raqamiga va ikkilamchi depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirig‘iga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi;
2-kartotekaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yiladi.
Shuningdek korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi barcha ikkilamchi depozit hisob raqamlari, jamg‘arma depozit hisob raqamlari hamda muddatli depozit hisob raqamlari:
milliy valyutadagilari — ulardagi mavjud mablag‘larni korxonaning asosiy hisob raqamiga o‘tkazgan holda;
xorijiy valyutadagilari — mablag‘larning mavjud qoldiqlarini korxonaning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamlari ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazgan holda yopiladi.
Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) korxonaning aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazgan organ korxonani ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda korxona tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
g) korxonaning debitorlik qarzlarini olish, shuningdek tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va korxonaning tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
d) bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berilishini tashkil qiladi, e’lonlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi (shuningdek korxonaning tugatishdan oldingi yil mobaynida o‘zgartirilgan barcha to‘liq va qisqartirilgan nomlari ko‘rsatiladi);
korxonaning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchi identifikatsiya tartib raqami;
ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi va ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi va manzili);
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami);
kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan holdagi arizalarni qabul qilish muddati; ushbu muddat ko‘rsatib o‘tilgan e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risidagi qaror nusxasi olingandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmay yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi hamda bu to‘g‘rida korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi ichki ishlar, davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi ichki ishlar organi ro‘yxatdan o‘tkazgan organdan korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risidagi axborotni olgan kunidan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkazgan organga nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazgan organning bildirishnomasi belgilangan tartibda olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Tekshirishda korxonaning oxirgi tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab (agar korxonani tekshirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan bo‘lsa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab) korxonani tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr mobaynidagi moliya-xo‘jalik faoliyati qamrab olinadi, biroq bunda da’vo qo‘zg‘atishning quyidagi muddatlariga rioya qilinishi shart:
moliya hisoboti taqdim etgan soliq to‘lovchilar bo‘yicha — uch yil;
soliq summasining 20 foizdan ortiq miqdorda pasaytirib ko‘rsatilgani (yashirilgani) aniqlangan taqdirda — besh yil.
Tekshirish ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi tugatuvchi taqdim etgan hisob-kitoblarga binoan aniqlanadi.
Tekshirish yakunlariga ko‘ra soliq qonunchiligi buzilishlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi.
Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach va davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalarini hisobga olgan holda tugatuvchi oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oraliq tugatish balansi korxona muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi.
Tugatuvchi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida, tasdiqnomani olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) har qaysi kreditorni uning talablari e’tirof etilgani yoki rad qilingani, e’tirof etilgan talablar summasi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
23. Oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat bo‘yicha pul summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
birinchi navbatda — fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari bo‘yicha pul to‘lovlariga doir talablarini, shuningdek fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun korxona tegishli vaqtbay to‘lovlarni soqit qilish yo‘li bilan javob beradigan talablarini qondirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi navbatda — budjetga, davlat maqsadli fondlariga va budjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga to‘lovlar;
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari.
24. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan ta’minlangan talablarini qondirish korxonaning garovga qo‘yilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘lar qoldig‘i kreditorlar talablarini mazkur Nizomning 23-bandida belgilangan navbat bo‘yicha qondirish uchun yo‘naltiriladi.
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda talablarning qolgan qismi ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan navbat bo‘yicha qondiriladi.
25. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda tugatuvchi tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
korxona mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda, qonunchilikka muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
26. Savdoga qo‘yilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash summasida, ushbu Nizomning 23 va 24-bandlarida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etilishi kerak.
27. Garovga qo‘yilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga hamda “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi e’tirof etilgan talablarni to‘lash hisobiga qo‘shiladi, baholash summasi bilan talab miqdori o‘rtasida korxona foydasiga hosil bo‘lgan tafovut bir hafta muddatda kreditor tomonidan korxonaga to‘lanadi.
28. Kreditorlar talablarini qondirish muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan korxonaning bankdagi hisob raqamlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
29. Kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda tugatuvchi korxonani to‘lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilishi shart. Korxona to‘lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi va bundan keyingi tartibot bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
30. Tugatuvchi:
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin;
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, moliyaviy sanksiyalar summasi, shu jumladan tekshirishlar yakunlari bo‘yicha to‘langandan keyin;
korxonaning mol-mulki mol-mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar bo‘yicha huquqlarga yoki ushbu korxonaga nisbatan majburiyatlar bo‘yicha huquqlarga ega bo‘lgan muassislar (qatnashchilar) o‘rtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.
31. Tugatish balansi korxonaning muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi.
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi olingandan keyin tugatuvchi korxonaning asosiy hisob raqami ochilgan bankka hisob raqamini yopish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnoma bilan murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida korxonaga tegishli bo‘lgan hisob raqamini yopadi va tugatuvchiga asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Tugatuvchi asosiy hisob raqami yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida davlat arxiviga korxonaning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
34. Tugatuvchi korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagi hujjatlarni:
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risidagi e’lonni;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani;
korxonaning barcha hisob raqamlari yopilganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalarini;
korxonaning muhr va shtamplarini;
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli organning, agar mavjud bo‘lsa, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini;
agar mavjud bo‘lsa, barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalarini;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
korxona hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etadi.
35. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi yoxud ular to‘liq hajmda taqdim etilmagan taqdirda davlat reyestriga yozuvlar kiritilishini rad etadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi. Reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar qaytariladi.
36. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ davlat reyestriga korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda:
korxona tugatilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi;
tugatilgan korxonaning muhr va shtamplarini ichki ishlar organiga yo‘q qilish uchun topshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonaga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining korxona joylashgan joydagi filialini korxona tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
37. Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab to‘kqiz oydan oshmasligi kerak.
Agar ko‘rsatilgan muddat o‘tgungacha ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq komplekti ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar qiladi.
38. Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 37-bandida ko‘rsatilgan muddatda tugallanmaganda, shuningdek ixtiyoriy tugatish va korxona faoliyatini tiklash tartiboti to‘xtatilganda ushbu Nizomning 16-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshida belgilangan imtiyozlar qo‘llanmaydi hamda barcha tegishli to‘lovlar ularni hisoblab yozish to‘xtatib qo‘yilgan davr uchun to‘liq hajmda undiriladi.
IV. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish tartibi
39. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish ushbu Nizom 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
40. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechikmay:
a) ro‘yxatdan o‘tkazgan organga — ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini jo‘natadi, qarorda korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lishi kerak;
b) korxonaning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda asosiy hisob raqami deb ataladi) xizmat ko‘rsatuvchi bankka va korxonaning xorijiy valyutadagi mablag‘lari jamlanadigan vakolatli bankka:
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo‘yilgan, notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasini;
v) korxonaning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisob raqamlariga, jamg‘arma depozit hisob raqamlariga va muddatli depozit hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani;
g) korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, jamg‘arma depozit va muddatli depozit hisob raqamlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisob raqamlariga, uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqami ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga yoki agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani jo‘natadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va banklar ushbu Nizomning 40-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni olganligini yozma ravishda tasdiqlashlari shart. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana to‘g‘risidagi belgi, ularning tugatuvchiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganining tasdig‘i hisoblanadi.
42. Quyidagilar:
a) ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
korxonaning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
mol-mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab bo‘ladigan bitishuvlarni amalga oshirish taqiqlanadi;
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisob raqamlariga va ikkilamchi depozit hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab — korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirig‘iga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Shuningdek korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi barcha ikkilamchi depozit hisob raqamlari, jamg‘arma depozit hisob raqamlari hamda muddatli depozit hisob raqamlari:
milliy valyutadagilari — ulardagi mavjud mablag‘larni korxonaning asosiy hisob raqamiga o‘tkazgan holda;
xorijiy valyutadagilari — mablag‘larning mavjud qoldiqlarini korxonaning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamlari ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazgan holda yopiladi.
43. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) korxonaning aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berilishini tashkil qiladi, e’lonlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi (shuningdek korxonaning tugatishdan oldingi yil mobaynida o‘zgartirilgan barcha to‘liq va qisqartirilgan nomlari ko‘rsatiladi);
korxonaning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchi identifikatsiya tartib raqami;
ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi va ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi va manzili);
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
44. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risidagi qaror nusxasi olingandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmay yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi hamda bu to‘g‘rida korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi ichki ishlar, davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi ichki ishlar organi ro‘yxatdan o‘tkazgan organdan korxonaning ixtiyoriy tugatilgani to‘g‘risidagi axborotni olgan kunidan boshlab o‘n kundan kechiktirmay unga nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Tugatuvchi korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan sanadan keyin bir oydan erta bo‘lmagan muddatda quyidagi hujjatlarni:
korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risida bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan e’lonni;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani;
banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat yoki, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasini;
Keyingi tahrirga qarang.
muassislar (qatnashchilar)ning ular o‘rtasida mol-mulk taqsimlanganligi to‘g‘risidagi qarorini;
korxonaning muhr va shtamplarini;
Keyingi tahrirga qarang.
korxona hujjatlari davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etadi.
47. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga quyidagilarni tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi:
korxona tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligini tasdiqlash uchun. Bunda korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati ro‘yxatdan o‘tkazgan organning so‘rovnomasi olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yozma javob yuboradi;
taqdim etilgan hujjatlarda banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat mavjud bo‘lganda — korxona tomonidan hisob raqamlari ochilmaganligini tasdiqlash uchun. Bunda korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida yozma javob yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ kreditorlar talablari mavjud bo‘lmagan taqdirda quyidagi sanalardan bittasi boshlanganda korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga kiritadi:
ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingan sana boshlanganda — taqdim etilgan hujjatlarda asosiy hisob raqamining yopilgani to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda;
davlat soliq xizmati organining korxona tomonidan bankda asosiy hisob raqami ochilmaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi olingan sana boshlanganda — ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan taqdim etilgan hujjatlarda tugatuvchining hisob raqami ochilmaganligi to‘g‘risidagi xati mavjud bo‘lgan taqdirda.
49. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritishni quyidagi hollarda:
ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;
kreditorlar talablari mavjud bo‘lganda;
Keyingi tahrirga qarang.
ro‘yxatdan o‘tkazgan organning korxona tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi so‘rovnomasiga davlat soliq xizmati organining javobi salbiy bo‘lganda;
korxona tomonidan bankda asosiy hisob raqami ochilmaganligi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlanmaganda rad etishi mumkin.
50. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning qarori qabul qilingan kunidan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi. Bunda reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar qaytariladi.
51. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ davlat reyestriga korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda:
korxona tugatilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi;
tugatilgan korxonaning muhr va shtamplarini ichki ishlar organiga yo‘q qilish uchun topshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining korxona joylashgan joydagi filialini korxona tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
52. Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish quyidagi:
ushbu Nizomning 49-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra rad etilgan taqdirda korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuv davlat reyestriga rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin kiritiladi;
Ushbu Nizomning 49-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra rad etilgan taqdirda ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning III bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi.
V. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish
53. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
54. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi. Ma’lumotnoma davlat soliq xizmati organi tomonidan tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs murojaat qilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lganda esa — ular to‘langandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
muhr va shtamplar, agar ular mavjud bo‘lsa;
barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari, agar ular mavjud bo‘lsa;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat yoki, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Agar tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs banklarda hisob raqamlari ochilmagani to‘g‘risida xat taqdim etsa ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xat olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uning hisob raqami ochmaganligini tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida yozma javob yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ davlat reyestriga quyidagi hujjatlar olingandan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi:
ushbu Nizomning 54-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning 55-bandiga muvofiq hisob raqami ochilmagani to‘g‘risidagi tasdiqnomasi.
57. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning bevosita o‘ziga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi.
58. Davlat reyestriga tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv kiritilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazgan organ bir hafta muddatda:
davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyati to‘xtatilgani to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi;
faoliyati to‘xtatilgan tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning muhri va shtamplarini ularni yo‘q qilish uchun (ular mavjud bo‘lganda) ichki ishlar organiga topshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya va ruxsatnomalarni (ular mavjud bo‘lganda) ularni bergan organlarga topshiradi.
59. Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining to‘xtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
VI. Yakuniy qoidalar
60. Korxona muassislari (qatnashchilari) tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs, tugatuvchi o‘zlari tayyorlagan, ro‘yxatdan o‘tkazgan organga va davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning to‘g‘riligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.
61. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, shu jumladan o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Yüklə 110,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin