Mavzu: Sifat. Sifatning yasalishi



Yüklə 156,19 Kb.
səhifə1/3
tarix23.08.2023
ölçüsü156,19 Kb.
#140261
  1   2   3
Sifat. Sifatning yasalishi1

Mavzu: Sifat. Sifatning yasalishi

Guruh: BT-121

Bajardi : Mamatova M

Tekshirdi: Yormatov I.

.


MUSTAQIL ISH
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: Ona tili va o’qish savodxonligi

Reja:

  • Reja:
  •  
  •  1. Affiksatsiya usuli.
  • 2. Kompozitsiya usuli.
  • 3. Semantik usul.
  • Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyotlar

Sifatlar asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan yasaladi.

  • Sifatlar asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan yasaladi.
  • 1-§.Affiksatsiya usuli. So‘zning o‘zak yoki negiziga sifat yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali narsaning belgisini bildiradigan yangi so‘zlar yasash usulidir. Sifat yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ort va old yasovchilarga bo‘linadi. Bu yasovchilar ko‘pincha ot yoki fe’l asosli o‘zak va negizlardan sifat yasaydi.
  • 1. Otdan sifat yasovchi affikslar:
  • - li: ot asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini anglatadi: miltiqli, uchli, kuchli, sutli; ba’zan bu affiks fe’lning harakat nomi shaklidan: yeyishli, o‘tirishli hamda sifatdosh shaklidan ham sifat yasaydi: tushunarli, qiziqarli.
  • - siz: asosdan anglashilgan narsaga ega emaslik belgisini anglatadi: sutsiz, suvsiz, kuchsiz.
  • be-: bu qo‘shimcha - siz affiksining sinonimidir: beminnat, betinim, beparvo, beg‘am.
  • no-: ot va sifat turkumiga mansub so‘zlardan sifat yasaydi: noumid, noiloj, noo‘rin, noto‘g‘ri, nomunosib, noma’qul.
  • - chan: asosdan anglashilgan xususiyatga moyillik belgisini ifodalovchi sifat yasaydi: ishchan, uyatchan , sinovchan, ta’sirchan.

- chil: asosdan anglashilgan narsa belgisini ifodalaydi: dardchil, izchil, epchil.

  • - chil: asosdan anglashilgan narsa belgisini ifodalaydi: dardchil, izchil, epchil.
  • - iy\-viy: asosdan anglashilgan narsaga oidlik, tegishlilik belgisiga ega sifat yasaydi: tarbiyaviy, ommaviy, oilaviy, g‘oyaviy. Mazkur affiks bilan birga arab tilidan kirib kelgan lug‘aviy, maishiy, jinoiy, jiddiy, madaniy kabi so‘zlar o‘zbek tilida ma’noli qismlarga ajralmaydi. Shu bois ular tub so‘z hisoblanadi.
  • - gi, -ki, -qi: asosdan anglashilgan narsaning payt va o‘ringa ko‘ra belgisini ifodalaydi: yozgi, qishki, kechki, ichki, tashqi.
  • - simon: asosdan anglashilgan narsaga o‘xshashlik belgisini ifodalaydi: odamsimon, kumushsimon, tuxumsimon.
  • - shumul: asosdan anglashilgan darajaga egalik belgisini anglatadi: olamshumul, jahonshumul.
  • - dor: asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini hosil qiladi: mazmundor, bo‘ydor, unumdor, puldor, rangdor.
  • - mand: asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini anglatadi: davlatmand, orzumand, kasalmand.
  • - kor: asosdan anglashilgan xususiyatga kuchli darajada egalik belgisini hosil qiladi: fidokor, ehtiyotkor, isyonkor, omilkor, naqshinkor.
  • - i: asosdan anglashilgan narsaning millat, joy yoki vaqtga oidligini bildiruvchi sifat yasaydi: qozoqi, qishloqi, bahori.
  • - cha: asosdan anglashilgan narsaning millat, joy yoki miqdorga oidligini bildiruvchi sifat yasaydi: o‘zbekcha, farg‘onacha, otiqcha, erkakcha.
  • - parvar: shaxsning asosdan anglashilgan narsani sevishi, unga sadoqati belgisini bildiruvchi sifat yasaydi: xalqparvar, vatanparvar, adolatparvar.
  • - aki: asosdan anglashilgan narsaining harakat usuliga ko‘ra belgisini ifodalaydi: og‘zaki, zo‘raki, xomaki, qalbaki.
  • - namo: narsadan anglashilgan xususiyatga egalik belgisini ifodalaydi: majnunnamo, avliyonamo, darveshnamo.
  • Bulardan tashqari -kash (dilkash, hazilkash), -gar(ishvagar, sitamgar), -chil (dardchil, xalqchil), -don (gapdan, bilimdon), -msiq (qarimsiq), -m (qaram), -lom (sog‘lom), -qa (qisqa), -lik(ko‘rpalik, ko‘ylaklik mato), -omuz (hazilomuz, ibratomuz) kabi kam unum affikslar orqali ham sifat yasaladi.

Yüklə 156,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin