#include
int main()
{
char *s;
puts(”Satrni kiriting: “);
gets(s);
puts(”Kiritilgan satr: ”);
puts(s);
return 0;
}
5.Formatli o‘qish va yozish funksiyalari
Formatli o‘qish va yozish funksiyalari - scanf() va printf() funksiyalari S tilidan vorislik bilan olingan. Bu funksiyalarni ishlatish uchun «stdio.h» sarlavha faylini programmaga qo‘shish kerak bo‘ladi.
Formatli o‘qish funksiyasi scanf() quyidagi prototipga ega:
int scanf(const char * [,...])
Bu funksiya standart oqimdan berilganlarni formatli o‘qishni amalga oshiradi. Funksiya, kirish oqimidagi maydonlar ketma-ket-ligi ko‘rinishidagi belgilarni birma-bir o‘qiydi va har bir maydonni satrida keltirilgan format aniqlashtiruvchi-siga mos ravishda formatlaydi. Oqimdagi har bir maydonga format aniqlashtiruvchisi va natija joylashadigan o‘zgaruvchining adresi bo‘lishi shart. Boshqacha aytganda, oqimdagi maydon (ajratilgan belgilar ketma-ketligi) ko‘rsatilgan formatdagi qiymatga akslanti-riladi va o‘zgaruvchi bilan nomlangan xotira bo‘lagiga joylashti-riladi (saqlanadi). Funksiya oqimdan berilganlarni o‘qish jarayo-nini «to‘ldiruvchi belgini» uchratganda yoki oqim tugashi natijasida to‘xtatishi mumkin. Oqimdan berilganlarni o‘qish muvafaqqiyatli bo‘lsa, funksiya muvafaqqiyatli aylantirilgan va xotiraga saqlangan maydonlar sonini qaytaradi. Agar hech bir maydonni saqlash imkoni bo‘lmagan bo‘lsa, funksiya 0 qiymatini qaytaradi. Oqim oxiriga kelib qolganda (fayl yoki satr oxiriga) o‘qishga harakat bo‘lsa, funksiya EOF qiymatini qaytaradi.
Formatlash satri - belgilar satri bo‘lib, u uchta toifaga bo‘linadi:
To‘ldiruvchi-belgilar – bu probel, ‘\t’, ‘\n’ belgilari. Bu belgilar formatlash satridan o‘qiladi, lekin saqlanmaydi.
To‘ldiruvchi belgilardan farqli belgilar – bu qolgan barcha ASCII belgilari, ‘%’ belgisilan tashqari. Bu belgilar formatlash satridan o‘qiladi, lekin saqlanmaydi.
12.1–jadval. Format aniqlashtiruvchilari va ularning vazifasi
Dostları ilə paylaş: |