void rewind(FILE *stream);
prototipi bilan aniqlangan bo‘lib, fayl ko‘rsatkichini fayl boshlanishi.
XULOSA
Matn va binar fayllar. C++ tili S tilidan o‘qish-yozish amalini bajaruvchi standart funksiyalar kutubxonasini vorislik bo‘yicha olgan. Bu funksiyalar sarlavha faylida e’lon qilingan. O‘qish-yozish amallari fayllar bilan bajariladi. Fayl matn yoki binar (ikkilik) bo‘lishi mumkin.
Matn fayl - ASCII kodidagi belgilar bilan berilganlar maj-muasi. Belgilar ketma-ketligi satrlarga bo‘lingan bo‘ladi va satr-ning tugash alomati sifatida CR (karetkani qaytarish yoki ‘\r’) LF (satrni o‘tkazish yoki ‘\n’) belgilar juftligi hisoblanadi. Matn fayldan berilganlarni o‘qishda bu belgilar juftligi bitta CR belgisi bilan almashtiriladi va aksincha, yozishda CR belgisi ikkita CR va LF belgilariga almashtiriladi. Fayl oxiri #26 (^Z) belgisi bilan belgilanadi.
Matn faylga boshqacha ta’rif berish ham mumkin. Agar faylni matn tahririda ekranga chiqarish va o‘qish mumkin bo‘lsa, bu matn fayl. Klaviatura ham kompьyuterga faqat matnlarni jo‘natadi. Boshqacha aytganda programma tomonidan ekranga chiqariladigan barcha ma’lumotlarni stdout nomidagi matn fayliga chiqarilmoqda deb qarash mumkin. Xuddi shunday klaviaturadan o‘qilayotgan har qanday berilganlarni matn faylidan o‘qilmoqda deb hisoblanadi.
Matn fayllarining komponentalari satrlar deb nomlanadi. Satrlar uzluksiz joylashib, turli uzunlikda va bo‘sh bo‘lishi mumkin. Faraz qilaylik, T matn fayli 4 satrdan iborat
Dostları ilə paylaş: |