size_t fread(void * ptr, size_t size, size_t n,
FILE *stream);
Bu funksiya oqimdan ptr ko‘rsatib turgan buferga, har biri size bayt bo‘lgan n ta berilganlar blokini o‘qiydi. O‘qish muvaffaqiyatli bo‘lsa, funksiya o‘qilgan bloklar sonini qaytaradi. Agar o‘qish jarayo-nida fayl oxiri uchrab qolsa yoki xatolik ro‘y bersa, funksiya to‘liq o‘qilgan bloklar sonini yoki 0 qaytaradi.
fwrite() funksiyasiprototipi
size_t fwrite(const void*ptr,size_t size,
size_t n,FILE *stream);
ko‘rinishi aniqlangan. Bu funksiya ptr ko‘rsatib turgan buferdan, har biri size bayt bo‘lgan n ta berilganlar blokini oqimga chiqaradi. YOzish muvaffaqiyatli bo‘lsa, funksiya yozilgan bloklar sonini qayta-radi. Agar yozish jarayonida xatolik ro‘y bersa, funksiya to‘liq yozilgan bloklar sonini yoki 0 qaytaradi.
Fayl ko‘rsatkichini boshqarish funksiyalari
Fayl ochilganda, u bilan «stdio.h» sarlavha faylida aniqlangan FILE strukturasi bog‘lanadi. Bu struktura har bir ochilgan fayl uchun joriy yozuv o‘rnini ko‘rsatuvchi hisoblagichni - fayl ko‘rsatkichini mos qo‘yadi. Odatda fayl ochilganda ko‘rsatkich qiymati 0 bo‘ladi. Fayl ustida bajarilgan har bir amaldan keyin ko‘rsatkich qiymati o‘qilgan yoki yozilgan baytlar soniga oshadi. Fayl ko‘rsatkichini boshqarish funksiyalari - fseek(), ftell() va rewind() funksiyalari fayl ko‘rsatkichini o‘zgartirish, qiymatini olish imkonini beradi.
ftell() funksiyasiningprototipi
Dostları ilə paylaş: |