trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo‘lib
xizmat qilishi mumkin.
Kirish signali manbai yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr signalga
birlamchi o‘zgartiradi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, avvalgi kuchaytirgich
qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbaidan
(to‘g‘rilagich, akkumulyator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbaidan
yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich «vositachilik»
qiladi.
Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quvvati RKIR ni RChIQ ga
quyidagicha ko‘rinishda o‘zgartirishdan iborat:
P
chiq
= K*Р
kir
(6.1)
Ya’ni chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich
ishlayotgan sha-roitga,
xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbaining ichki qarshiligiga bog‘liq
bo‘lmasligi kerak.
Bu shart ideal kuchaytiirgichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida cheksiz
quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi.
Real kuchaytirgich
xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz yaqinlashadi.
Kuchaytirgich
deb, manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda
chiqish signali energiyasiga o‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi.
Kuchaytirishni ta’minlash uchun ideal kuchaytirgich o‘z
tarkibida kirish signali
ta’sirida qarshiligini chiziqli o‘zgartuvchi elementga ega bo‘lishi zarur. Lekin
hozirgi kungacha qarshiligini chiziqli o‘zgartuvchi kuchaytirgich elementlar mavjud
emas. Shuning uchun kuchaytirishni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan
boshqariluvchi element sifatida BT va MTlar ishlatiladi.
Nochiziqli Qarshilik
qiymati tranzistorning ulanish usuli, boshqaruvchi signal
qiymati va ishorasiga
bog‘liq bo‘ladi. Tranzistorlarning asosiy kamchiliklari bo‘lib VAXining
nochiziqligi va temperaturaga bog‘liqligi hisoblanadi.