Mustaqil Ishi Davlat yong’in xavfsizligi xizmati. Yong’in xavfsizligi



Yüklə 28,64 Kb.
səhifə2/3
tarix05.01.2023
ölçüsü28,64 Kb.
#78503
1   2   3
Mustaqil Ishi Davlat yong’in xavfsizligi xizmati. Yong’in xavfsi

YONG`INNI O`CHIRISH VOSITALARI.
Yong`inni o`chirish uslublari va o`t o`chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong`inni o`chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo`linadi. Asosiy vositalar - yong`inga o`t o`chirgich moddalarni (suv, ko`pik, kukun,
karbonat angidrid gazi va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil, avtosisterna, motopompa, o`t o`chirgichlar ra boshqalar kiradi.
Maxsus vositalar - yong`inni o`chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga avtonarvonlar va tirsakli ko`targichlar, yoritish va aloqa avtomobillari, shuningdek operativ avtomobillar kiradi.
Yordamchi vositalar - yong`inni o`chirishdagi ishlarni bajarish uchun yetarli sharoit yaratadi. Bularga avtosuv quygichlar, yuk avtomobillari, avtobuslar, traktor va boshqa mashinalar kiradi.
Birlamchi o`t o`chirish vositalari yong`in boshlanganda alangani keng tarqalib ketmasligini to`xtatish va o`chirish uchun qo`llaniladi.
Ishlab chiqarish korxonalariga va qishloq xo`jaligi mashinalari uchun zarur bo`lgan birlamchi o`t o`chirish vositalariga talab O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi Vazirligining 1998 yil 12 iyundagi № 44 3-5-21 sonli qaroriga asosan aniqlanadi.
O`t o`chirgichlar - yong`in boshlanish vaqtida o`chirish uchun qo`llaniladi. O`t
o`chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o`t o`chirgichlar ko`pikli, gazsimon,
suyuq, kukunsimon guruhlarga bo`linadi.
Ko`pikli o`t o`chirgichlar - kimyoviy ko`pikli va mexanikaviy-havo turlarga bo`linadi. Kimyoviy ko`pikli o`t o`chirgich OXP-10 yona boshlagan qattiq materiallarni, maydoni 1 m2 dan oshiq bo`lmagan turli yonuvchi suyuqliklarni o`chirish uchun qo`llaniladi. OXP-10 o`t o`chirgich payvandlangan po`lat idishdan 128 iborat. Uning usti cho`yan qopqoq berkitkich tuzilma bilan kavsharlangan. Shtok prujinasiga rezinali klapan qo`yilgan bo`lib, qo`l ushlagich berk vaziyatida kislotali stakan og`ziga klapanni siqib turadi. qo`l ushlagich yordamida klapanni ko`tarib tushiriladi. O`t o`chirgichning purkagichi maxsus membrana
bilan berkitilgan bo`lib, undan zaryad to`la aralashmasdan chiqmaydi. Zaryadning kislota solingan stakani o`t o`chirgichning og`ziga o`rnatilgan. O`t o`chirgichni ishlatish qoidalari va uning asosiy ma'lumotlari korpusga yopishtirilgan yorliqda bayon etilgan. Kimyoviy ko`pik o`t o`chirgichlar bir yilda kamida bir marta qayta zaryadlanadi. O`t o`chirgichning ishlash vaqti 50-70 sek, sochish uzunligi 6-8 m,
ko`pik miqdori 40-55 l, kengayish darajasi 6 marta va turg`unligi 40 daqiqa.

OXP-10 ko`l o`t o`chirgachi OVP-10 havo-ko`pikli Karbonat angidridli


o`t o`chirgich o`t o`chirgich

OVP-5 va OVP-10 havo-ko`pikli qo`l o`t o`chirgichlar turli moddalar va materiallar yona boshlaganda o`chirish uchun belgilangan. Uni ishqoriy metallar, moddalar, havosiz yonuvchi jismlar va tok ostida bo`lgan elektr qurilmalarni o`chirishda qo`llanilmaydi. Ularning o`t o`chirish samaradorligi bir xil hajmdagi kimyoviy ko`pikli o`t o`chirgichlarga nisbatan 2,5 marta ortiq. Neytral zaryadni amaliy qo`llanilishi yong`inni o`chirishdagi o`t o`chirgichning atrofidagi jismlar uchun zararsizdir. Chunki yong`in o`chirilgandan so`ng havo-mexanikaviy ko`pik butunlay izsiz yo`qoladi. OVP-5 va OVP-10 bir-biridan faqat korpusning hajmi bilan farq qiladi.


Karbonat angidrid gazli o`t o`chirgichlarda (OU-2, OU-5, OU-8 ko`l va OU-25, OU-80 aravachaga o`rnatilgan ko`chma) karbonat angidrid (SO2) o`t o`chirgich zaryadi hisoblanadi. Ularning tuzilishi bir-biriga o`xshash. Belgidagi son qiymati idishning hajmini litrda ifodalanishini ko`rsatadi. O`t o`chirgichlar siqilgan gaz bilan to`ldirilgan bo`lib, tok o`tkazmaydi. Shuning uchun ular tok ostida bo`lgan elektr qurilmalarni va katta bo`lmagan yong`inni o`chirish uchun mo`ljallangan. O`t o`chirgich po`lat idishning konusli rezbasiga sifon nay bilan latun ventil burab qotirilgan. O`tni o`chirishda uni ishlatish uchun ventil maxovikni o`ng tomonga oxirigacha buraladi. Uning trubkasidan chiqayotgan gaz yonuvchi jismga ventilni ochishdan oldin ro`para qilinadi. Kukunli o`t o`chirgichlar. Sanoatda OP-1 "Sputnik", OP-1 "Turist", OP-2 va OP-10 kukunli o`t o`chirgichlar ko`p ishlab chiqariladi. Ularda zaryad sifatida quruq kukunlar olinadi. Kukunlar yonish doirasida kislorodni siqib chiqarib alangani mexanik ravishda o`chiradi. Ular avtomobillar, ishqoriy tuproq, metallar, tok ostida bo`lgan elektr qurilmalar, birdaniga 129 tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqlik va gazlarni o`chirishda qo`llaniladi. Kukunning kamchiligi- sovitish xususiyati past. Shuning uchun kukun bilan o`chirilganda qizigan jismlar yana alangalanib yoiishi mumkin.
Yong`in o`chirish vositalari chorvachilik binolari joylashgan maydonda maxsus taxtalarga (shitlarga) terib qo`yiladi. To`siqlar imoratlar orasidagi masofadan 100 m o`tga xavfli materiallar saqlanadigan joydan 50 m oraliqda qo`yiladi. Yong`in o`chirish vositalari qizil rangga bo`yaladi, undagi yozuvlar esa oq rang bilan yoziladi. Har bir obektda albatga birlamchi o`t o`chirish vositalari bo`lishi kerak. Ishlab chiqarish binolarida va omborlarda yong`in inventarlari bilan ta'minlash tashkilotlarining raqbarlariga yoki boshqa javobgar shaxslarga topshiriladi. Yong`in inventari va qurilmalarining o`t o`chirishga bog`liq bo`lmagan ishlarga qo`llash qat'iy man etiladi. Yong`in o`chirish vositalari ob'ektning maydoni va texnologik jarayonlarga qarab hisoblanadi.
Sprinkler qurilmalari suv quvurlari tarmoqidan iborat bo`lib, imoratni shipiga purkagich-kallaklar (forsunka-lar) quvurlarga burab mahkamlanadi. Bu tarmoqqa suv quvurlar yoki idishdan nasoslar yordamida suv beriladi. Qurshshaning asosiy qismi - sprinkler purkagich-kallak hisoblanadi. Harorat belgilangan qiymatdan oshib ketganda unga o`rnatilgan oson eruvchi metall erib ketadi va suv yo`li ochiladi. Suv sprinkler lappagiga urilib maydalanib atrofga sochiladi. Lappaqdagi o`rnatma 72°, 95°, 141° va 182°
haroratga mo`ljallangan. Bu maqsadda suyuqlik to`ldirilgan shisha kapsula o`rnatgichlar ham ishlatiladi. Sprinklerlarni shunday joylashtirish kerakki, har bir kallak 12 m2
pol yuzasiga va yong`in xavfi yuqori bo`lgan joylarda 9 m 2 yuzaga suv sochilishga mo`ljallangan bo`lishi kerak.

Yüklə 28,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin