Mustaqil ishi mavzu: biosfera va noosfera


Noosfera – biosferaning yangi sifat holati



Yüklə 22,57 Kb.
səhifə4/4
tarix17.11.2022
ölçüsü22,57 Kb.
#69608
1   2   3   4
biosfera va noosfera

Noosfera – biosferaning yangi sifat holati. Biosfera to'xtovsiz rivojlanib, shakllanib kelayotgan ekan unda insonning roli juda katta. Biosferada inson faoliyati tufayli turli ijobiy va salbiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Inson o'z mehnatini engillashtirish maqsadida yaratgan texnika vositalari, biosfera tarkibida texnosferani hosil bo'lishiga sabab bo'ldi. Bu esa o'z navbatida atrof muhit holatini salbiy tomonga o'zgartirdi. Biosfera bu ulkan sistema uni inson to'la-to'kis boshqarishga qodir emas. Biosfera holatini yaxshilash uchun inson unga ijobiy ta'sir etishni ko'paytirishi lozim. Hozirgi ekologik muammolar insoniyatni biosferaga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishga undayapti. Insonlar atrof muhit holatiga befarq emaslar. Kishilarni muhit holatini baholay olishlari uchun ularda ekologik ong bo'lishi kerak. Ekologik ongning shakllanishi natijasida ekologik madaniyat tarkib topadi. Demak kishilarning biosferadagi ekologik muvozanatni tiklashga harakat qilishlari ongli harakat hisoblanadi. Akademik V.I.Vernadskiy ta'biricha ongli harakat sohiblari noosferani tashkil etadi. Noosfera-ong, fikr, sfera-shar degan ma'nolarini bildiradi. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qayta bunyod qiladi. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, insonning biosferani o'zgartirishi uning imkoniyatlari, chidamliligi darajasidan oshmasligi kerak. XX asrning ikkinchi yarmida fan-texnikaning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalarining takomillashuvi biosferadaga salbiy o'zgarishlar oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilmog'i lozim.
Yüklə 22,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin