Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish – barcha mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion va evolyusion shakllari. Ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning xususiyatlari. O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. O‘tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning milliy modellari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli, uning tamoyillari va xususiyatlari. O‘zbek modelida hozirgi davrdagi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy ta'sirlaridan himoya vositasining mujassamlashganligi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichlari. Iqtisodiy islohotlarning mazmuni. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish konsepsiyasi va strategiyasi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari. Iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga ma’lum hissa qo’shgan maktab — bu klassik siyosiy iqtisoddir. Bu maktab namoyandalari A.Smit (1723— 1790), D. Rikardo (1772— 1823) bo’lib, ular birinchi marotaba qiymat nazariyasiga asos solganlar, tovarlar qiymatini uning ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o’lchanishini asoslab berdilar. A.Smit, D.Rikardolar tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab chiqarish va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o’rgandilar. Ularning ilmiy tadqiqotlari ko’proq tovar, pul, ish haqi, foyda kabi kategoriyalarning mohiyatini ochishga qaratilgan edi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari. Iqtisodiy fan tarixi bilan qisqacha tanishgandan so’ng, uning predmetiga ta’rif berish mumkin.
Lekin quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak.
Birinchidan, iqtisodiyot jamiyat hayotini zarur bo’lgan moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlovchi xo’jalik tarmoqlarining yig’indisidir.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlantirilishi insonlarning ehtiyojlari bilan bog’liqdir. Biz bilamizki, extiyojlarning qondirilishi yanada yuqoriroq ehtiyojlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Uchinchidan, jamiyat hayotida asosiy soha iqtisodiy sohadir, chunki uning rivojlanish darajasi inson hayotining boshqa sohalarining mavjud bo’lishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi.
Ayrim iqtisodchilar iqtisodiyot nazariyasi jamiyat rivojlanishining har xil bosqichlarida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlaridan tarkib topadigan insonlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi, deb ta’kidlaydilar.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar: Asosiy adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti “Iqtisodiyot Nazariyasi” o'quv-uslubiy qo‘llanma.
Axborot manbaalari: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
https://nuu.uz/