Mustaqil ishi mavzu: Mamlakatimizda mahalla institutining huquqiy asoslari rivojlanishi va uning jamiat boshqaruvidagi o’rni


Obod mahalla to’g’risidagi prezidentimiz farmonlari



Yüklə 143,06 Kb.
səhifə10/12
tarix06.02.2023
ölçüsü143,06 Kb.
#83172
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2Mamlakatimizda mahalla institutining huquqiy asoslari rivojlanishi va uning jamiat boshqaruvidagi o’rni.

Obod mahalla to’g’risidagi prezidentimiz farmonlari.

Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida
Mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirish va muhim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlarini samarali harakatga keltirishda shaharlar salmoqli hissa qo‘shmoqda. Yurtimizning qadim tarixga ega bo‘lgan yoki yaqin o‘tmishda tashkil etilgan 30 dan ortiq yirik shaharlarida yashayotgan mehnatsevar aholining samarali faoliyati tufayli har yili o‘rta hisobda jami sanoat mahsulotlarining 53,4 foizi ishlab chiqarilmoqda.
Mazkur salohiyatdan oqilona foydalanish, xususan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va pirovard natijada aholi turmush sifatini yaxshilash kabi yo‘nalishlar mahalliy hokimliklarning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Biroq, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va kommunal tarmoq korxonalari tomonidan bevosita zimmasidagi muvofiqlashtirish vazifasining to‘liq bajarilmasligi oqibatida mahalladagi ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalari nochor ahvolga tushib qolgan.
Shuningdek, mahalla aholisining o‘zi yashaydigan hududini asrab-avaylash va saqlashga mas’uliyat bilan yondashish hissi susaygan. Tabiiyki, bunday holatda jonajon Vatanimizning har bir go‘shasida, uylarimizda farovonlik, fayz-baraka bo‘lmaydi, qolaversa mahallalarimizning obodligi ta’minlanmaydi.
O‘z navbatida, mahallalar hududlarida aholiga xizmat ko‘rsatadigan tuzilmalarning faoliyati doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida aholi kundalik ijtimoiy-maishiy masalalar bilan ham mahalliy hokimlik va davlat organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.
Hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahallalar va xonadongacha kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, shahar mahallalarida quyidagi tizimli muammolar mavjud:
birinchidan, mahallalarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarining mavjud emasligi hamda mahalliy hokimliklar, hududiy arxitektura idoralari va mahalla fuqarolar yig‘inlari shaharsozlik norma va qoidalariga amal qilmaganligi oqibatida joylarda o‘zboshimchalik bilan betartib qurilishga barham berilmayapti;
ikkinchidan, shahar infratuzilmasini rivojlantirish ishlari ishonchli moliyaviy manbalar bilan ta’minlanmaganligi oqibatida, ularni o‘z vaqtida va to‘liq modernizatsiya qilish imkoniyati cheklanib, kommunal xizmatlar ta’minotidagi yetishmovchilik va uzilishlar yuzaga kelmoqda;
uchinchidan, ichki yo‘llar holati talab darajasida emas va ularning o‘tkazish quvvatlari foydalanish uchun moslashmagan, drenaj-irrigatsiya tizimining eskirganligi hamda yaroqsiz holga kelib qolganligi sizot suvlar sathini pasaytirish imkonini bermaydi.
Mahallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, shuningdek, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlarda aholining farovon yashashi va samarali mehnat faoliyatini ta’minlashga qaratilgan “Obod mahalla” dasturini amalga oshirish, xususan joriy yilda 2 tadan va 2019 — 2022-yillarda kamida 3 tadan mahallalarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilar “Obod mahalla” dasturining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
har bir mahallada o‘z ichiga mahalla guzarini, tibbiyot maskanlari negizida qulay va arzon dorixonalarni, zarur maishiy xizmat va servis shoxobchalarini, bolalar maydonchasi hamda kichik istirohat bog‘ini qamrab oladigan “mahalla markazi”ni barpo etish;
har bir mahallaning tarixan shakllangan tadbirkorlik va hunarmandchilik salohiyatini hamda ma’naviy-madaniy an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;
mahalla hududida bo‘sh turgan yer maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga “nol” qiymatda berish asosida mikro sanoat zonalarini va hunarmandchilik markazlarini tashkil etish hisobiga mahalla ahlini ish bilan ta’minlash;
mahalla ahlini elektr energiyasi, ichimlik suvi, ko‘mir va tabiiy gaz bilan ishonchli ta’minlash, maishiy chiqindilarni to‘plash va chiqarishning zarur infratuzilmasini yaratish va har bir oila energiya va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishi va xonadonlardagi o‘lchov-hisoblash uskunalarining bir maromda ishlashi uchun mahallaning mas’uliyatini keskin oshirish;
sug‘orish uchun mavjud suv resurslaridan kelib chiqib ariq-irrigatsiya tizimini moslashtirish, kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish, sizot suvlar sathini pasaytirish;
mahalla ahlining ehtiyojiga mos keladigan, keng ichki yo‘llarni va piyodalar yo‘laklarini qurish hamda ta’mirlash, yo‘l bo‘yini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;
mahalla hududidagi maktabgacha ta’lim muassasalarini, umumta’lim maktablarini, tibbiyot, madaniyat va jismoniy tarbiya hamda sport tashkilotlari bino va inshootlarini ustuvor ravishda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini ta’mirlashda moddiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda ta’minlash;
har qanday qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini, shuningdek, mahallaning zamonaviy shaharsozlik qiyofasini yaratishga qaratilgan barcha loyihalarni faqat bosh rejaga muvofiq holda amalga oshirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy hokimliklar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholiga xizmat ko‘rsatadigan tuzilma va tashkilotlar bo‘linmalari (vakillari)ning faoliyatini tashkil etish hamda ularning muntazam ravishda ishlashini ta’minlashga qaratilgan vazifa va yo‘nalishlardan kelib chiqib, “Obod mahalla” dasturi parametrlarini shakllantirish hamda amalga oshirishning uzoq muddatli mexanizmi va aniq manbalarini aniqlab, ijrosini ta’minlashga qaratilgan qaror loyihasini kiritsin. Bunda:
ko‘p xonadonli va yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash va ularga tutashgan hududlarni obodonlashtirish, piyodalar yo‘laklari, irrigatsiya va sug‘orish tizimlari hamda chiqindi yig‘ish maydonchalarini barpo etish;
mahalla ichki avtomobil yo‘llarini va transport kommunikatsiya tizimini ta’mirlash, ichimlik suvi va oqova suv ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi va gaz ta’minoti hamda ko‘chalarni yoritish tizimini tiklash, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish;
ijtimoiy soha obyektlari, zamonaviy sport inshootlari va mahalla guzarlarini tashkil etish, bozor infratuzilmasi obyektlari, jumladan hammom, savdo va maishiy xizmat majmualarini qurish;
mahalla hududidagi loyihalarni joylashtirish va bo‘sh yerlarni ajratishda mahallaning ravnaqiga xizmat qiladigan yo‘nalishlarga ustuvorlik berish va bu borada barcha darajadagi arxitektura organlari mutasaddilarining shaharsozlik talablariga so‘zsiz rioya qilish yuzasidan shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
mahalla aholisining farovon turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratish, mavjud ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalarini saqlash, asrab-avaylash vazifalarini barcha darajadagi mahalliy hokimliklar zimmasiga shaxsan yuklatish;
dasturda har bir mahalla fuqarosining obodlik uchun ko‘ngildan chiqayotgan orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish va shaxsiy hissasini qo‘shishda barcha imkoniyatlarni safarbar etish, bunyodkorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, “mahalla obodligi xonadon obodligidan boshlanadi” degan tashabbus asosida o‘z mahallasini obod qilish uchun aholida mas’uliyat hissini kuchaytirish;
aholiga kundalik ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatadigan xizmatlar va tuzilmalar faoliyatini bevosita yirik (o‘rtacha doimiy aholi soni 4 ming kishidan ortiq) mahallalarning o‘zida yo‘lga qo‘yish nazarda tutilsin.
4. “Obod mahalla” dasturi doirasida bajariladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharlar va tumanlar uchun “Obod mahalla” jamg‘armalari tashkil etilsin hamda kuyidagilar ularning manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va ularning qo‘shimcha mablag‘lari;
“Mahalla” xayriya jamoat fondi, hasharlar va xayriya tadbirlarini o‘tkazish hisobidan tushadigan mablag‘lar, tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlar grant mablag‘lari;
tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
2018-yilda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalardagi ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari, ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xamda kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish va sizot suvlar sathini pasaytirish ishlarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha ravishda talab etiladigan mablag‘lar teng ulushlarda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalar hamda mahalliy budjetlar hisobidan, kelgusi yillarda esa O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlarning grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshiriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, aloqa tizimi va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlari “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda boshqa tashkilot va tarmoq korxonalarining o‘z mablag‘lari hisobidan tegishli maqsadlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘rimoliyalashtiriladi;
“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan ta’mirlash ishlari (kapital qurilishdan tashqari) va obodonlashtirish tadbirlari ularni loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxat asosida moliyalashtiriladi;
“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektlarning ish hajmi va smeta qiymatlarini asossiz ravishda oshirib yubormaslik uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan mas’uldir.
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yillarda rivojlanish dasturlari parametrlarini belgilashda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan obyektlar uchun zarur miqdordagi mablag‘larning nazarda tutilishini ta’minlasin.
7. “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini yetkazib beradigan ishlab chiqarish korxonalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi PF-5386-son Farmonining 7-bandi bilan taqdim etilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xo‘jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda:
“Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish va obodonlashtirish ishlariga ishsiz aholini 6 oylik muddatgacha jalb qilish va birinchi oylik ish haqini ish boshlagan kunida oldindan 50 foizini bo‘nak sifatida to‘lash shartlarida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etsin;
mahallalarda bo‘sh turgan bino va inshootlarda mikro sanoat zonalarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining ish bilan bandligini oshirish choralarini ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mahallalarda aholini, jumladan yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun mikro sanoat zonalarini tashkil etib, zamonaviy ixcham ishlab chiqarish korxonalari va maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini joylashtirsin.
Bunda hududlarda foydalanilmasdan bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish ta’minlansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Obod mahalla” jamg‘armalarini tashkil etish, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
11. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Matbuot va axborot agentligiga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targ‘ib qilish tavsiya etilsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 143,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin