"Mustaqil ishi" Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi va


-chizma. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulotning sotilib pulga aylangandan keyin o‘zgargan shakllari



Yüklə 61,74 Kb.
səhifə13/15
tarix04.07.2023
ölçüsü61,74 Kb.
#135670
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2 5271466834170752538

4-chizma. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulotning sotilib pulga aylangandan keyin o‘zgargan shakllari.

Lekin ularning sof milliy mahsulotdagi hissasi turli omillar ta’sirida, masalan, texnika taraqqiyotining rivojlanishi, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi, mehnat unumdorligining oshishi natijasida o‘zgarib turadi. Mehnat unumdorligining o‘sishi natijasida zaruriy mahsulotning absolyut miqdori o‘sgan holda sof milliy mahsulotdagi hissasi kamayib, qo‘shimcha mahsulotning hissasi oshib boradi.


Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ishlab chiqarish funktsiyasi deb atashadi. Masalan, ishlab chiqarish omillari - yer (E), kapital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab chiqarishda qo‘llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish funktsiyasi dan iborat bo‘ladi.
Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillarning, ya’ni sarflarning har birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko‘proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko‘rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko‘paytirish mo‘ljallangan mahsulot hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini ko‘paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Masalan, firma yoki korxonada ishlab chiqarish binolari, mashina, stanok va boshqa asbob–uskunalar soni va sifati o‘zgarmagan holda ishchilar sonini va xom ashyoni ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulotni ma’lum miqdorda oshirish mumkin. Bunda bino va asbob-uskunalardan foydalanish darajasi oshiriladi, ya’ni ular to‘xtovsiz ishlatiladi, ilgari bir smenada ishlayotgan bo‘lsa endi ikki yoki uch smenada ishlatishga erishiladi. Ammo ma’lum darajaga borgandan keyin qo‘shimcha jalb qilingan ishchi kuchi yoki xom ashyolar samarasi kamayadi. Ikkinchidan, ishlab turgan ishchilar soni o‘zgarmagan holda ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish, ya’ni har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital miqdorini oshirish hisobiga ham mahsulotni ko‘paytirishga erishish mumkin. Lekin bu jarayon ham cheksiz emas. Bunda omillardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda o‘lchaydilar: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va so‘nggi qo‘shilgan mahsulot.

Yüklə 61,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin