Kirish Iqtisodiyot nazariyasi (ruscha: "Экономическая теория", inglizcha: "Economics") - insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xo'jalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o'rganuvchi fan. Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, "uy") + νόμος (nomos, "odat" yoki "qonun"), demak "uy (xo'jaligi)ni yuritish qoidalari" yig'indisi οἰκονομία (oikonomia, "uy xo'jaligini boshqarish") so'zidan olingan. Iqtisodiyot nazariyasi fani ko'pgina maktab va yo'nalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom o'zgarishda bo'lgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shug'ullanadi. Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Fanning vazifalari – talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko‘maklashish; ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida Seminar ko‘nikmalarni hosil qilish. Mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlar taqsimoti.