Fayl ochilish holati tavsifi
R
|
Fayl faqat o‘qish uchun ochiladi
|
W
|
Fayl yozish uchun ochiladi. Agar bunday fayl mavjud bo‘lsa, u qaytadan yoziladi (yangilanadi).
|
A
|
Faylga yozuvni qo‘shish rejimi. Agar fayl mavjud bo‘lsa, fayl uning oxiriga yozuvni yozish uchun ochiladi, aks holda yangi fayl yaratiladi va yozish rejimida ochiladi.
|
r+
|
Mavjud fayl o‘zgartirish (o‘qish va yozish) uchun ochiladi.
|
w+
|
YAngi fayl yaratilib, o‘zgartirish (o‘qish va yozish) uchun ochiladi. Agar fayl mavjud bo‘lsa, undagi oldingi yozuvlar o‘chiriladi va u qayta yozishga tayyorlanadi.
|
a+
|
Faylgayozuvni qo‘shish rejimi. Agar fayl mavjud bo‘lsa, uning oxiriga (EOF alomatidan keyin) yozuvni yozish (o‘qish) uchun ochiladi, aks holda yangi fayl yaratiladi va yozish rejimida ochiladi.
|
Matn fayli ochilayotganligini bildirish uchun fayl ochilish rejimi satriga ‘t’ belgisini qo‘shib yozish zarur bo‘ladi. Masalan, matn fayl o‘zgartirish (o‘qish va yozish) uchun ochilayotganligini bildirish uchun “rt+” satri yozish kerak bo‘ladi. Xuddi shunday binar fayllar ustida ishlash uchun ‘b’ belgisini ishlatish kerak. Misol uchun fayl ochilishining “wb+” rejimi binar fayl yangilanishini bildiradi.
Fayl o‘zgartirish (o‘qish-yozish) uchun ochilganda, berilganlarni oqimdan o‘qish, hamda oqimga yozish mumkin. Biroq yozish amalidan keyin darhol o‘qib bo‘lmaydi, buning uchun o‘qish amalidan oldin fseek() yoki rewind() funksiyalari chaqirilishi shart.
Faraz qilaylik «C:\\USER\\TALABA\\iat1kuz.txt» nomli matn faylni o‘qish uchun ochish zarur bo‘lsin. Bu talab
Dostları ilə paylaş: |