Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xom ashyo va materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutloq hajmidir.
O‘rtacha mahsulot esa jalb qilingan har bir ishchi kuchi yoki kapitalning bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot miqdorini umumiy omil (ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi:
.
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot deb eng so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o‘sgan mahsulotga aytiladi.
Masalan, o‘tgan yili 100 nafar ishchi kuchi yordamida 100 ming so‘mlik mahsulot olingan bo‘lsa, bu yil 120 ishchi kuchi ishlab 130 ming so‘mlik mahsulot olinsa, 20 nafar qo‘shilgan ishchi, 30 ming esa so‘nggi qo‘shilgan mahsulot bo‘ladi.
Bu oxirgi qo‘shilgan mahsulot (o‘sgan) miqdorini so‘nggi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi, ya’ni:
yoki .
Bu tushunchalarni quyidagi jadvalda yanada aniqroq ifodalash mumkin (5-jadval).
5-jadval. Qo‘shilgan mahsulot va qo‘shilgan omillar unumdorligi
Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda omillar miqdori oshirilgan, ular so‘nggi qo‘shilgan omillar deb yuritiladi. Shuningdek mahsulot ham o‘sgan, ana shu 30 birlikdagi o‘sgan mahsulot so‘nggi qo‘shilgan mahsulot deb yuritiladi.
Har bir qo‘shilgan omil evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa so‘nggi qo‘shilgan omil unumdorligi deb aytiladi.
G‘arb adabiyotlarida qo‘shilgan mahsulotni aniqlash uchun hamma omillar olinmaydi, balki alohida olingan bir omil olib ko‘rsatiladi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo‘lganda xom ashyo yoki ishchi kuchining o‘sganligi nazarga olinib, uning evaziga olingan, ya’ni qo‘shilgan mahsulot aniqlanadi.
Yuqorida aytganimizdek, alohida olingan omil evaziga qo‘shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har birligi evaziga qo‘shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo‘shilgan omil unumdorligining pasayishiga qarab, marjinalistlarning vakillari unumdorlikning kamayib borish qonuni degan qonunni kashf qilishgan.
Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o‘rtacha mahsulot ham pasayib ketadi.
Bu qonunni ular iqtisodiyotning universal qonuni deb e’lon qiladilar va uni isbotlash uchun ko‘pdan-ko‘p yer bir birligiga (gektarga) sarflangan qo‘shimcha kapital unumdorligining pasayib borishini ko‘rsatadilar.
Bu qonun e’lon qilinganiga 100 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi, u davrlarda fan-texnika yetarli rivojlanmagan edi. Bunday sharoitda u to‘g‘ri bo‘lgan. Lekin hozirgi fan-texnika va texnologiya tez rivojlanib, yangiliklar ishlab chiqarishga joriy qilinib turgan davrda bu qonunning amal qilmasligi deyarli hamma adabiyotlarda va hamma iqtisodchi olimlar tomonidan tan olinmoqda.
Shunday qilib keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat unumdorligining pasayib borish qonuni quyidagicha to‘rt holatda amal qilishi mumkin:
1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o‘zgarmay faqat bir omil to‘xtovsiz oshirilganda;
2) fan-texnika taraqqiy etmaganda yoki ishlab chiqarishga jalb qilinmaganda;
3) omillar o‘rtasidagi miqdoriy va sifatiy nisbatlar buzilganda;
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo‘jasizlarcha, ko‘r-ko‘rona amalga oshirilganda;
Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.