4-topshiriq.Quyidagi mavzular bilan bog’liq savollarga javob yozing. Iqtisodiy ne’mat va uning turlari Talab va taklif funksiyalari Talab chizig’Iga izoh bering
3-variant 1-topshiriq
Individual va bozor talabi Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya’ni alohida iste’molchiningtalabi, har bir shaxs o‘zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydirmahsulotdan,qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma’lum miqdorda mablag‘i bo‘lishi kerak.Iste’molchiningmablag‘i chegaralangan. Iste’molchi har doim tanlov oldida turadi: qaysi mahsulotdan qancha olishi kerak. Iste’molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o‘z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligini darajasini oshirishga harakat qiladi.Iste’mol nazariyasida iste’molchilar ma’lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda budjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan.Iste’mol nazariyasida iste’molchining daromadi chegaralangan; iste’molchilar tomonidan sotib olinadigan ne’mat narxi uning miqdoridan bog‘liq emas; iste’molchilar nafligini to‘liq biladi, iste’molchi maksimal naf beruvchi ne’matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi.Bunday holatda ular ne’matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi.Daromadning o‘zgarishi budjet chizig‘ini o‘ziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o‘zgarmaydi. Daromad oshganda, budjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil o‘zgarganda ham sodir bo‘ladi.Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada budjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning o‘sishi, real daromadni kamaytiradi - budjet chizig‘i pastga-chapga siljiydi.«Daromad-iste’mol» chizig‘ini tahlil qilganimizda, daromad o‘zgarishini (narxlar o‘zgarganda) iste’molga ta’sirini o‘rgangan edik. «Narx-iste’mol» chizig‘i orqali narxlarning o‘zgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri o‘rganiladi.Narxning har qanday o‘zgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig‘i siljiydi va iste’molchi sotib olishi mumkin bo‘lgan ne’matlar tarkibini o‘zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o‘zgartiradi va bir ne’mat (B) bilan boshqa ne’mat (A) almashtiriladi.Daromad samarasi - bu ne’mat narxi o‘zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o‘zgarishining iste’molchi talabiga ta’siridir. Daromad samarasi - bu iste’molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko‘rsatadi va u bir budjet chizig‘idan boshqa budjet chizig‘iga iste’molchining optimal tovarlar majmuasini o‘tishini akslantiradi.