Mavzu: Sifat. Sifatning yasalishi


Fe’ldan sifat yasovchi affikslar



Yüklə 156,19 Kb.
səhifə2/3
tarix23.08.2023
ölçüsü156,19 Kb.
#140261
1   2   3
Sifat. Sifatning yasalishi1

2. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar:

  • 2. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar:
  • -choq\-chaq\-chiq. O‘zlik nisbatdagi fe’llarga qo‘shilib, harakat bajarishga moyillikning kuchliligini ifodalovchi sifat yasaydi: maqtanchoq, tortinchoq, kuyinchak, erinchoq, sirpanchiq, qizg‘anchiq.
  • -gir\-qir\-g‘ir\-kir. Fe’ldan anglashilgan harakatning kuchliligini ifodalovchi sifat yasaydi: topqir, uchqur, chopqir, olg‘ir, sezgir, keskir.
  • -ma. Narsaning fe’ldan anglashilgan harakat vositasida yuzaga kelishini anglatuvchi sifat yasaydi: qaynatma (sho‘rva), burma (ko‘ylak), ko‘chma (ma’no), ag‘darma (etik).
  • -k\-q\-iq\-uk\-uq\-ak. Harakatning natijasi bo‘lgan holat belgisini ifodalovchi sifat yasaydi: iliq, siniq, yig‘loq, chirik, oqsoq, yumshoq, bo‘lak.
  • -ki\-qi. Fe’l va taqlid so‘zlardan sifat yasaydi: sayroqi, buzuqi, yig‘loqi, jizzaki, jirtaki.
  • -kin\-qin-\-g‘in. Fe’l asosiga qo‘shilib, holat, xususiyat ma’nosidagi sifat yasaydi: tushkun, jo‘shqin, ozg‘in, turg‘un.
  • -mon. Asosdan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: bilarmon, o‘larmon, yeyarmon.
  • -ag‘on. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: topag‘on, bilag‘on, chopag‘on.
  • -mas. Harakatning inkoriy belgisi bo‘lgan sifat yasaydi: yengilmas, o‘tmas, qo‘rqmas, ajralmas, qaytmas, buzilmas.
  • -ch. faqat fe’ldan sifat yasaydi: jirkanch, tinch, shoshilinch, tiqilinch.
  • - qoq\-g‘oq: harakatni bajarishga moyilligi kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: qochqoq, yopishqoq, urushqoq, tirishqoq.
  • - ildoq. Taqlid so‘zlardan sifat yasaydi: likildoq, shaqildoq.

Kompozitsiya usuli. Turli turkumlarga oid so‘z shakllarining tilda mavjud bo‘lgan sintaktik qoliplar asosida qo‘shilishi orqali bitta belgi ifodalashga xoslangan yasama sifatlardir. Bu usul ham hozirgi o‘zbek tilidagi mahsuldor yasalish usullaridan bo‘lib, qismlarning sintaktik aloqasiga ko‘ra quyidagicha guruhlarni tashkil qiladi:

  • Kompozitsiya usuli. Turli turkumlarga oid so‘z shakllarining tilda mavjud bo‘lgan sintaktik qoliplar asosida qo‘shilishi orqali bitta belgi ifodalashga xoslangan yasama sifatlardir. Bu usul ham hozirgi o‘zbek tilidagi mahsuldor yasalish usullaridan bo‘lib, qismlarning sintaktik aloqasiga ko‘ra quyidagicha guruhlarni tashkil qiladi:
  • aniqlovchi-aniqlanmish: olachipor, ochsariq, to‘q qizil, qiziqqon, ochko‘z, kaltafahm;
  • to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish: tinchliksevar, izquvar, muzyorar, ishbilarmon;
  • hol-hollanmish: ertapishar, tezoqar.
  • Qo‘shma sifatlar tarkibidagi qismlarning tub yoki yasama ekanligi bilan ham o‘zaro farqlanadi. Masalan: 1) ikkala qismi ham tub so‘zlardan:xom semiz, kamgap, nimjon, ommabop, izquvar; 2) tub va yasama so‘zlardan tuziladi: souqqon, tezoqar, erksevar, ishyoqmas.
  • Bundan tashqari tilimizda qismlari qo‘shma sifatlardek zich bog‘lanib ketmagan gapga usta, ko‘zga yaqin, og‘zi bo‘sh, qo‘li ochiq, bodom qovoq, katta og‘iz kabi birikmali murakkab sifatlar ham mavjud.
  • 3-§.Semantik usul. Boshqa turkumga mansub so‘zlarning ma’no o‘zgarishi natijasida sifatga ko‘chish hollari ham uchraydi. Sifatga ko‘chish, ya’ni adyektivatsiya hodisasi quyidagi so‘zlar asosida sodir bo‘ladi: a) otning sifatga ko‘chishi orqali: tilla bola, asal qiz, oltin davr, kumush qish; b) fe’lning sifatdosh shakllarining sifatga ko‘chishi orqali: kelishgan yigit, turar joy, oqar suv, kelasi yil, o‘tgan zamon; g) ravishning sifatga ko‘chishi orqali: o‘zbekcha kitob, oqilona maslahat, tez odam. Bundan tashqari so‘zlarning ma’no o‘zgarishi natijasida sifatga ko‘chish hollari juft va takror qo‘llanishi asosida ham yuz beradi: oldi-qochdi gap, tolim-tolim yoki tol-tol soch, yo‘l-yo‘l ko‘ylak.

Yüklə 156,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin