O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
ushbu Kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;